Umumiy tushunchalar


Monoblok kompyuterlar qanaqa bo‘ladi?


Download 66.5 Kb.
bet2/5
Sana04.05.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1424472
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

1.4. Monoblok kompyuterlar qanaqa bo‘ladi?
Monoblok kompyuterlar xuddi bitta monitor kabi tuzilmalashtirilgan bo‘lib, uning barcha qismlari shu monitor tarkibida joylashtirilgan. Lekin, unga qo‘shimcha ravishda klaviatura hamda sichqoncha yoki boshqa kerakli qurilmalarni USB-port orqali ulash mumkin.


1.5. Portativ kompyuterlar qanaqa bo‘ladi?
Portativ (ko‘chma) kompyuterlar noutbuk, ultrabuk, netbuk, planshet, transformer-planshet, smartfon va hokazo ko‘rinishlarda bo‘ladi.


1.6. Klaviatura haqida ma’lumot
Klaviatura deganda, kompyuterga faqat matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni kirituvchi va buyruq tugmalarni boshqaruvchi maxsus klavishlar to‘plamidan iborat elektro-mexanik qurilma tushuniladi.
Klaviatura 2 xil bo‘ladi: fizik va mantiqiy (virtual). Mantiqiy klaviaturani “ekran klaviaturasi (Screen Keyboard)” deb ham atashadi.


1.7. Klavishlarning nomlari to‘liq qanaqa talaffuz etiladi?
Esc (Escape) - berilgan oxirgi buyruqni bekor qilish va biror amaliy dasturdan chiqib ketish.

Tab (Tabulation) – 1) Windows muloqot oynalarida buyruq tugmadan buyruq tugmaga ko‘chishni ta’minlaydi (yo o‘ngga qarab yoki pastga qarab); 2) matn muharrirlarida hujjatga abzas qo‘yishni ta’minlaydi; 3) ro‘yxat tuzishda ichma-ich bandlarni hosil qilish uchun ishlatiladi.


CapsLk (Caps Lock) – faqat yuqori registr belgilarini yozish uchun xizmat qiladi.


Ctrl (Control) – boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi.


Alt (Alternative) – 1) muayyan klavishning o‘ziga tegishli funksiyasini o‘zgartiradi; 2) [Ctrl] kabi boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi; 3) kursorni menyu satriga ko‘chiradi.


WinKey – Windows bosh menyusini ekranga chaqiradi.


Probel (Space) – o‘ng tomondan bo‘sh joy ajratadi.


Context menu (Application) – belgilangan obyektning kontekst menyusini hosil qiladi



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling