O’zbekistonda turizim va rekiratsiya geografiyasi.
MUNDAREJA
Kirish …………………………………………………….. 2-6
1. O’rta Osiyo haqida tushuncha…………………………..7-15
2. O’rta Osiyo turizm faoliyati……………………………..15-17
3. O’rta Osiyo turizm salohiyati……………………………18-22
Xulosa……………………………………………………….23
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………24
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining yubiley
75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo
hamqorlik masalalari qayd
etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, davlatlari o’rtasida yaxshi
qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga erishilganligi, hususan so’nggi
yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro
savdo hajmi ortib
borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanayotganligi,
kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’shimcha ish o’rinlari
yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani
barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga o’rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy
yordam ko’rsatish ta’kidlandi.
Kurs ishining maqsadi. O’z
navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari oldida
muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, mintaqamizning
global iqtisodiy,
transport va tranzit yo’laklariga chuqur integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratildi.
Mavzuning predmeti. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligida
mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini
baholash xamda rivojlanish
istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8
oktyabr kuni Davlat bojxona
qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hamkorligini
rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti
Tatqiqot metodi
“Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj “O’zbekistonning
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari”
mavzusi bilan ishtirok etdi.