Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet9/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

Abu Rayhon Beruniy (937-1048 yy.) – matematika, kimyo, astronomiya,
geografiya, geometriya, tarix, musiqa, tilshunoslik bo‘yicha 150dan ortiq durdona 
asarlar yaratgan. (“O‘tmish avlodlar yodgorligi”, “Hindiston tarixi”). Ular orasida
“Saydana” bevosita tilga oid bo‘lib, 29 bob, 1116 misradan iborat. Unda 4500 dan 
ortiq dorivor o‘simliklarning 8 tildagi nomlari izohlangan.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) – Sharq olamida “Shayx ur-rais”, G‘arbda
“Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan, ko‘p asrlar davomida jahon tibbiyot 
ilmining asosi bo‘lgan “Tib qonunlari” kitobi muallifi, shuningdek, “Kitabi al
milh finnahv” (“O‘tkirlik sintaksisda ekanligi”), “Kitob lisonul arab”, “Asbobi 
xudut al huruf” (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”) kabi tilshunoslikka oid
asarlar yaratgan.
Allomaning fikricha, tovush havoning to‘lqinsimon harakati natijasida hosil
bo‘ladi, fizikaviy (savt) va nutqiy (harf) tovushlari mavjud. U arab tilidagi 3ta 
unli, 28ta undosh borligini qayd etadi va undoshlarning har birini mukammal
tavsiflaydi. Ibn Sinoning tovushlar artikulyatsisi, nutq a’zolari, unli va undoshlar 
haqidagi fikrlari fonetika sohasiga qo‘shilgan salmoqli hissadir.

Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy  (XI asr) Qoshg‘arda
tug‘ilgan, Samarqand, Buxoro, Nishopur va Marv shaharlarida o‘qigan, Bag‘dodda 
arab adabiyoti, tilshunosligi, tarixi, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan.
U turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblangan mashhur «Devonu lug‘atit 
turk» («Turkiy so‘zlar devoni») asari orqali turkiy tillarning leksikologiyasiga asos
soldi, turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini yaratdi.
“Devon”ning faqat bir nusxasi 1914 yilda Turkiyada topilgan. Bu kitob kotib
Muhammad 
bin
Abu

Bakir
Damashqiy 


tomonidan
1265-66

yillarda


M.Qoshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan ko‘chirilgan. Shu nusxa 

asosida 1905-1917 yillarda Turkiyada “Devon”ning uch jildi nashr qilingan. 1928


yilda Karl Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va Leypsigda chop 
etilgan; Bosim Atalay tomonidan turk tiliga o‘girilib, 1939 yilda Anqarada chop
etilgan; Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan va 1960-1963 yillarda 
Toshkentda chop etilgan. «Devon»ning muqaddima qismida turkiy xalqlarning
etnografiyasi, lahjalari haqida ma’lumotlar berilgan, lug‘at qismida esa 9 mingga 
yaqin turkiy so‘zlar arab tiliga tarjima qilingan, ushbu so‘zlarning fonetik,
semantik, grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlangan.
Koshg‘ariy o‘z lug‘atida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari
haqida fikr yuritadi, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi, arab yozuvidagi 
harflarning turkiy tillarda mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini
aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi. Arab yozuvidagi 18 harfdan 7tasi 
ustiga maxsus qo‘shimcha belgi qo‘yish orqali 25 taga yetkazadi. Natijada turkiy
tillardagi 25 ta tovush yozma ifoda shakliga ega bo‘lgan. Alloma undoshlarning 
jarangli-jarangsiz, qattiq-yumshoq, sodda-murakkab bo‘lishi, undoshlarning
ketma-ket va takror kelishi, singarmoniya, tovush tushishi, almashinishi
assimilyatsiya, metateza, reduksiya kabi fonetik hodisalarga ham to‘xtalib o‘tgan.
Koshg‘ariy o‘z lug‘atidagi barcha so‘zlarni leksikolog, semasiolog, 
leksikograf sifatida chuqur o‘rganib, ko‘p ma’nolilik, shakldoshlik, ma’nodoshlik,
zid ma’nolilik hodisalari, ma’no ko‘chishining 4 xil usullari, so‘z ma’nosining 
kengayishi va torayishi hodisalari haqida fikr yuritadi, har bir hodisani misollar
yordamida izohlaydi. Aytish joizki, jahon miqyosida hech bir til vakili o‘z lug‘at 
boyligini Mahmud Koshg‘ariychalik keng har tomonlama o‘rganib chiqmagan va
chuqur tahlil qilmagan edi. Uning bugungi kungacha topilmagan «Javohirun nahv 



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling