Umumiy tilshunoslik


TILSHUNOSLIKDA PSIXOLOGIZM TA‘LIMOTI


Download 210.86 Kb.
bet19/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

TILSHUNOSLIKDA PSIXOLOGIZM TA‘LIMOTI

Geyman Shteyntal (1823-1899) - Berlin universiteti professori,
V.Gumboldt va psixolog Iogann Gerbertning shogirdi, psixologizm ta’limotining 
asosiy namoyandasi. Asarlari: “Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti
sifatida” (1850), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1851), “Til qurilishining 
eng muhim tiplari xarakteristikasi”(1860), “Psixologiya va tilshunoslikka
kirish”(1875), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati” (1863). 
Tilshunoslikdaga psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular
tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog‘liq deb 
hisobladilar. Shteyntal ta’limotidagi eng muhim g‘oya nutq, tilni tafakkur quroli,
fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligi, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa 
ekanligini inkor qiladi.

Aleksandr Afanas‘yevich Potebnya (1835-1891)– rus va ukrain filologi,
Rossiyada psixologizm oqimi vakili, Xarkov universiteti professori, Rossiya FA 

muxbir a’zosi. Asosiy asarlari: “Fikr va til” (1862), “Rus grammatikasidan


lavhalar” (4 tom, 1874) . Potebnya tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, 
sintaksis, semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, folklor, etnografiya
bilan shug‘ullangan. U tilni xalq ijodi, mahsuli deb hisoblaydi. Til o‘z ob’ektiv 
qonuniyatlariga egaligini ta’kidlaydi, til hodisalarining sababini psixologiyadan
emas, balki tilning o‘zidan qidiradi. Uning fikricha, til doimiy faoliyatdir, 
so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining bir xalqqa, millatga
tegishliligi bilan belgilanadi. Har qanday so‘z 3 elementdan: tovush, tushuncha va 
ma’nodan tashkil topadi. Potebnya so‘zning haqiqiy hayoti nutqda amalga
oshishini, so‘zning ma’nosi esa faqat nutqda reallashishini ta’kidlaydi va so‘zning
nutqda har gal turlicha ma’no ifodalashini qayd etadi.



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling