Umumiy tilshunoslik
Download 184.92 Kb.
|
YAKUNIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari”
- 19. Vilgelm Fon Gumboldtning falsafiy-lisoniy ta’limoti.
- «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish haqida»
- «Yava orolidagi kavi tili haqida»
- «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri»
- Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi
- Tildagi obyektivlik va subyektivlik antinomiyasi
Psixolingvistika. Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi.
Neyrolingvistika. O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi. Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi. Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar, assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar. 19.Vilgelm Fon Gumboldtning falsafiy-lisoniy ta’limoti. Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo‘lgan Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi. Vilgelm fon Gumboldtning tilga oid bilimi nihoyatda keng bo‘lib, ulkan olim nafaqat hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari – bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (hindular) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma’lumotga ega edi. Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish haqida» degan mavzuda ma’ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma’ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti bo‘lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. Shuningdek, olim ma’ruzasida qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning tipologik-qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo‘lib chiqadi. U o‘zigacha bo‘lgan, ya’ni har bir tilning o‘ziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan, barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani – Por-Royal grammatikasini inkor qiladi. Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani – fikrni ifoda etishning, yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi. Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o‘zining eng muhim uch tomli «Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu asar uning vafotidan so‘ng akasi A. Gumboldt tomonidan 1836-1840-yillarda nashr qilindi. Vilgelm fon Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan bog‘liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri» deb nomlanib, turli tillarga tarjima qilindi. 1859-yilda rus tiliga o‘girildi. Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida o‘zining tilga bo‘lgan nazariy-falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab o‘zaro qarama-qarshi xususiyatlardan iborat ko‘p jihatli hodisa ekanligini qayd etadi. Gumboldt tilni mukammal o‘rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, o‘ziga xosligini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya’ni o‘zaro zid, qarama-qarshi qo‘yish usulini qo‘llaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta’limotlarni, g‘oyalarni yaratadiki, bu ta’limot va g‘oyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangidan yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondosh hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog‘liq jarayonlarning o‘zaro dialektik munosabatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Xullas, Gumboldtning tilni o‘rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Gumboldtning til antinomiyasi (o‘zaro zidligi va birligi) quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. 2. Til va tafakkur antinomiyasi. 3. Til va nutq antinomiyasi. 4. Nutq va tushunish antinomiyasi. 5. Til holati va taraqqiyoti antinomiyasi. 6. Tildagi obyektivlik va subyektivlik antinomiyasi. 7. Fikrni obyektivlashtirish va fikrni rag‘batlantirish antinomiyasi. 20.Tipologiya. Flektiv tillar. Hind-Yevropa tillari oilasi. tillar oʻrtasida genetik munosabatlardan katʼi nazar, ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy urganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan Lingvistik tipologiya tillardagi farqli va uxshash alomatlarni guruxlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yuli bilan tatbiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga kura, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va sturuktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi amorf (affikslari bulmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik shakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semanik, fonologik, grammatik va stilistik satxlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va, binobarin, tilning har bir sathiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va qad. tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning ichida (baʼzan unga maʼnodosh qoʻllanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni oʻrganadi. Tillarning hozirgi holatini qiyoslash sinxronik tipologiya ga tegishlidir. Lingvistik tipologiya kengmi-qyosda tillar universaliyalari bilan bogʻlanadi Download 184.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling