Umumiy tilshunoslik
Download 184.92 Kb.
|
YAKUNIY
Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I. Boasning 1939-yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan .Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30-yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi. Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: 1. Praga funksional lingvistika maktabi; 2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi; 3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi. Amerika maktabi.Aynan shu deskriptiv lingvistikani shakllantirdi. Deskriptiv lingvistika matnni har tomonlama tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosida distrubitsiya tushunchasi yotadi. Distrubitsiya muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir. Ushbu qarashlar tilni sistema sifatida o‘rganish, til va nutqni farqlashga qaratilgan hozirgi zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. 14.Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari Navoiyning umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik munosabati to‘g‘risidagi qarashi go‘zal podshoh haqidagi hikoyasida ham yorqin ifodalanadi. Alisher Navoiyning umumiylik va xususiylik, zot va tajallilar munosabatini belgilashi unga tilshunoslikda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash imkoniyatini berdi. Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Shu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlabmashhur nemis olimi Vilgelm fon Gumboldtdan boshlangan va u shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblab kelindi. Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilgelm fon Gumboldt va F. de Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlaganining guvohi bo‘lamiz. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so‘z (til birligi) sohibi ixtisos (so‘zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qiladi. Bundan ko‘rinadiki, imkoniyat va voqelik, umumiylik va xususiylik dialektikasi Gegeldan ancha oldin Alisher Navoiy asarlarida o‘z aksini topgan. Til va nutqning yuqoridagidek farqlanishi ham ana shu dialektikaning tilda namoyon bo‘lishining ko‘rinishidir. Alisher Navoiy falsafasida shakl va mazmun dialektikasi ham markaziy o‘rinni egallaydi.Shakl va mazmun o‘zaro uzviy bog‘liq. Shu bilan birgalikda mazmun shaklga nisbatan birlamchi sanaladi. Shakl va mazmun dialektikasi tilda til va tafakkur dialektikasiorqali namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiy til va tafakkurning o‘zaro chambarchas bog‘liqligini, til fikrni (mahnini) ifodalovchi qudratli vosita ekanligini, ana shu vosita insonni komil insonga aylantirgani, hayvondan judo qilganini e’tirof etadi. Alisher Navoiy so‘zlarda shakl va ma’no dialektikasi haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, ma’lum ma’no turli shakllarda jilva namoyish qilishi, biri orqali o‘lik badanga tiriklik bag‘ishlash, ikkinchisi orqali esa, tirik tanga zahri halokat yetkazish mumkin. Download 184.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling