Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet17/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

VILGELM FON GUMBOLDT – UMUMIY TILShUNOSLIKNING

ASOSCHISI

Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) – buyuk nemis filosofi, Berlin
universiteti asoschisi, siyosatchi va davlat arbobi. U juda ko‘p tillar (bask tilidan 
tortib, polineziya va indeeslarning tillarigacha) haqida ma’lumotga ega edi. U o‘z
asarlari va g‘oyalari bilan tilning ilmiy nazariyasini yaratdi va umumiy nazariy 
tilshunoslikka asos soldi. 1820 yilda «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida 

ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish haqida» Berlin akademiyasida qilgan
ma’ruzasida til haqida alohida mustaqil fan yaratish zarurligi g‘oyasini o‘rtaga 

tashlaydi va uni asoslab beradi. U tillarning mustaqilligini tan olmaydigan, dunyo


tillarini mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga qaratilgan umumiy grammatika – 
Por-Royal grammatikasini inkor qiladi.
Gumboldt hayotining so‘nggi yillarida yaratgan 3 tomli “Yava orolidagi 


kavi tili haqida”(1836-1840) asarining “Inson tili tuzilishining har xilligi va uning
inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri” deb atalgan kirish qismida o‘zining
nazariy-falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U har bir xalqning tilida
o‘sha xalqning tarixi, madaniyati va butun ruhiy dunyosi namoyon bo‘lishini 
ta’kidlaydi. “Til millatning ruhidir”, deydi u. Olim til va tilga yondosh hodisalar,
til bilan bog‘liq jarayonlarni dialektik birlikda o‘rganish zarurligi, til hodisalari 
dialektik zidlik asosida qurilganligini bayon etadi va til antinomiyasi haqidagi
g‘oyasini ilgari suradi. U yaratgan umumiy tilshunoslikni til falsafasi deb atash 
mumkin.

Gumboldt ta’limotining eng muhim jihatlari:
 til shakl (forma)dir, u bir-biri bilan aloqador, o‘zaro zidlik asosida 
bog‘langan sistemani tashkil etuvchi nutq tovushlaridan tashkil topadi;
 til formasi moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan tashkil 
topadi;
 tilning tashqi formasi uning materiyasi, ya’ni tovush tizimidir; 
 tilning ichki formasi til strukturalarinig tashkil qilinishi bo‘lib, xalq ruhining
so‘zda ifodalanishidir; 
 til so‘z va grammatik qoidalardan iborat, so‘z esa tushunchani
ifodalaydigan belgi, ramzdir; 
 u til va nutqni farqlaydi va so‘zning nutqdagi qiyofasini uning grammatik
formasi, deb ataydi.
Vilgelm fon Gumboldt ta’rificha, til murakkab, bir-biriga qarama qarshi
bo‘lgan sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Shuning 
uchun ham, olimning fikricha tilni o‘rganishda antinomiya (qarama-qarshilik)
metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.






Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling