Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Tug‘ma va individual xatti-harakat. U.Djeymsning instinktlar nazariyasi


Download 0.74 Mb.
bet19/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Tug‘ma va individual xatti-harakat. U.Djeymsning instinktlar nazariyasi
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo‘qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak, instinkt bu nasldan naslga hech qanday o‘zgarishsiz o‘tadigan tug‘ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida etakchi ahamiyat kasb etadi, Masalan, qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar etakchi o‘rin egallaydi faqat asta-sekinlik bilan individual o‘zgaruvchan xatti-harakatlarga o‘rnini bo‘shata boshlaydi. Agar yomg‘ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u harakat qilishi ma’lum. YOmg‘ir chuvalchangi o‘yini qishda issiq tutishi uchun va oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini olib kirar ekan. Tadqiqotchilar shuni kuzatishdiki yomg‘ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu xatti-harakatni ko‘rganlar u aqlli xatti-harakat qilayapti degan fikrga borishlari mumkin. Bu xatti-harakat formalarining murakkabligi nimadan iboratligini kuzatganimizda, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki evolyusiya jarayonida qandaydir noma’lum yo‘llar bilan hayvonlarning yashashi uchun shart-sharoit yaratiladi, bunda ularning tana shakllari, yashash sharoitlari hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng maqbul asbob hisoblanadi. asalarining tumshug‘i esa asal yig‘ish uchun eng maqbulidir. Har bir qumursqalarning xatti-harakati yashash uchun eng maqbul holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning fikriga ko‘ra bu evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan hisoblanadi. Ularning nasl qoldirishga bo‘lgan xatti-harakatida ham instinkt formalarini kuzatishimiz mumkin, Masalan, chivinlar o‘z tuxumlarini suvga qo‘yadilar, agar ular quruq joyga tuxumlarini qo‘ysalar tuxumlar nobud bo‘lishlari mumkindir. Ipak qurti o‘z ipagini katta qilib o‘raydi, chunki bunda uning kapalagi o‘sha joyda harakatlana olishi kerakdir. Oddiy ari tuxumini chuvalchangga qo‘yadi bunda u chuvalchangni etakchi gangliyasini zararlab, tuximini qo‘yada bu holatda chuvalchang halok bo‘lmaydi, balki arining bolasiga em bo‘ladi. Bunday murakkab xatti-harakatlar o‘zining maqsadliligi jihatidan hayron qoldiradi.
Masalan, asalarilar 140 ga yaqin hidlarni ajratish xususiyatiga egadirlar. Asallarilar to‘lqinlarni ham tez va oson ajrata oladilar. Inson tebranishlar chastotasini sekundiga 20 dan 20mingga yaqinini ajratadi, qumursqalar esa faqat ultrazvuk tebranishlariga javob beradi. qumursqalarda yana ko‘rishi yaxshi rivojlangan. Ularning ko‘zlari umurtqalilardan farqli ravishda bir necha ming aloxida bo‘limchalardan iboratdir. Demak, qumursqalarda yuqori darajada rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo‘zg‘alish aynan shu organlarda paydo bo‘ladi va so‘ngra oldingi gangliyaga etkaziladi. Oldingi gangliyada uchta turli xil qismlar mavjuddir: oldingi qism ko‘rish retseptorining tolalari boradi, o‘rta qism xid bilish retseptorlari boradi va orqa qism og‘iz qismining retseptorlari boradi. Shu tariqa asalarilarda oldingi gangliyasi tasniflangan hisoblanadi, ularni esa umurtqalilar miyasi bilan ham solishtirish mumkindir. Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud. 1)oziqlanish, 2)nasl qoldirish, 3) naslga g‘amxo‘rlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish va gala bo‘lib yashash. Har bir xatti-harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar instinktlar chegarasidan chiqib keta olmaydilar. Masalan, o‘rgimchak to‘riga pashsha tushganini vibratsiya orqali sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi, chivin suvga tuxum qo‘yadi, lekin oynani ko‘rsa ham tuxum qo‘yishi mumkindir.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling