Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet41/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik,
funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish 
masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan


semantik munosabatga kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi,


so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga 
keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi
aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u
sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha
bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar 
ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning
birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular 
orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga
harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi: 
qiyoslash uchun material to‘plash;
qiyoslanadigan birliklarni belgilash; 
birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash;
so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash. 
tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh 

emasligini aniqlash; 
qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini 


tiklash. 
Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu 
yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash
uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan 
tillardangina olinadi. Masalan: ruscha svetok, polyakcha kwiatok “gul”; forscha
now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras, 
lotincha pater, sanskritcha pitar, nemischa vater, forscha padar, ruscha papa,
hindcha “bobo”,”ota” demakdir.




Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling