Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet67/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

9-mavzu. Diqqat va xotira
Reja

  1. Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash.

  2. Diqqatning hajmi.

  3. Diqqatning to‘planishi va barqarorligi.

  4. Xotira haqida umumiy tushuncha.

  5. Ixtiyorsiz, ixtiyoriy xotira.

  6. Obrazli xotira.



Diqqat haqida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. Pashlerning (1998, p. 1) fikricha, “Diqqat muammosini o‘rganish psixologlar uchun uzoq yillar davomida muhim ahamiyat kasb etib kelgan” Tarixiy manbalardan ma’lumki, “diqqat”ga oid nazariyalar XIX asrning oxirlaridan o‘rganila boshlangan. Shunday qilib, bixevioristlar diqqatni ichki jarayon deb hisoblaganlar.
Diqqat tushunchasi 1958 yilda Broadberning “Idrok va kommunikatsiya” nomli kitobida qo‘llanilgan va ilmiy tushuncha sifatida kiritilgan. Diqqat odatda ob’ektni tanlash va nomlashda qo‘llaniladigan jarayon sifatida beriladi. Villiam James esa tuyg‘uga e’tibor bergan (1890, pp. 403–404): qolgan barcha buni diqqat deb hisoblagan. Bu bilish jarayoni bo‘lib, tafafkkur ob’ektining bir vaqtning o‘zida aniq va yorqin shaklda namoyon bo‘lishidir. Diqqat – bu bir vatqning o‘zida e’tiborning to‘planishidir.
Baar (1997) diqqatning paydo bo‘lish mexanizmlarini asoslab beradidi. Masalan, shuyday deyish mumkin: “Biz buyruqga qaraymiz” yoki “Biz buyruqni eshitamiz ”. Baar (1997, p. 364) quyidagi fikrni keltiradi, “Tajribada to‘pladi va amaliy voqelarda namoyon bo‘ladi. Har kuni nutqda doimo, birinchi bo‘lib e’tibor qaratish uchun “Tinglang”, “Qarang” tushunchalari qo‘llaniladi; ikkinchidan “eshitamiz”, “ko‘ramiz” deb izohlanadi”.
Villiam James diqqatning “faol” va “passiv” turlarini ajratgan (1890). Faol diqqat individual taraqqiyotning yuksalishini, passiv diqqat tashqi stimulga sust javob berishdir. Yantisning (1998, p. 252) fikricha, “Stimul – tez va kuchliligiga qarab nazorat qilinadi”
Olportning fikricha (1993, pp. 203–204): bu haqiqatga o‘xshab ko‘ringani bilan yakka-yu yagona mexanizm emas yoki ichki imkoniyat kauzal atributsiya diqqat fenomeni tafakkurning yoki idrokning asosida shakllanadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo‘zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o‘zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o‘zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling