Erkin va erksiz moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi
Texnikada erksiz (bog`lanishdagi) moddiy nuqta harakatini tekshirishga doir ko`plab masalalarni yechishga to`g`ri keladi. Bunday hollarda nuqtaga qo`yilgan bog`lanish uni qo`zg`almas sirt yoki chiziqustida harakat qilishga majbur etadi. Erksiz moddiy nuqta harakatiga doir masalalarni yechishda mazkur nuqta bog`lanishdan qutqarilib, qo`yilgan bog`lanish reaksiya kuchi bilan almashtiriladi. Natijada moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi quyidagicha yoziladi: ma = F+N Bunda: N - bog`lanish reaksiya kuchi.
51.Dinamikaning birinchi masalasini yechish.
Moddiy nuqta dinamikasining birinchi asosiy masalasini yechish
Moddiy nuqtaning harakat qonuni ma’lumbo`lsa, dinamikaning birinchi masalasini yechish juda oson. Bu masala quyidagi tartibda yechiladi:
1. Agar masala shartida sanoq sistemasi berilmagan bo`lsa, u tanlab olinadi.
2. Moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi kuchlar rasmda tasvirlanadi.
3. Agar nuqta bog`lanishda bo`lsa, u bog`lanishdan qutqariladi va bog`lanish reaksiya kuchlari rasmda ko`rsatiladi.
4.Tanlab olingan sanoq sistemasida moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari tuziladi.
5. Berilgan harakat qonunidan foydalanib moddiy nuqta tezlanishining tanlab olingan sistemadagi proyeksiyalari aniqlanadi.
6. Tezlanishning topilgan proyeksiyalari differensial tenglamalarga qo`yilib noma’lum kuch aniqlanadi.
52Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari.
Javob.mw=F+N+Фe+Фk tenglama moddiy nuqta nisbiy xarakati dufferensial tenglamasining vektorli ko’rinishi deyiladi.Bu tenglamaning ikkala tomonini qo’zg’aluvchi sanoq sestimasining koordinata o’qlariga proeksiyalab nuqta nisbiy xarakati defferinsial tenglamalarining koordinata o’qlariga ifodasini olamiz.
mx=Fx+Nx+Фуx+Фkx my=Fy+Ny+Фey+Фky mz=Fz+Ny+Фez+Фkz
Demak nisbiy xarakatdagi moddiy nuqta xarakatining defferinsial tenglamasini tuzishda moddiy nuqtaga tasir etuvchi berilgan kuch va reaksiya kuchlari qatoriga ko’chirma va Koriolis inirsiya kuchlari xam qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |