Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi


-MA’RUZA TILSHUNOSLIKNING QADIMGI ASRLARDA SHAKLLANISHI


Download 101.72 Kb.
bet2/31
Sana17.02.2023
Hajmi101.72 Kb.
#1208037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2 5240342443127218090

2-MA’RUZA
TILSHUNOSLIKNING QADIMGI ASRLARDA SHAKLLANISHI
Reja:

  1. Qadimgi Mesopotamiyada til va yozuv

  2. Shumerlar va Akkadlar tili

  3. Mixxat yozuvi

  4. Shumer-Akkad yozuvi lug’ati

Tayanch tushunchalar: Mesopotamiya, Shummerlar va akkadlar, mixxat yozzuvi, ibtidoiy davr, paleolit davri, piktografik, ideografik, fonografik yozuv turlari.
Til ham jamiyat kabi doimiy raqvishda rivojlanishda bo`lib, o`zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy darvrlarda xilma xil tillar mavjud bo`lib, insonlar dunyoni o`zicha anglagan va qabul qilgan. Til jamiyatning maxsuli ijtimoiy hayotining muhim jabxalaridan biridir. Tilsiz jamiyat bo`lmagandek, til ham jamiyatdan tashqarida bo`lmaydi. Til madaniyatni vujudga keltiradi. Til boyib borsa, madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida tili va madaniyati bo`lmaydi. Shaxs muayyan jamiyatdagi tilli muhitda yashaydi va madaniyati shakllanadi. Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o`tmishidan iborat bo`lgan bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan davr hisoblanib, ongli mavjudot hisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan o’ziga xos til madaniyatining shakllanish davridir. Paleolit davridayoq kishi tafakkuri va nutqi paydo bo`lgan. Tafakkur va nutq qobiliyati taraqqiyotining qudratli sharti va omili bo`lib, ular kishilikni butun hayvonot dunyosidan ajratdi. Tafakkur va nutqning vujudga kelishi ilk insoniy munosabatlarning shakllanishi va taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan. Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti - moddiy ishlab chiqarishning, ya`ni moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov singari til va tafakkur ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini ta’minlagan. Dunyodagi qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan Mesopotamiya xalqlari jahon xazinasiga ilmiy bilimlar, yozuv, adabiyot va san’at, diniy e’tiqodlar bobida erishgan yutuqlari bilan munosib hissa qo’shganlar. Mesopotamiya – jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o`choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari er. avv. IV ming yillikda shaharlar paydo bo’lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki birlik, an'analarni merosiyligi, uning unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang`ich davri o’ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib uning barcha jihatlarini birlashtirgan an'analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Er.avv. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi (Shumer jamiyatidagi aslzodalar, qul egalari, ruxoniylar va boshqa oliy tabaqa vakillari hisoblangan) . Taxminlarga ko’ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma'lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar. Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan eramizdan avvalgi III ming yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas edi, u so’zlarni ifodalamas edi. Masalan, qush so’zi qushning tasviri bilan, suv so’zi uch qator to’lqinsimon chiziq bilan, yulduz so’zi yulduz tasviri bilan ifoda etilgan. Ammo su’ratli yozuv bilan ko’p tushunchalarni ifoda etib bo’lmagan. Turmush shumerlarning bu yozuvini soddalashtirishni taqozo etgan. Sekin-asta u mixxatga aylandi. Ular qotmagan loy lavhalarga o’yib yozilgan. Ular lavha ustida ko’ndalang, tik va egri tushurilgan pona – mixlar shaklidagi belgilarr yig’indisidan iborat yozuv tusini olgan. Qadimgi Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy manba bo’lib, xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo`li bilan tozalangan. Mesopotamiyada o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutubxonada saqlanishi lozim bo’lgan asarlar) kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quirtilgan. Odatda, taxtachalar yetti-to’qqiz sm. uzunlikda bo’lgan. Yozuvlar ba'zida tosh va metall taxtachaga ham yozilgan. Mixxatda 600 belgi bo’lgan. Juda qadimdan boshlab mesopotamiyalik mirzolar adabiy, ilmiy va tarixiy mavzudagi ma’lumotlarni loy lavhalariga yozib qoldirganlar va ajoyib kutubxonalar tashkil qilganlar.
Er. avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili janubiy Mesopotamiyada er.avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. Er. avv. III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Shumer yozuvi, keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o’zlashtirib oldilar. Xatto, Misr fir’avnlari ham bu yozuvdan foydalanganliklari haqida ma’lumotlar bor. Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Er.avv. I ming yillikda bobillik va osuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida Mesopotamiyada yog`ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib mixxat belgilarini tushirganlar. Er. avv. VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari tanazzulga yuz tutdi. Mana shu tarzda qadimgi asrlarda ikki daryo oralig’ida dastlabki yozuv va uning qonun qoidalari yaratilgan. Bu dunyoda tilshunoslikning vujudga kelishi, taraqqiy etishiga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’ldi.

Download 101.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling