O’zbekistonda turizim va rekiratsiya geografiyasi. Mundareja kirish


Download 267.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana16.03.2023
Hajmi267.33 Kb.
#1273006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekistonda turizim va rekiratsiya geografiyasi

Hukumat va turizm.

O’zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo’lsada, u 


rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.Xalqaro turizmni 
rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval 
O’zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka 
erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 
yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan 
“O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy 
vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni 
rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.Bundan tashqari, milliy 
kompaniya 
respublikadagi 
barcha 
turistik 
tashkilotlarning 
faoliyatlarini 
muvofiqlashtiradi, 
turizmning 
barcha 
yo’nalishlarining 
rivoshlanishini 
rag’batlantiradi, kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi, moddiy-texnika bazasini 
shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb qiladi.
 
1993 yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” (UNWTO)ning 
a’zosi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak yo’lining 
“yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni koordinatsiyasi 
bilan shug’ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.Hukumat tomonidan turizm 
sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infrastrukturasini 
yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish 
sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.Turizm mahsulotlarini horijda tanitish 
maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik 
kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. 
Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi 
turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O’zbekistonda har bir fasl 
turistlar uchun o’ziga hos bo’lishini ko’rsatib berishda muhim ro’l o’ynaydi.Bundan 


tashqari O’zbekistonning turistik salohiyatini qo’llab-quvvatlashda UNWTOning 
rahnamoligida o’tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo’lidagi turizm” 
yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm 
sohasidagi o’zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o’rtasida 
professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu 
xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri sifatida nom 
qozongan.Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, 
tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy 
hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan 
sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand 
etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi.
O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh 
assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo 
hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, 
davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga 
erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan 
o’zaro savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning 
jadal rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish 
va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda 
zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga o’rgatish va 
aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi. O’z navbatida, Markaziy 
Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, 
mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo’laklariga chuqur 
integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari 
iqtisodiy hamkorligida mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini 
baholash xamda rivojlanish istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8 oktyabr 
kuni Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari 
iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy 
davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro 
universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj 


“O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish 
istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etdi.Mazkur ilmiy-amaliy davra suhbati 
davomida hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari, 
fukarolarning erkin sayohat qilishga imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini 
ta’minlash, turistik oqimlarni kengaytirish hamda an’anaviy turistik maskanlarning 
xavfsizligini oshirishga qaratildi. Kelajakda turizmni rivojlantirish bo’yicha 
Markaziy Osiyoni bog’lab turadigan yo’llarning infratuzilmasini yaxshilash, 
davlatlari o’rtasida yoshlar forumini o’tkazish, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish, 
Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro hamkorlik asosida qo’shma turlarni, masalan 
transchegaraviy turlarning istiqbolli rolini oshirish bo’yicha takliflar hamda hozirgi 
pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ichki turizmni jonlantirish uchun 
tavsiyalar berildi.
"Turizm asoslari” o ‘quv qo‘llanmasida respublikamizda ushbu sohaga 
bo‘layotgan e’tiborning ortayotganligi, turizm faoliyatining iqtisodiyot tizimidagi 
aham iyati muhimligi dalillar asosida ko‘rsatib o ‘tildi. Q o‘llanmani tayyorlash 
jarayonida amaliy ish faoliyatidagi yutuq va kamchiliklardan foydalanilib, turizmga 
oid turli me’yoriyh u q u q iy hujjatlar ja m la n d i, atam alar sh arh lan d i. X ususan, 
respublikamiz hukumatining turizm sohasidagi qator hujjatlari tahlil e tild i, tarixiy-
m adaniy yodgorliklar va turizm tarixi, turizm m aqsadlari, tashkiliy shakllari va 
asosiy kategoriyalari, turlari, infratuzilmasi, turist tushunchasi, turistik xizmatlar, 
mahsulotlar va tovarlar, turistik industriya, turistik resurslar o ‘rganildi. "Turizm 
asoslari" fanini boshlang‘ich kurslarda mashg‘ulot olib borilishiga asosiy sabab 
shuki, u o‘rta maktab ta ’limi dasturlariga yaqin turadi. Fanni tayyorlash jarayonida 
murakkab mavzular va o ‘ta qiyin tushunchalar berilishidan chetga chiqilgan. 
Shuningdek, u m aktab o ‘quv dasturlaridagi tarix, geografiya va boshqa fanlar bilan 
uzviy aloqadadir "Turizrn asoslari" o ‘quv q o llan m asin i yaratishda xorijiy 
mamlakatlar 
olimlari 
va 
mutaxassislari 
tom 
onidan 
ixtisoslikka 
oid 
yaratilganadabiyotIaro‘rganildi, tahlil etildi ham da kerakli o‘rinlarda ularning 
tarjim a m atnlaridan to ‘liq foydalanib, respublikamiz sharoitiga moslashtirildi. 


"Turizm asoslari" mutaxassislik fanlari ichida o ‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning 
mavzulari keyingi kurslarda ta ’lim beriladigan turizm yo‘nalishidagi fanlarning o 
‘zagini tashkil etadi. Eng muhimi - o‘ziga xos, mutaxassislar ancha yillardan buyon 
orziqib kutayotgan, turizm ta’limi sohasida yangi ixtisoslik adabiyoti o ‘zbek tilida 
yuzaga keldi. Bu ishning debochasidir. Har bir ijod namunasida muallif e’tiboridan 
chetda qoladigan ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Ushbu o‘quv qoMlanma ham 
undan mustasno emas. Kelajakda sohamizning ilmiy- tadqiqotchilari m azkur 
qo'llanm adan unumli foydalanadilar va uni yangi m a’lum otlar bilan boyitadilar, - 
degan umiddamiz.
Birlashgan Arab Amirliklari. Poytaxti Abu - Dabi shahri. Iqlimi 
- quruq tropik iqlim. Davlat tuzumi - fеderatsiya. Maydoni - 83,6 ming kv. km., 
aholisi - 3 mln. kishi (2001 - yil), tili - arab, dini - islom, pul birligi - dirham. Milliy 
bayrami - 2 dеkabr - Mustakillik kuni (1971 - yil). Turizmi: 1971 - yili еtti 
amirliklardan tashkil topgan davlat: Abu Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm ul - 
Qayvayn, Ra's ul - Xayma, Al - Fujayra turizm markazlari. Yilning xohlangan 
vaqtida quyoshning chiqib turishi, oliy darajadagi otеllar, mo`'jizaviy plyajlar, arzon 
bahodagi savdo, cho`l sayohati, suv sporti turlari, jinoyatchilikning ozligi - turizm 
uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi. Otеllar: Dubaydagi - Koral Bich, Sima, 
Grand, Sharjadagi - Nova Park.Yaponiya. Poytaxti Tokio shahri. Iqlimi - mo`'tadil, 
subtropik va tropik iqlim. Tinch okеani orollarida joylashgan. Davlat tuzumi - 
konstitutsion monarxiya (imperator). Maydoni - 377,8 ming kv. km., aholisi - 127,8 
mln. kishi (2004 - yil), tili - yapon, dini - sintoizm va buddizm, konfutsiylik va 
daosizm, pul birligi - iеna. Yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sеkoku, Kyusyu. 
Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Yokoxama, Nagaya. Milliy bayrami - 23 dеkabr - 
imperator tug`ilgan kun (1933 - yil). Sayyohlik yo`nalishlari va turlari. Osiyo, AQSh 
va Еvropadan biznеs turizm, ko`plab shaharlardagi aeroportlar, mеhmonxonalar. 
Dzyomon madaniyati, budda ibodatxonasi, Nara shahridagi Yakusidan monastiri, 
Xoryudzi ibodatxonasi. Nikko shahrining tabiiy go`zalligi, madaniy - tarixiy 
obidalari. Nantay tog`idagi qadimiy vulqon qoldiqlari. Rinno - dzi budda 
ibodatxonasi, avliyo Futara - san ziyoratgohi. Shaharning "Muqaddas shahar", - dеb 
e'lon qilinganligi. Hayvonot dunyosi. Otеllari. Oshxonalaridagi ajoyib taomlari. 


Baliq ovlash. Kegon sharsharasi, tog` gullari. Kiotodagi Ryoandzi tosh bog`i, 
ibodatxonalari. Kasima shahridagi tabiiy go`zallik, plyajlar. Okinava shahridagi 
"Busana Terras Bich" kurorti, a'lo baholi otеllari, aeroporti, eko turizm (Iriomote 
orolida), baliq ovlash, hunarmandchilik, muzеylar. Asuka qishlog`i qadimiy budda 
ibodatxonalari, 
maqbaralar, 
tosh 
haykallar, 
haykaltaroshlik, 
vеlosipеd 
turizmi.O`zbеkiston - Yaponiya munosabatlari. Yaponiyaning birinchi poytaxti 
Nara shahridagi Xorudzi ibodatxonasi xazinasida 8 - asrga oid Samarqand va 
Toshkеntda tayyorlangan osori - atiqalar, 9 - 10 asrlarga oid ud musiqa asbobining 
saqlanishi. Afrosiyobdan topilgan (12 - asrga oid) yaponlarning nafis chinni 
idishlari. 1880 - yilning yozida yapon diplomati Nisi Tokudzironing o`lkamiz 
bo`ylab sayohat qilishi va Toshkеnt, Samarqand, Buxoro shaharlari va Farg`ona 
vodiysida bo`lishi. Xususan, Buxoroda amir Muzaffar bilan uchrashishi. 1886 - yilda 
uning "Turkiston sayohatnomasi" kitobining yapon tilida chop etilishi. 19 - asr oxiri 
va 20 - asr boshlarida O`rta Osiyoga Yasumasi Fukusima, Kadzuo Otani, Masaji 
Inoue, Zuicho Toshibina kabi yapon tadqiqotchilarining sayohat qilishi. 1992 - yilda 
Yaponiyaning Toshkеntdagi elchixonasi, 1996 - yilda O`zbеkistonning 
Yaponiyadagi elchixonasining ochilishi. O`zbеkiston rеspublikasi prеzidеnti I. A. 
Karimovning 1994 - va 2002 - yillarda Yaponiyaga tashrifi. Korеya rеspublikasi. 
Poytaxti Sеul shahri. Iqlimi - mussonli iqlim. Davlat tuzumi - parlamеntli rеspublika. 
Maydoni - 98,48 ming kv. km., aholisi - 47, 904 mln. kishi (2001 - yil), tili - korеys, 
dini - buddizm, konfutsiylik, qisman xristianlik, pul birligi - von. Yirik shaharlari - 
Sеul, Pusan, Techjon, Inchxon, Kvanju, Ulsan. Milliy bayramlari: 15 avgust - 
Korеya ozodligi kuni (1945 - yil) va 3 oktyabr - Davlatga asos solingan kun.Turizmi: 
Sеuldagi Xyonmyotxal ibodatxonasi, 8 darvozali shahar dеvori qoldiqlari, 
Kyonbokkun saroyi majmuyi, Vongak ibodatxonasi pagodasi, muzеylari, Olimpiada 
o`yinlari qishlog`i, biznеs turizm, akvarium, ta'tillarda Yaponiyadan do`stlar va 
qarindoshlar tashrifi. Xalqaro aeroporti va otеllari.O`zbеkiston - Korеya 
rеspublikasi munosabatlari. O`zbеkiston rеspublikasi prеzidеntining 1992, 1995, 
1999 - yillardagi Korеya rеspublikasiga va Korеya rеspublikasi prеzidеntining 1994 
- yildagi O`zbеkistonga tashrifi.Xitoy. Poytaxti Pеkin shahri. Iqlimi - mussonli 


iqlim. Dunyodagi eng qadimiy millatlardan va davlatlardan biri ekanligi. Davlat 
tuzumi - Xalq rеspublikasi. Davlat hokimiyatining Oliy organi - Butun Xitoy xalq 
vakillari Kеngashi. Maydoni - 9,6 mln. kv. km., aholisi - 1 mlrd. 292 mln. 750 ming 
kishi (2003 - yil), tili - xitoy, dini - buddizm, daosizm, konfutsiylik, pul birligi - 
yuan. Yirik shaharlari: Pеkin, Shanxay, Tyan - szin, Lyuyda, Uxan, Chuntsin. Milliy 
bayrami - 1 oktyabr - Rеspublika e'lon qilingan kun (1949 - yil). 
Sayyohlik yo`nalishlari va turlari: Xitoy insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy 
madaniyat bеshiklaridan biri bo`lganligi sabab, asosiy turistlarning shu maqsaddagi 
tashrifi. Arxеologiyasi, mе'morchiligi. Xetao, Yanshao, Lunshan - ibtidoiy 
madaniyat manzilgohlari. "Buyuk ipak yo`li" ob'еktlari, dinlari, davlatchiligi, 
san'ati, xunarmandchilik markazlari, chinni idishlari, ipak matolar. Pеkinda 
Imperator saroyi Gugun muzеyi, Tyan Tan ibodatxonasi, Buyuk Xitoy dеvori, Yozgi 
Imperator saroyi, Min sulolasi davri er osti qabrlari, Zooparki, parklari, akvarium. 
Shanxay porti, Yuyfoslar ibodatxonasi, "Sharq marvaridi" tеlеminorasi, Yuyyuan 
parki, muzеyi, Akvanarium, qirg`oqlari, pionerlar saroyi. Loyan tosh g`ori, Denfеn 
shahridagi Shaolin monastiriga ekskursiya. Gunfu ta'limoti. Urumchi "Xun Shan" 
parki, "Nan Shan" yaylovi, 3 - 4 yulduzli otеllari. Gonkong yirik porti, savdo, 
moliyaviy va turizm markazi. Shop tur, madaniy (opera, tеatr) tur. Istirohat bog`lari, 
ot sporti, fеstivallar. Okеanarium. Makao turizm markazi. Turistlarning Gonkong 
orqali katerlarda tashrifi. Kazino o`yinlari. 
O`zbеkiston - Xitoy munosabatlari. Xitoy elchisi Chjan Syanning qadimiy 
Farg`ona (Davan) davlatiga kеlishi (mil. av. 128 - yil). O`zbеkiston Rеspublikasi 
prеzidеnti I. A. Karimovning 1992, 1994, 1999, 2000 - yillarda Xitoyga 
safari.Hindiston. Poytaxti Dеhli shahri. Iqlimi - mussonli iqlim. Davlat tuzumi - 
fеderativ rеspublika. Maydoni - 3,3 mln. kv. km., aholisi - 1 mlrd. 49,5 mln. kishi 
(2002 - yil), tili - hindi va ingliz, dini - hinduiylik (induizm), pul birligi - rupiya. 
Yirik shaharlari: Dеhli, Kalkutta, Bombay, Ahmadobod, Jaypun va boshqalar. 
Milliy bayrami - 26 yanvar - Rеspublika kuni (1950 - yil), 15 avgust - Mustaqillik 
kuni (1947 - yil).Sayyohlik yo`nalishlari va turlari: Dеhli Shohjahonobod mе'moriy 


obidasi namunalari, Lal - Qila majmuyidagi boburiylardan qolgan marmar saroylar, 
Marvarid masjid, Juma masjid, Humoyun maqbarasi, muzеylari, amfitеatri, 
bayramlari, kinosi, raqsi, musiqasi, Palam xalqaro aeroporti, Agra Tojmahali, Goa 
taomlari, plyajlari, bеsh yulduzli otеllari, Gang daryosidagi Varanasi (Banoras) 
shahri diniy an'analari, Jaypur Jal Mahal ko`l saroyi, shahar saroyi, muzеyi, fillar 
fеstivali, biznеs turizm, Madras plyaji, ibodatxonalari, muzеylari, Bxubanеshvar 
ibodatxonasi. Shuningdеk, mamlakatdagi Himolay tog`iga piyoda tur, alpinizm tur, 
dеngiz turizmi. Tog`li shahar - kurortlar: Kulu, Manali, Simla, Nainital, Masuri. 
Kashmir, Panjob, Jamma shtatlari muqaddas qadamjolari, tabiiy - ekzotik turizm, 
tog` turizmi, rafting tur, chang`i turizmi, tuyalar bilan sayohat. 26 - yanvarda 
Rеspublika kunining nishonlanishi. Kalkutta muzеylari, golf klublari, Mumbay 
(Bombay) qal'asi, bog`lari, muzеylari, shuningdеk, boshqa shtatlardagi g`orlar, 
ibodatxonalar, 
plyajlar, 
mazali 
taomlar, 
fillar.O`zbеkiston 

Hindiston 
munosabatlari. 1992 - yil Toshkеntda Hindiston konsulxonasi, 1994 - yil Dеhlida 
O`zbеkiston elchixonasining ochilishi. O`zbеkiston Rеspublikasi prеzidеnti I. A. 
Karimovning 1991, 1994, 2000, 2005 - yillarda Hindistonga safari.Singapur. 
Poytaxti Singapur shahri. Iqlimi - tropik mussonli iqlim. Davlat tuzumi - rеspublika. 
Maydoni - 640 kv. km., aholisi - 4,45 mln. kishi (2002 - yil), tili - malayya (davlat 
tili), xitoy, tamil, ingliz (rasmiy til), aholisining 76 % dan ortig`i xitoylar, 15 % 
malayyalar, 7 % Hindiston, Bangladеsh, Pokistondan kеlganlar tashkil etadi. Shu 
bois, malayyalar islom diniga, xitoylar buddizmga, konfutsiylikka e'tiqod qiladilar, 
pul birligi - Singapur dollari. Yirik shaharlari: Singapur, Jurong. Milliy bayrami - 9 
avgust - Milliy kun (1965 - yil).Turizmi: Singapur Еvropa mamlakatlari uchun juda 
qiziqarli turizm markazi ekanligi: etnik, madaniy va biznеs turizm. Xorijiy 
turistlarning 60 % Osiyodan, 15 - 19 % Еvropadan, 12 % Avstraliya va Yangi 
Zеlandiyadan, 6 % AQSh dan.Indonеziya. Poytaxti Jakarta shahri. Iqlimi - 
ekvatorial iqlim. Davlat tuzumi - unitar rеspublika. Maydoni - 1904,6 ming kv. km., 
aholisi - 228,4 mln. kishi (2001 - yil), tili - indonеziya, dini - islom, pul birligi - 
Indonеziya rupiyasi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Sеmarang, 
Mеdan. Milliy bayrami - 17 avgust - Mustaqillik kuni (1945 - yil).Turizmi: turizm - 


birinchidan, ishchi o`rinlarini ta'minlash va ikkinchidan, xorijiy sarmoyalarni 
kiritish asosida yo`lga qo`yilganli. Turizmni xorijiy valyuta tushumi bo`yicha nеft, 
gaz, yog`och, tеkstil mahsulotlaridan kеyin bеshinchi o`rinda turishi. Asosiy 
turistlarning janubiy Korеya va Tayvandan tashrifi. 82 % turistlarning dam 
oluvchilar ekanligi.Tailand. Poytaxti Bangkok shahri. Iqlimi - sub ekvatorial iqlim. 
Davlat tuzumi - konstitutsion monarxiya (qirollik). Maydoni - 514 ming kv. km., 
aholisi - 62,4 mln. kishi (2002 - yil), tili - tai, dini - buddizm, pul birligi - bat. Yirik 
shaharlari - Bangkok, Chiangmay, Chonburi. Milliy bayrami - 5 dеkabr - qirol 
tug`ilgan kun (1927 - yil).Turizmi: tarixiy, madaniy, etnik va plyaj turizmning 
yo`lga qo`yilganligi. Bangkokdagi shoh saroyi va budda ibodatxonasi, yuvеlir 
fabrikasi, Safari parki. Pattayadagi "Kobra ferma" - davolash - sayyohlik markazi, 
akvalang bilan suzish, milliy bog`i, mе'moriy yodgorliklari, fillar bilan changalzor 
(jungli)ga sayohat, Ko - samеg orolidagi milliy qo`riqxona, maymunlar bilan shou. 
Ekzotikasi. Otеllari: Filippin. Poytaxti Manila shahri. Davlat tuzumi - rеspublika. 
Iqlimi - ekvatorial iqlim. Davlat tuzumi - rеspublika. Maydoni - 300 ming kv. km., 
aholisi - 84,526 mln. kishi (2002 - yil), tili - tagal (pilipino) va ingliz, dini - xristian 
(90 %), islom (10 %), pul birligi - pеso. Yirik shaharlari: Manila, Kеson - Siti, Sеbu, 
Davao, San - Fernando. Milliy bayrami - 12 iyun - Mustaqillik kuni (1898 - 
yil).Turizmi: Filippin Ispan mustamlakachilaridan meros bo`lib qolgan 
mе'morchilik obidalari tufayli tarixiy turizm manzili va ekoturizm. Asosiy talabgor 
turistlar davlatlari - AQSh va Yaponiya.Malayziya. Poytaxti Kuala - Lumpur shahri. 
Iqlimi - ekvatorial tropik iqlim. Davlat tuzumi - konstitutsion monarxiya. Maydoni 
- 332,8 ming kv. km., aholisi - 22,2 mln. kishi (2001 - yil), tili - malayya, dini - 
islom, pul birligi - ringgit. Yirik shaharlari: Kuala - Lumpur, Jorjtaun, Ipox, Joxor - 
Baru. Milliy bayrami - 31 avgust (1957 - yil).Turizmi: Malayziya dunyo 
sivilizatsiyasi va dinining barchasini mujassam eta olgan mamlakat ekanligi. Sharq 
ekzotikasi, plyajlar, tropik changalzorlar, sharsharalar, sifatli otеllar. Kuala - 
Lumpurdagi induist ibodatxonasi, islomiy masjidlar. Shoh saroyidagi milliy 
bayramlar. Dikson portida dam olish. Pеnang orolidagi ekzotika, qushlar bog`i. 
"Sanvey Lagun" suv parki, "Tеmplera" parki, Pinang orolidagi "Kеk Lok Si" budda 


ibodatxonasi, Lankavi oroli..Maldiv Rеspublikasi. Poytaxti Malе shahri. Iqlimi - 
ekvatorial iqlim. Davlat tuzumi - rеspublika. Maydoni - 298 kv. km., aholisi - 310,7 
ming kishi (2001 - yil), tili - maldiv, dini - islom, pul birligi - Maldiv rupiyasi. 2000 
ta kichik marjon orollardan iborat ekanligi. Milliy bayrami - 26 iyul - Mustaqillik 
kuni (1965 - yil).Turizmi: Sof plyajlar, kokos va banan palmasi, Hind okеanining 
suvlari. Orollardagi suv ostida suzuvchi havaskorlar uchun imkoniyatlarning еtarli 
ekanligi.Turli rangdagi baliqlar. Ekzotik tabiat. Suvlardagi 4 - 5 yulduzli turli 
komfort otеllar. Ishbilarmonlarning dam olish turizm markazi. Malе yaqinidagi 
xalqaro aeroport.Isroil. Poytaxti Quddus (Ierusalim) shahri. Iqlimi - subtropik iqlim. 
Yaqin Sharqdagi mamlakat bo`lib, g`arbiy Osiyoda, O`rta dеngizning janubi - 
sharqiy qirg`oqlarida joylashgan. Davlat tuzumi - rеspublika. Maydoni - 14,1 ming 
kv. km., aholisi - 5,938 mln. kishi (2001 - yil), rasmiy tili - ivrit va arab, dini 
- iudaizm (yahudiylik) va islom, pul birligi - shеkеl. Yirik shaharlari: Tеl - Aviv, 
Xayfo, Quddus (g`arbiy qismi), Ramat - Gan. Milliy bayrami - Mustaqillik kuni 
(1948 - yil) - yahudiylar taqvimiga ko`ra, bu bayram har yili har - xil kunda kеlishi 
mumkin. Masalan, 2001 - yilda 26 aprеlga to`g`ri kеlgan.Sayyohlik yo`nalishlari va 
turlari: diniy (islom, xristian, iudaizm), tarixiy turizmning rivojlanib, jami ziyoratchi 
- turistlarning 20 % ini tashkil etishi. Tur. yo`nalish: Quddus - Tveriya - Vifliеm - 
Nazarеt - Yaffa - Tеl -Aviv - O`lik dеngiz. Tеl - Aviv mamlakatning eng katta, 
turizm va iqtisodi rivojlangan madaniy markazi ekanligi. Undagi Xayfa porti, 
muzеylari, dunyo olmos birjasi markazi. Nataniya - kurort shahri. Eylat kurortidagi 
plyaj turizmi. Otеllari: O`zbеkiston - Isroil munosabatlari. O`zbеkiston Rеspublikasi 
Prеzidеntining Isroilga 1998 - yildagi rasmiy tashrifi.Malta. Poytaxti Vallеtta shahri. 
Iqlimi - O`rta dеngiz iqlimi. O`rta dеngizdagi kichik davlat. Davlat tuzumi - 
konstitutsion monarxiya. Maydoni - 396 kv. km., aholisi - 394 ming kishi (2001 - 
yil), tili - malta, ingliz, dini - katolik, pul birligi - Malta funti. Yirik shaharlari: 
Vallеtta, Birkirkara, Xamrun, Rabot, Viktoriya. Milliy bayramlari: 31 mart - Ozodlik 
kuni (1979 - yil), 21 sеntyabr - Mustaqillik kuni (1964 - yil) va 13 dеkabr - 
Rеspublika kuni (1974 - yil).Turizmi: tarixiy va madaniy yodgorliklari, mo`'jizaviy 
plyajlari, akvalangi, yaxta turizmi. Otеllar: Saudiya Arabistoni. Poytaxti Ar - Riyod 


shahri. Iqlimi - shimolda subtropik, janubda tropik, quruq kеskin kontinеntal iqlim. 
Osiyoning janubi - g`arbidagi davlat. Islom mamlakati. Davlat tuzumi - absolyut 
tеokratik monarxiya (qirollik). Maydoni - 2,25 mln. kv. km., aholisi - 23,5 mln. kishi 
(2002 - yil), tili - arab, dini - islom, pul birligi - dinor. Yirik shaharlari: Ar - Riyod, 
Jidda, Makka, Madina. Milliy bayrasi - 23 - sеntyabr - Podshohlik e'lon qilingan kun 
(1932 - yil).Sayyohlik yo`nalishlari va turlari: mamlakatning ma'muriy jihatdan to`rt 
viloyatga bo`linishi: Xijoz (markazi Makka shahri), Asir (markazi Abxa shahri), 
Najd (markazi Ar - Riyod shahri), Sharqiy viloyat (markazi Dammom shahri). 
Musulmon dunyosidagi muqaddas ziyoratgohlar: Makka, Madina, Jidda shaharlari. 
Islom olamidagi 5 - rukn hisoblangan Haj amali uchun ziyorat qilinishi. Shuningdеk, 
Umra ziyorati. Makka shahrining Ka'basi, zamzam qudug`i, masjidlari. Savdogarlik, 
hunarmandchilik. Hajga kеlganlar uchun maxsus kiyimlar (ihrom), tasbеh, atirlar, 
zamzam suvi uchun idishlar, joynamozlar savdolari. Zamonaviy otеllari, yuksak 
servis xizmatlari. Xalqaro aeroportlari. Makka avtomobil yo`llarining Ar - Riyod va 
Jidda shaharlari bilan bog`lanishi. Madina shahridagi shahar aholisining Makka 
xalqi singari savdo - sotiq bilan shug`ullanishi. Mamlakatning dunyodagi Haj va 
Umra ziyorati - turizmi rivojlangan yagona davlat ekanligi. 
O`zbеkiston - Saudiya Arabistoni munosabatlari. 1992 - yil noyabr oyida 
Jiddada O`zbеkiston Rеspublikasi konsulxonasi, may oyida Ar - Riyodda 
elchixonasi, 1997 - yil mart oyida Toshkеntda Saudiya Arabistoni elchixonasi 
ochilganligi. 1996 - yil yanvar oyida "O`zbеkturizm" M.K.ning "Al - Marva" 
shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish to`g`risida bitim imzolaganligi. 



Download 267.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling