Umumiy tilshunoslik


Strukturalizmning quyidagi maktablari


Download 184.92 Kb.
bet19/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YAKUNIY

Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi:
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
Kopengagen strukturalizmi
Kopengagen strukturalizmi XX asrda – 30 yillarning boshlarida Daniyada tashkil topdi. Tilshunoslikdagi bu yo‘nalish glossematikadeb ham ataladi.
Kopengagen strukturalizmining asoschisi Lui Yelmslev (1899-1965) bo‘lib, o‘zi yaratgan maktabga 1936 yilda glossematika nomini berdi. Bu bilan olim tilga, til hodisalariga avvalgi tilshunosliktadqiqotchilardan farqli yangicha nuqtayi nazardan yondashayotganligini alohida qayd etadi.
Kopengagen strukturalizmining - glossematikaning nazariy asoslari L. Yelmslevning «Umumiy grammatika prinsiplari» (1928), «Kelishik kategoriyasi» (1935,1937), «Til va nutq» (1942) va, ayniqsa, «Lingvistik nazariya asoslari» (1943) kabi asarlarida bayon qilinadi. Daniyalik V.Bryondal, X. Uldallar ham glossematika maktabining vakillari hisoblanadi.
Glossematiklarda til sinxron – hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o‘ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Ular «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o‘zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo‘lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal ta’limotni yaratmoqchi bo‘ladilar. Shunday qilib, «munosabatlar lingvistikasi» birinchi o‘ringa qo‘yilib, real tillar, ularning tovush materiyasi va mahno masalasi ikkilamchi hodisalar deb qaraladi”.
L. Elmslev F. de Sossyurning til va nutq antinomiyasiga munosabat bildirar ekan, u nutqni individual jarayon (akt) sifatida tushunib, unga sxema – til sxemasi, norma – til normasi (me’yori) va uzus – til uzusini zid qo‘yadi.
L. Elmslev konkret, individual nutq aktining til uzusi bilan yaqindan bevosita aloqada ekanligini, uning til uzusi bilan tilning moddiy jihatini tashkil qilishini alohida qayd etadi.
Glossematiklarning g‘oyaviy rahbari L. Elmslev F. de Sossyur ta’limotidagi ifodalanuvchi va ifodalovchi antinomiyani – ushbu terminlarni mazmun plani va ifoda plani terminlari bilan almashtiradi.
Ifoda plani termini ostida tilning tashqi, tovush tomoni tushuniladi.
Mazmun plani termini ostida esa tilda o‘z ifodasini topuvchi, ifodalanuvchi fikrlar, g‘oyalar tushuniladi.

28.Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi.
Javob: Yevropada Uyg‘onish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda insoniylik g‘oyalari, milliy o‘zini anglash, san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqish, fanga bo‘lgan jiddiy qarash, e’tibor kuchaydi, o‘sdi. Sharq tillarini, ayniqsa, semit tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi, semit filologiyasi maydonga keldi. Bu davrda barcha tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bo‘lishi bitta grammatika bo‘lishi kerak degan ta’limot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi maydonga keldi va Parij atrofidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslolar «Umumiy ratsional grammatika» asarini fransuz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar.
Por-Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratildi. Ammo u qiyosiy yoki chog‘ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy-tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o‘z oldiga «barcha tillarga xos umumiy prinsiplarni va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini» aniqlash vazifasini qo‘yadi.
Por-Royal grammatikasida birinchi bor grammatika bilan mantiq o‘rtasidagi aloqa, bog‘lanish nazariy jahatdan asoslab berildi. Agar til tafakkurni ifoda etsa, demak, til kategoriyalari tafakkur kategoriyalarining namoyon bo‘lishidir. Shunga ko‘ra tilni o‘rganuvchi grammatika mantiqqa asoslanishi lozim. Grammatika ratsional, mantiqli bo‘lishi kerak. Mantiq barcha uchun yagona, bitta ekan, binobarin, grammatika ham umumiy va universal bo‘lishi lozim. Yagona grammatika alohida tilning grammatikasi bo‘lishi mumkin emas, u faqat umumiy bo‘lishi mumkin, degan g‘oyalar, ko‘rsatmalar ilgari surildi.
Por-Royal grammatikasi ikki qismdan – fonetika va grammatikadan iborat bo‘lib, olti bobdan tashkil topgan brinchi qismda tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘inga ajratish kabilar haqida ma’lumotlar beriladi. Grammatikaning yigirma to‘rt bobdan iborat ikkinchi qismining yigirma uch bobida esa morfologiya masalalari – ot, sifat, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, bog‘lovchi, undov – ularga xos xususiyatlar, kategoriyalar; faqat oxirgi yigirma to‘rtinchi bobida esa sintaksis masalalari – so‘z birikmasi va gap kabilar haqida fikr yuritiladi.
Mantiqiy grammatika yohud grammatikadagi mantiqiy yo‘nalish so‘zsiz fikr (ma’no), fikrsiz (ma’nosiz) so‘z yo‘qligi tushunchasidan kelib chiqib, grammatik va mantiqiy kategoriyalarni – so‘z bilan tushunchani – ularni aynan bir narsa deb biladi.
mantiqiy (yoki falsafiy, ratsional) grammatika ayni bir mazmunning turli tillarda turli vositalar bilan ifodalanishini hisobga olmadi. Shuningdek, ushbu grammatika ifoda vositalarining qonun va kategoriyalari har xil bo‘lishi mumkinligini tushunmadi. Mantiqiy grammatika tilga o‘zgarmaydigan, bir xilda turuvchi hodisa sifatida qarab, ayni grammatika har doim mantiq qoidalariga bir xilda mos keladi, deb hisoblaydiki, bunda g‘ayri tarixiylik mavjuddir.
Aytilgan kamchiliklarga qaramasdan Por-Royal grammatikasi o‘z davri uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ya’ni asar shu tipdagi qator grammatikalarning yaratilishi uchun asos bo‘ldi, xizmat qildi.
O‘z davrida katta shuhratga ega bo‘lgan falsafiy-mantiqiy grammatika o‘zigacha yaratilgan grammatikalar kabi ilmiy grammatikagacha bo‘lgan grammatika sifatida baholanadi.

30.Tilshunoslikda strukturalizm yo’nalishi. Praga maktabi.
Javob: Praga funksional lingvistika maktabi
Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926-yilda Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929-yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10-yil mobaynida muntazam nashr qilingan “Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953-yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vilyam Matezius (1882-1945), Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, slavyanist va fonolog Nikolay Sergeevich Trubetskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi. Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy elementlar grammatik obyekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb bo‘linishda so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi.
29.O`rta Osiyo tilshunosligining rivojlanishi. Alisher Navoiyning lingvistiк qarashlari.
Жавоб:УРТА ОСИЁДА ТИЛШУНОСЛИК. Урта Осиёлик машхур алломаларнинг жахон маданияти,маърифати-илм-фанига кушган хиссаси улкандир. Жахон танолган буюк алломалар: Абу Наср Форобий, Абу Райхон Беруний, Абу Али ибн Сино, Махмуд Кошгарий, Махмуд аз- Замахшарий, Алишер Навоий, Мирзо Мехдихон ва бошкаларнинг тилшунослик фани тараккиётидаги хизматлари каттадир.
Урта Осиёнинг XV асрнинг иккинчи ярмидаги буюк мутафаккири, алломаси, шеърият султони, узбек адабий тилининг хомийси ва таргиботчиси Алишер Навоий (1441-1501) хазратлари тилшунослик тарихида хам ёркин из колдирган улкан сиймолардан биридир.
Алишер Навоийнинг лисоний карашлари, асосан, «Мухокамат ул-лугатайн» (1499) асарида уз ифодасини топган.Икки тил - узбек ва форс тилларининг киёсий (солиштирма) тахлилига багишланган ушбу асарда Алишер Навоий турли тил оилаларига мансуб булган тилларнинг умумий ва фаркли томонлари, белги-хусусиятларига тухталади, уларни тахлил килади, мухим маълумотлар беради.
Навоий асарда фонетик система хакида фикр юритар экан, айни системанинг курилиш аъзолари булган товушлар хакида, Товушларнинг артикуляцион хусусиятлари хакида маълумотлар беради, узбек тили товушларининг кулланилишидаги узига хосликларини алохида кайд этади.Масалан, товуш ва харф муносабати хакида фикр юритилар экан, улар бир-бирига хамма вакт хам мос келмаслиги, бир харф билан бир неча товушни англатиш мумкинлиги айтилади.

  • Алишер Навоий морфологияга оид фикрларни баён килар экан, асосий, етакчи суз туркуми сифатида, максадга тула мувофик, феълларга мурожаат килади. Феъл бирликларнинг маъно жихатдан, шакл ва кулланиши жихатдан эски узбек адабий тилининг узигагина хос, яъни форсийда учрамайдиган хусусиятларини, зукко тилшунос сифатида, пухта тахлил килади. Аникроги, у феълларнинг нисбат билан боглик томонларига алохида эътибор берар экан, феълнинг узлик, орттирма ва биргалик нисбатларини, равишдош шаклини, кумакчи феъл ёрдамида тузилган мураккаб феълларни кайд этади4.Навоий феълнинг орттирма нисбат шакли хакида фикр юритар экан, айни нисбат тушунчаси -т кушимчаси оркали хосил булишини айтади, катор мисоллар келтиради. Киёсланг: ю г у р т, я ш у р т, ч и к а р т1 ва бошкалар.


  • 31.Til – belgilar sistemasi sifatida. Lingvosemiotika.

  • Til kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma’lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo‘llari ham borligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o‘zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma’lum narsa-hodisalar haqida ma’lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.

  • Inson o‘zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.

  • Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir.

  • Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.

  • . Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).




  • 32.Qadimgi xitoy tilshunosligi.

  • Qadimgi Xitoy tilshunosligida yozma manbalar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bizning kunlarimizgacha yetib kelgan Xitoy yozuvining eng qadimiy yozma yodgorliklari eramizgacha bo‘lgan XIII-XI asrlarga borib taqaladi. Ushbu yozma yodgorliklar hayvon (qo‘y) suyaklari va toshbaqa qalqonlari bo‘lib, ularda fol ochish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Bu qadimgi «manbalar» Xitoy tilshunosligi tarixida va taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.

  • Xitoy madaniy taraqqiyotiga hind madaniyatining ta’siri natijasida (Ya’ni Xitoyga Hindistondan buddizmning kirib kelishi sababli) hind tilshunosligining ta’siri bilan Xitoy tilshunoslari ona tillarining fonetik-prosodemik hodisasi – intonatsiyaning to‘rtta turini ishlab chiqdilar. Xitoy tilshunoslari tomonidan, ayniqsa, xan davrida (bizning eramizgacha bo‘lgan 206 – eramizning 220 yillari) leksikologiya, leksikografiya, iyeroglifika, fonetika, grammatika va dialektologiya masalalariga katta e’tibor berilgan.

  • Ushbu davrning eng buyuk tilshunosi Syuy Shen «Elementlar va murakkab belgilar haqida» asari bilan yozuv nazariyasining asoslarini yaratdi. Bu manba Xitoy tilshunosligida shu kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

  • Xitoy tilshunosligi, ayniqsa, XVII-XIX asrlarda keng quloch yoydi. Bu davrlarda tarixiy fonetika, etimologiya va sintaksisga (sintagmaga) oid faktlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, tanqidiy matnshunoslik taraqqiy qildi. Xitoy tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ota-bola Van Nyang – Sung (1744-1832) va Van In-Chji (1766-1834) Xitoy grammatikasining asoschilari sifatida tan olinadi. Xitoy tilshunoslari so‘z masalasida mustaqil so‘zlarni va yordamchi so‘zlarni farqlaganlar. Mustaqil so‘zlarni ot, sifat va fe’l turkumiga ajratganlar.

  • Yangi davr tilshunosligining yirik vakili tadqiqotchi Chjan Bin-Lin (1869-1936) bo‘lib, u Xitoy tilining me‘yoriy va tarixiy fonetikasi, dialektologiyasi masalalarini ishlab chiqdi. Shuningdek, u fonetik yozuv loyihasini ham tuzdi.

  • Umuman olganda, Xitoy tilshunosligining asosiy yo‘nalishi, ayniqsa, o‘rta asrlarda fonetika (yoki fonologiya) hisoblangan. Xitoy yozuvi ideografik yozuv bo‘lib, har bir belgi so‘zga yoki o‘zakka muvofiq keladi. Fonetik jihatdan esa har bir belgi bo‘g‘inga to‘g‘ri keladi. Aslida amaliy jihatdan barcha o‘zaklar bir bo‘g‘inlidir.

  • XVII-XVIII asrlarda Xitoyda fan – tarixiy fonetika katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar Xitoyda tasviriy fonetika poetika bilan bog‘langan bo‘lsa, tarixiy fonetika qadimgi matnlarni sharhlashda yuzaga kelgan ayrim masalalarga javob berish bilan shug‘ullandi.

  • Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi Xitoy klassik tilshunosligining qo‘lga kiritgan muhim yutug‘i hisoblanadi. Bu jahon tilshunosligi fanida dastlabki yo‘nalish sifatida butunlay tarixiylik prinsipiga asoslangan bo‘lib, o‘z oldiga bevosita kuzatishda berilmagan tilning o‘tmish «shakli», holati bilan bog‘liq hodisalarni, faktlarni tiklash maqsadini qo‘yadi. Ayni jarayonning metodlaridan va qo‘lga kiritgan natijalari, yutuqlaridan hozirgi kunlarda ham foydalanilmoqda.

  • 33.Til va nutq birliklari.

  • Til birliklar haqida ma’lumot:

  • 1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan, reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan qiyofasi esa variantdir.

  • 2. Morfema – tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti – morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan, tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi.

  • 3. Leksema – morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va mazmunning uyg‘unligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, ifoda tomoni nomemalar, ma’no-mazmun tomoniga denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material hisoblanadi.

  • Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar

  • 1. Tovush – nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy shakllanga asosi. Tovush til birliklari – morfema, leksemalarning moddiy qobig‘i, ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik, akustik, fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi hodisa va fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va ijtimoiy vazifani bajaradi.

  • 2. So‘z – nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash funksiyasi) va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi.

  • 3. So‘z birikmasi – leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z orasidagi oraliq nutqiy birlik – nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ – atash vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va kengro mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar o‘zaro tobe-hokim munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z valentligi – so‘zlarning birikuvchanlik imkoniyati yotadi.

  • 4. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap grammatik, intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan birlik. Ayni paytda gapda borliqga munosabat – modallik ham ifodalanadi.

  • 34.Semiotika va lingvosemiotika.

  • Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan

  • bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.


  • Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi – alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.

  • Sun’iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.

  • Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar, harakatli belgilar sifatida muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga moslashtirilgan Morze, Brayl alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).

  • 35.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari.

  • Umuman, XIX asr tilshunoslikda muhim o‘zgarishlar, burilishlar yuz bergan hamda tilga yangicha yondashishga turtki bergan, tilshunoslik fanining mustaqil fan sifatida e’tirof etilishiga olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu davr tarixiy jihatdan to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:

  • 1.Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha bo‘lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870).

  • 2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890).

  • 3. Yosh grammatikachilar davridan to Ferdinand de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o‘qib, mahnosini ochib berishgacha bo‘lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o‘n yilligi).

  • 4. Ferdinand de Sossyur g‘oyalaridan bizning davrimizgacha bo‘lgan davr.

  • Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy-tarixiy metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos solindi. Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi. XIX asrning ikkinchi o‘n yilligining o‘rtalaridan to‘rtinchi o‘n yillikning oxirlarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

  • XVII asr tilshunoslari ratsionalistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por-Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va “universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm – aql).

  • 36.O‘rta Osiyoda tilshunosligi. Ibn Sino ta’limoti.

  • Ibn Sino qomusiy bilim egasi. U, eng avvalo, dunyoga tengi yo‘q tabib sifatida tanildi. Ibn Sinoning «Qonun fi-t-tib» kitobi asrimiz boshlariga qadar Yevropaning eng nufuzli universitetlarida asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilib kelindi.

  • Tibbiyotda shuhrat qozongan buyuk hakim boshqa fan sohalarida ham katta meros qoldirdi. O‘rta asrlar fanining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk faylasuf fanning turli sohalarida qalam tebratib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan qomusiy olim sifatida faqat Sharqdagina emas, balki G‘arbda ham ma’lum va mashhur bo‘ldi.

  • Uning ilmdagi buyuk xizmatlariga mahliyo bo‘lgan Mikelanjelo: «Boshqa olimlarni ma’qullab haq bo‘lgandan ko‘ra, Galen va Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir», - degan edi. Ibn Sinoning lingvistikaga doyr «Asbobi xudut al xuruf» asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o‘ziga rom qilib keladi. Bu asar bizgacha bir necha qo‘lyozmalar orqali yetib kelgan. Ulardan eng eskisi hijriy 569 (milodiy 1173) yilda, so‘nggisi esa hijriy 1182 (milodiy 1768) yillarda ko‘chirilgan.

  • Ibn Sino hayoti va ijodi bilan shug‘ullangan Abu Ubayda Juzjoniyning ta’kidlashicha, mazkur asar hijriy 415 (milodiy 1024) yilda Tehronda yozilgan.

  • Hozirgacha Yuqoridagi risolaning to‘rt nashri mavjud:

  • 1. Qohira nashri. Muhibiddin al-Hatib tomonidan ikki qo‘lyozma nusxasi asosida – Britaniya muzeyi (1182-1768) va Teymur (Misr) kitob omboridagi qo‘lyozmalar asosida nashr etilgan. Lekin bu nashr ilmiy apparati nuqtai nazaridan ancha past, shu bilan birgalikda ko‘p noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan qo‘lyozmalarga tayanganligi uchun ilmiy jamoatchilik o‘rtasida keng ommalashmadi.

  • 2. Qohira nashridan 40 yildan ortikroq muddatdan so‘ng 1954-yilda Tehronda professor Parviz Natel Xanzariy tomonidan ikkinchi nashri e’lon qilindi. Bu nashr e’tiborli qo‘lyozmalarga asoslanganligi va ilmiy apparatning yuksakligi bilan birinchisidan ajralib turadi.

  • 3.Tiflis nashri (1968) gruzin filologi V.G. Axvlediani tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda matnning ruscha tarjimasi va bu asarning ilmiy talqini ham beriladi.

  • 4. Toshkent nashri o‘zbek tilshunoslari A.Maxmudov va Q.Mahmudovlar tomonidan tayyorlangan.

  • Biz Ibn Sinoning lingvistik qarashlariga baho berishda, asosan uchinchi va to‘rtinchi nashrga tayanamiz. Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag‘ishlangan bo‘lsa ham, lekin ko‘p o‘rinlarda, ayniqsa, V bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham qo‘llaniladi. Shuning uchun ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibavayhiy singari o‘ziga qadar bo‘lgan filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi.

  • «Asbob» asari arab tilshunosligi an’anasidan yana shu bilan farqlanadiki, unda fonetik o‘zgarishlar masalasi ko‘rilmaydi. Tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o‘rganiladi. Shuning uchun bu fonetika sof sinxron fonetika hisoblanadi.

  • Asarning arab tilshunosligidagi boshqa asarlardan yana bir farqli jihati shundaki, unda artikulyatsiya tomonidan yaqin bo‘lgan va akustik belgisiga ko‘ra farqlanuvchi undoshlar o‘zaro zidlangan holda o‘xshash va farqli belgilari ochiladi. Masalan, k-g, q-g‘ kabi.

  • Bu shuni ko‘rsatadiki, N.S. Trubetskoydan bir necha asrlar oldin Markaziy Osiyo filologlari tomonidan korrelyator undoshlar ajratilgan va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilgan.

  • Ibn Sino asarida yana bevosita kuzatishda turli o‘zgarishlar bilan talaffuz qilinuvchi variant bilan bu variantning abstrakt bosqichdagi umumlashmasi (invarianta) farqlanadi. Xususan, g-g/ 1-G tovushlari bir umumiylikning ikki xil ko‘rinishi ekanligini bayon qiladi.

  • Ibn Sinoning «Asbob» asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish qismida uning yozilish sabablari, an’anaga ko‘ra kimning sharafiga yozilganligi bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umarga bag‘ishlangan. Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi:

  • 1. Tovushning paydo bo‘lish sabablari haqida.

  • 2. Nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari haqida.

  • 3. Bo‘g‘iz va tilning anatomiyasi haqida.

  • 4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida.

  • 5. Bu tovushlarga o‘xshash nutq tovushlari haqida.

  • 6. Bu tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda eshitilishi.

  • Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo bo‘lishi haqida fikr yuritiladi. Muallifning bu masaladagi bayon qilgan fikri bugunga qadar ham deyarli o‘zgarmagan holda takrorlanib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, har qanday tovush havoning to‘lqinsimon tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan to‘qnashuvi (qar) yoki bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi (qal) muhim rol o‘ynaydi. Har ikki holda ham havoning to‘lqinsimon tebranishi ro‘y beradi. Ikki jismning to‘qnashuvi jarayonida to‘qnashuvchi jismlar havoni qisib, muayyan kuch va tezlik bilan harakat yo‘nalishi tomon tezroq fazoni bo‘shatishga majbur qiladi. Bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi natijasida ham uzilayotgan jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan fazoni bo‘shatishga majbur qiladi.

  • Har ikki holda ham uzoqlashayotgan havo shakl va to‘lqinni hosil qilishi lozim bo‘ladi. To‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan to‘lqin uzilish natijasida hosil bo‘lgan to‘lqindan kuchliroq tarqaladi. Ko‘rinadiki, tabiatdagi tovushlarning qanday paydo bo‘lishini Ibn Sino birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab beradi.

  • Muallif fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va har ikkisi uchun alohida-alohida atama qo‘llaydi. Birinchisi «savt», ikkinchisi esa «harf» atamasi orqali nomlanadi.

  • Uning fikricha, savt va harf paydo bo‘lishiga ko‘ra o‘zaro umumiy va shu bilan birga, o‘ziga xos belgilarga ega. Umumiyligi shundaki, har ikkisi jismning qisilishi yoki ochilishi natijasida havoning tebranishi tufayli hosil bo‘ladi. O‘ziga xos tomoni shundaki, harf nutq organlari tomonidan talaffuz qilinadi. Asarda ta’kidlanishicha, harf – bu balandlik va ton bo‘yicha o‘xshash tovushlarning eshitilish jihatidan bir-biridan farqlanuvchi turidir.

  • Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko‘rsatib o‘tadi:

1. Ko‘krak qafasida paydo bo‘ladigan diafragma va ko‘krak muskullari orqali harakatga keladigan havo to‘lqini.
2. Havo to‘lqinining nutq organlarining turli nuqtasida to‘siqqa uchrashi.
3. Tovushga turlicha tembr ottenkasi beradigan va turli akustik belgi (masalan, dinai «aks sado», gunna «nazallik») hosil qiladigan rezonator. Ibn Sino ko‘rsatgan yuqoridagi uch jihat bugunga qadar fonetikaga bag‘ishlangan asarlarda takrorlanib kelmoqda.
Ibn Sino o‘z risolasida nutq organlaridan bo‘g‘iz va til haqida batafsil ma’lumot beradi. Bo‘g‘iz (hangara) uch tog‘aydan (gudruf) iborat ekanligi ko‘rsatiladi: 1) qalqonsimon (ad-daragi, at-tursi); 2) nomsiz (adim al-ism, al-ladi la smi ladu); 3) cho‘michsimon (attargahali, at-targahari). Asarda bo‘g‘izning quyidagi harakatlari ko‘rsatiladi:
1. Bo‘g‘izning torayishi. Nomsiz tog‘ay qalqonsimon tog‘ayga yaqinlashib, unga qisilishi natijasida bo‘g‘izning torayishi ro‘y beradi.
2. Bo‘g‘izning kengayishi. Nomsiz tog‘ay qalqonsimon tog‘aydan uzilib, uzoqlashishi natijasida yuzaga chiqadi.
3. Bo‘g‘izning yo‘ilishi. Cho‘michsimon tog‘ayning qalqonsimon tog‘ay ustiga yo‘ilishi natijasida ro‘y beradi.
4. Bo‘g‘izning ochilishi. Cho‘michsimon tog‘ayning qalqonsimon tog‘aydan uzilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Xullas, Ibn Sino dunyoning beqiyos tabibi, haccoc shoir, ulkan musiqashunos, yirik faylasuf, fiziolog olim bo‘lishi bilan birga, arab, fors, turk, lotin, sug‘d tillarining bilimdoni, ajoyib tilshunos ham edi. Uning umumiy fonetikaga doyr bildirgan fikrlari hozir qam o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Ibn Sino dunyo tilshunosligida fonetika va fonologiyaning rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan tengi yo‘q olimdir.

  • 37.Komparativistika. Frans Bopp ta’limotlari.

  • 38.Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga maktabi.

  • 39.Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika.

  • 40.Arab tilshunoslari. Sibavayxiy.

  • 41.O’rta Osiyo tilshunosligi. Zamaxshariyning lingvistik qarashlari.

  • 42.Abu Rayhon Beruniyning lingvistik qarashlari.

  • 43.Vilgelm fon Gumboldtning lingvistik qarashlari. Til va tafakkur antinomiyasi.

  • Yunon tilshunosligi: falsafiy va grammatik davr.

Kafedra mudiri: R.U. Madjidova
Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling