Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 101.72 Kb.
bet29/31
Sana17.02.2023
Hajmi101.72 Kb.
#1208037
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2 5240342443127218090

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Strukturalizm haqida ma’lumot bering.

  2. F.de Sossyurning til va nutq antinomiyasi haqida qanday ma’lumotga egasiz?

  3. Praga strukturalizmi haqida ma’lumot bering.

  4. Amerika strukturalizmi haqida nimalarni bilasiz?

  5. F.de Sossyur lisoniy talimotining muhim jihatlari haqida ma’lumot bering



8-MA’RUZA
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
1. “Kompyuter lingvistikasi” fanining mundarijasi, maqsadi, vazifasi
2. “Kompyuter lingvistikasi” fanining asosiy masalalari.
3. Pragmalingvistikaning tilshunoslik sohasi sifatida shakllanishi
Tayanch tushunchalar: kompyuter lingvistikasi, matematik lingvistika, mashina tarjimasi, mashina tilshunosligi, pragmatika, lingvokulturologiya, V.Gumboltd, lingvistika, V.A. Maslova
Ma'lumki, tilshunoslik fani XIX (1816-yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo‘nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning «chorrahasida» (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: biokimyo, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o‘zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo‘ladi.
Kompyuter lingvistikasi ikki rivojlanish bosqichini o‘z ichiga oladi:
1. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.

Download 101.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling