Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi
Download 113.65 Kb.
|
4-kurs uchun nazariyadan UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- «mashina tarjimasi», «mashina tilshunosligi»
- (Natural Lan guage Processing)dir. NLP
- Pragmatika”
2. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga o‘qitish bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Bu bilan matematik lingvistikani tili «sof munosabatlar sistemasi» ya’ni insondan abstrakt sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo‘ladi. Klassik lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda talqin qilinadi, ya’ni klassik lingvistika insonga zaruriy. Matematik lingvistika esa tavsiflash jarayonida shaxsning ishtirokiga o‘rin qoldirmaydi, u ko‘proq kompyuterga moslashtirilgandir. Til gramatikasining matematik modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun matematik lingvistika matematik mantiq asoslarini bayon qilishdan boshlanadi. XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda «mashina tarjimasi», «mashina tilshunosligi» atamalari qo‘llanila boshlandi. Mazkur asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan kompyuter texnologiyalari tilshunoslikka ham kirib kelganining isboti edi. Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima deyilganda, bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish nazarda tutiladi. Mashina tarjimasining asoschilari kibernetika va matematika sohasi vakillari bo‘lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g‘oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu yo‘nalish bilan parallel ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari modelini yaratishga e’tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari matematik lingvistika fanida ishlab chiqildi, bu, o‘z navbatida, kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo‘ldi. Demak, shu asosda tilshunoslikning yangi yo‘nalishi - kompyuter lingvistikasi (1961) va tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo‘nalishlari vujudga keldi. Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim masalalar quyidagilardir: tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish; formal grammatika yaratish; tillarning matematik modellarini ishlab chiqish. Har bir fanning o'z maqsad va vazifalari bo'ladi. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi: tabiiy va sun'iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish; lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash; til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish (ehtimollar nazariyasi, statistika va kvantitativ metodlarni tatbiq etish). Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter lingvistikasi 1954-yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‘yicha dunyoda o‘tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo‘nalish sifatida shakllana boshladi, 1960-yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha «computational linguistics» so'zining kalkasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu fan turlicha nomlar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, kvantitativ lingvistika, injener lingvistikasi kabi. Bu fanning asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish5, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing)dir. NLP kompyuter lingvistikasida tabiiy tillarning kompyuter analizi va sintezini o‘z ichiga oladi. Buhda analiz tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishiga nisbatan ishlatiladi, sintez esa kompyuterda matnning grammatik shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) demakdir. NLP bo‘yicha yaratilgan dasturiy ta’minotlar quyidagilar: AlchemyAPI, Expert System S.p.A., General Architecture for Text Engineering (GATE), Modular Audio Recognition Framework, Monty Lingua, Natural Language Toolkit (NLTK). Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: avtomatik o‘qitish tizimini ishlab chiqish; bilimlarni tekshirish; matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash; matnlarning avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini (inglizcha parsing) ta'minlovchi tizimlar yaratish (parser dasturlar); mashina tarjimasi uchun mo'ljallangan dasturlarni ishlab chiqish; lug'atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish; lingvistik muammolarni hal qilishga yo'naltirilgan optimal dasturlar yaratish; muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish; matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish; elektron lug‘atlar va tezauruslar yaratish; sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish; matnlar korpusini yaratish; matnni avtomatik referatlash; sujet strukturasini modellashtirish; nutqni avtomatik tushunish tizimini ishlab chiqish (inglizcha ASR -Automatic Speech Recognition); matndan faktlarni avtomatik ajratib olish (inglizcha fact extraction, text mining). O‘zbek tili materiallari bo‘yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib borgan olimlar sifatida H.Arziqulov, S.Rizayev, S.Muhamedov, A.Po‘latov, S.Muhamedova, N.Jo‘rayevalarni ko‘rsatish mumkin. Olimlar asosan statistik tahlil, algoritmlash, o‘zbek tilining aksiomatik nazariyasi, fe'llarning kompyuter analizi va sintezi kabi yo‘nalishlar bo'yicha izlanishlar-ni amalga oshirganlar. Fanlar hamisha o'zaro uzviy bog'liqlik va hamkorlikda ish ko'radi, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Jumladan, kompyuter lingvistikasi fani ham bundan mustasno emas. Kompyuter lingvistikasi mantiq, informatika, statistika, semiotika, kibernetika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalari bilan o'zaro aloqadorlikda ish ko'radi. “Pragmatika” (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo’lib, u Suqrotdan oldingi davrlarda ham qo’llanishda bo’lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20 -30- yillarida pragmatizm g’oyalarining keng targ’ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ’ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabi olimlarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo’lgan falsafiy pragmatizm yo’nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g’oyasi semiotik belgining ma’no - mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog’liq holda o’rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs birinchilardan bo’lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat sub’yekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida o’tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970- yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi” (Pragmatics of natural languages) mavzusid a xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda o’qilgan ma’ruzalar to’plamining muharriri, Tell-Aviv unversitetining professori I.Bar – Hillelning “So’z boshi”da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o’rganilishi lozim” degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e ’tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko’tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig’ilishlar o’tkazildi, chop qilinayotgan to’plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo’q, Gournal of Pragmatics tom ma ’noda xalqaro nashrga aylandi. Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani “belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi” fan sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “pragmatika dastlabki o’rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o’rganuvchi nazariyadir” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma’noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. J.Layonz tilshunoslarining 12-xalqaro konferensiyasida (Vena,1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta’rifini berishga harakat qildi: “Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so’zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo’llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqatdagi rolini aniqlash bilan shug’ullanadi, deyish demakdir” (Proceedings 1978: 26). Ushbu ta’rifning asosida lisoniy harakatdagi ko’zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o’rtasidagi munosabat turibd i . “Sabab – motiv – maqsad” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta’minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “qo’yilgan maqsadga erishishda lisoniy 4 vositalardan foydalanishni ta’minlovchi insonga xos bo’lgan qobiliyat qoidalar ini yoritish va tushuntirish” deb tasvirlashga undaydi. (Kasher 1979: 38) Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o’zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo’lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo’ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari namunasidir. Pragmalingvistika insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning doirasiga soʻzlovchi subʼyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar kiradi. XX asrning 90 – yillarida tilshunoslik bilan ma’daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadani-yatshunoslik) paydo bo’ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo’lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari ); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi; XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo’nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o’rganuvchi fan bo’lib, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog’i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo’lgan inson to’g’risidagi antropologik paradigmaga xos bo’lgan yutuqlar majmuasidir” V.V.Vorobyev “lingvokulturologiya – sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo’lib, u madaniyat va til o’rtasidagi o’zaro aloqalar va ta’sirlashuvlarni o’rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy ustuvorliklarga (umuminsoniy me’yorlar va qadryatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi”, - deb ko’rsatadi. Ushbu tushunchalarning o’zaro farqli jihatlarini professor O’. Yusupov quydagicha izohlaydi. “Lingvokulturema - o’z semantikasida (ma’nosida) madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi. Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi so’zlar, frazeologik birliklar, so’z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko’rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o’sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o’zining mazmun va ifoda planiga ega bo’lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko’rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, “lingvokulturema” tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, “zero til – madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko’rinishida, ya’ni so’zlar vositasida ifoda etadi” Agar madaniyatshunoslik insonning tabiat, jamiyat, san’at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o’z-o’zini anglash xususiyatini o’rgansa, tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining mental modellari sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o’rganadi. Lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot predmeti esa doimiy o’zaro ta’sirlashish holatida bo’lgan ham til, ham madaniyat hisoblanadi. “Madaniyat” lotincha “Colere” so’zidan olingan bo’lib, “ishlov berish, tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat” ma’nolarini anglatadi. XVIII asrdan boshlab “madaniyat” atamasi inson faoliyatining mahsuli bo’lgan barcha narsalarga nisbatan qo’llanila boshlagan. Bu ma’nolarning barchasi “madaniyat” so’zining qo’llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida bu so’z “insonning tabiatiga maqsadli ta’siri, tabiatning inson manfaatlari uchun o’zgartirilishi , ya’ni yerga ishlov berilishi” (qishloq xo’jalik madanyati) degan ma’noni anglatgan. Keyinchalik “madaniyat” atamasi bilimdon, marifatli, yuksak tarbiyali insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan. Hozirga kelib “madaniyat” atamasining fan va amaliyotning turli sohalarida 500 dan ortiq variantda ishlatilishi ma’lum. Mualliflarning madaniyatga bergan ta’riflari umumlashtirilsa, madaniyatga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar yig’indisi” deb ta’rif berish mumkin. Shunga asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1) moddiy madaniyat; 2) ma’naviy madaniyat; Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan “ikkinchi tabiat”, ya’ni ishlab chiqarilish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko’nikmalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror turini inson aql-zakovatisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ma’naviy madaniyat ham yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy ma’daniyat voqealikni badiiy aks ettirish va o’zlashtirish vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan, ma’naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-rusm, an’ana, marosim va milliy qadriyatlar bilan chambarchars bog’liqdir. Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o’rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog’liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko’z o’ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma’lumki, insonlar ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so’zlashadilar va ular muayyan milliy ma’naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma’naviyat, uni ro’yobga chiqishida muhim o’rin tutadigan til madaniyati va nutq ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o’z aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror narsani yerga tushib ketishidagi emotsional holatni ingliz ayoli “Oaps”, nemis ayoli “Mein Got!”, rus ayoli “Боже мой!”, o’zbek ayoli esa “Voy, o’lay” tarzlarida ifodalaydi. Turli millatlarga mansub bo’lgan ayollar til madaniyati va nutq ma’naviyatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu misoldan ko’rinib turganidek, to’saddan sodir bo’lgan his – hayajonni ifodalashda hech qanday lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan “Oaps!” undov so’zidan, nemis va rus ayollari o’z ajdodlarining til madaniyati va nutq ma’naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi qiladigan “Mein Got”, “Боже мой” so’zlaridan foydalanadilar. O’zbek ayoli esa bunday holda salbiy ma’noga ega bo’lgan “Voy, o’lay!” so’zlarini ishlatadi. Insonning hayot kechirishida kerakli predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa ham bo’ladi. Masalan, quyoshni yoki oyni madaniyatga kiritish bir tomomdan mumkin emasdek ko’rinadi. Ammo barcha xalqlar madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud ekanligi ma’lum. Lekin ba’zi salqin ob-havo sharoitida yashovchi Yevropa xalqlari (slavyanlar va germanlar) quyoshni issiqlik, ardoqlash va iltifot belgilari sifatida ijobiy baholaydi. Arab davlatlari madaniyatida esa quyosh yoz paytida ularni qiyin ahvolga soluvchi jazirama haroratga tenglashtirib, salbiy baholanadi. Demak, quyoshni faqat tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli sifatida tushunsa bo’ladi. Janubda yashovchi xalqlar madaniyatida oy alohida e’tirof bilan tilga olinadi. Ruslar ongida u qorong’ilik, oxirat bilan bog’lanib, ba’zida hayot- va momot bilan (жить «под луной», » в подлунном мире» - hammaning hayoti birdek sharoitda kechadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa slavyanlarda homilador hamda norasidalar uchun havfli, ziyon keltiradigan hodisaga taqqoslanadi. Vetnamliklarda esa boshqa janubiy Osiyo xalqlaridagi kabi oyga munosabat tomoman boshqacha, ya’ni ular oy kalendari bo’yicha yashashadi, maxsus nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning sevimli bayrami hisoblanadi. Go’zal, nozik va beg’ubor yosh qizlar oyga o’xshatiladi, sevishganlar oy yorug’ida guringlashib, unga bag’ishlab she’rlar to’qishadi va qo’shiqlar aytishadi. Shuning uchun Vetnam xalqi hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali tasavvur etadilar. Shu kabi oyga munosabat - o’zbek xalqiga ham mansub ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Chunki o’zbeklarda oy quyoshdan nur olib, yog’du soluvchi samoviy jismgina emas (“oyni etak bilan yopib bo’lmaydi” - maqol), balki “go’zal, chiroyli yuz” ( oy yuzini qora chimmat zulmidan qutiltirg’il. “juda go’zal, juda ham chiroyli”) (“Oy desa oyga, kun desa kunga o’xshaydi”), safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash (“Oy borib omon qayt”) ma’nolarida ishlatiladi [5, 205]. Shuni aytib o’tish joizki, rus xalqida ham “лицо как луна” iborasi go’zalikka tan berishni anglatadi . Bunga o’xshagan misollarni boshqa xalqlar madaniyatida ham uchratish mumkin. Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida keltirilgan o’ziga xos alohidaliklarning tilda aks etishini o’rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o’zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu borada bir qancha o’quv qo’llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Mazkur o’quv qo’llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo’nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko’rsatilgan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o’zbek tilshunosligida oxirgi o’n yilliklarda paydo bo’la boshladi. Professor N. Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi va yo’llarini izlab…” nomli maloqasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Ushbu maqolani o’zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan. Xulosa qilib aytganda, XIX asrda V.Gumboltdning til va tafakkur munosabatlarini o’rganishda millat madaniyatiga asosiy e’tibor berilishi lozimligi haqidagi mulohazalari XX asrning 90-yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi fan lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o’ta tez sur’atlarda rivojlanib, umumiy tilshunoslikdan alohida o’rin egalladi. Download 113.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling