Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Qadimgi Xitoy tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar
Qadimgi Rim tilshunosligining vakillarining rim tilshunosligiga qo’shgan hissasi?
Xalil al – Farohidi haqida nimalarni bilasiz?
Asiruddin Abu Hayyon al – Andalusiyning asarlari haqida qanday ma’lumotga egasiz?
5-MA’RUZA
O‘RTA OSIYODA TILSHUNOSLIK. YEVROPA UYG‘ONISH DAVRI TILSHUNOSLIGI
Reja:
O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tilshunoslik.
Abu Nasr Forobiy - Markaziy Osiyoning yirik mutafakkiri.
Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik ta’limoti.
Ibn Sinonining til to‘g‘risidagi ta’limoti.
Mahmud Koshg‘ariy- O‘rta osiyo lug‘atshunosligining asoschisi.
Milliy jonli tillarning lug‘atlari va grammatikalarini yaratish.
Ratsionalizm va tilshunoslik.
Uyg‘onish davrida o‘rganiladigan tillar doirasining kengayishi.Mantiqiy-grammatik qarashlar.
Tayanch tushunchalar: Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning filologik asarlari. Mahmud Koshgariy, Mashmud az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy va Mirzo Mehdixonlarning lisoniy tadqiqotlari, ularning turkiy va o‘zbek tilshunosligi tarixidagi o‘rni. Klassik va semit filologiyasiga qiziqish, J.Sezar Skaliger, Semit tillari, Iogann Reyxlin, Dyu Belle, Dante, Lyuter, Alisher Navoiy, P.Rims, G.V.Ludolf, «Abushqa», Tali Imoniy Hirotiy, Fazlullaxon, ratsionalizm, G.V.Leybnits, Sossetti, M.Litaunus, U.Djons, P.S.Pallas, Ervas-i-Panduro, I.Adelung, I.Fater, Ibrat; mantiqiy grammatika, Klod Lanselo, arno, Por-Royal, ratsional va universal grammatika, K.F.Buslaev.
O‘rta Osiyolik mashhur allomalarning jahon madaniyati, ma’rifati – ilm-faniga qo‘shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Maxmud az-Zamahshariy, Alisher Navoiy Mirza Mexdixon va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |