Umumiy tushunchalar


CD va DVD disklar bilan ishlash


Download 66.5 Kb.
bet4/5
Sana04.05.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1424472
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

2.2. CD va DVD disklar bilan ishlash
CD yoki DVD disklar bilan ishlash deganda:
1) bu disklarni kompyuterdagi CD-ROM yoki DVD-ROM larga qo‘yib, ulardagi ma’lumotlarni o‘qish va kompyuterga yozish;
2) bu disklarga kompyuterdan ma’lumot yozish amallari tushuniladi.

1-amalni bajarish uchun CD diskni kompyuterga qo‘yish kifoya. Disk mundarijasi avtomatik ravishda muloqot oynasida namoyon bo‘ladi va uni odatdagidek ishlatish mumkin.


2-amalni bajarish uchun 2 ta narsaning mavjud bo‘lishi talab etiladi:
1) kompyuterda CD-R/Writer yoki DVD-R/Writer o‘rnatilgan bo‘ishi lozim;
2) sistemaga esa Nero, Alcohol kabi dasturlardan biri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.


2.3. Tashqi xotira qurilmalari
Tashqi xotiralari qurilmalariga asosan quyidagilar kiradi:
1) HDD
2) CD yoki DVD
3) Flash disk
4) USB HDD
Bu disklardan faqat bittasini formatlab bo‘lmaydi: CD yoki DVD. Maxsus dasturlar orqali ulardagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin, agar bu disklar CD-RW yoki DVD-RW turga tegishsli bo‘lsa.


2.4. Ichki xotira qurilmalari
Ichki xotiralari qurilmalariga asosan quyidagilar kiradi:
1) RAM (Tezkor xotira)
2) ROM (Doimiy xotira)
3) Kesh xotira


3.1. Sichqoncha nima?
Sichqoncha – bu kompyuterga matn va grafik ko‘rinishdagi axborotlarni kirituvchi hamda muloqot interfeysini qulay usulda amalga oshirishda yordam beruvchi, manipulyatorlar oilasiga tegishli qo‘shimcha qurilmadir.


Izoh: Interfeys (Eng: Interface = Inter + Face – “O‘zaro yuzma-yuz”; Rus: Интерфейс)


3.2. Sichqoncha yordamida qanday harakatlar bajariladi?
(sichqonchaning qanaqa hodisalari mavjud?)
1. Select – obyektni belgilab olish (ajratish);
2. Click – chap tugmasini bir marta chiqillatish;
3. DoubleClick – chap tugmasini qo‘shchiqillatish;
4. RightClick – o‘ng tugmani bir marta chiqillatish;
5. Drag and Drop – Obyektni ilintirish va sudrash;
6. Mouse Down – chap tugmani bosib turish;
7. Mouse Up – bosib turilgan chap tugmani qo‘yib yuborish;

Izoh: Click = Down + Up;


8. Scrolling – o‘rtadagi rolikni aylantirish.





Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling