Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet31/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Qobiliyat va irsiyat
1675 yilda F.Galtonning “Talantning irsiyatga bog'liqligi uning qonunlari va oqibatlari” degan kitobi nashr qilingan. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik aloqalarini o'rganib, talant yoki onadan irsiyat yo'li bilan o'tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galltonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo'lgan talant dastavval 1550 yilda ma'lum bo'lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina So'sannadan so'ng tamom bo'lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko'p musiqachi bo'lgan. Ularning 20 tasi mashhur bo'lgan. Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo'lgan.Gaydon oilasida ikkita mashhur musiqachi bo'lgan. Ko'pchilik hollarda mashhur odamlarning nasl - nasablarini o'rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasldan naslga o'tishidan, ya'ni qobiliyatlar taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma'lum bo'ldi.
Qobiliyatlar taraqqiyotidagi yuksak bosqichga iste'dod deb ataladi. Iste'dod deb, odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va o'ziga xos tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Qobiliyatlar kabi iste'dod ham faqat ijodiy yutuqqa erishish imkoniyatidan iboratdir. Biroq oqibat natijada ijodiy yutuqlar odamlarning ijtimoiy yashash sharoitiga bog'liqdir. Agar jamiyat taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo'lsa, bunday kishilarning paydo bo'lish imkoniyati tug'iladi. Iste'dod qobiliyatlar yig'indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan yakka qobiliyat - garchi u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo'lsa ham iste'dod bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Bu haqda g'oyat o'tkir fenomenal xotiraga ega bo'lgan kishilar haqida o'tkazilgan tadqiqotlar dalolat beridi.Moskvalik psixologlar bir necha yillar davomida kuzatgan S.SH. o'zida xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o'zining ajoyib qobiliyatlarga mos keladigan ijodiy muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Shunday qilib, iste'dod shaxs psixik sifatlarining shu qadar murakkab birikmasidirki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, bu qobiliyat xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega bo'lsa ham belgilab bermaydi. Psixologik tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, birorta ham qobiliyatning yo'qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste'dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo'li bilan muvaffaqiyatli ravishda o'rni bosib yuboriladi.
Nazorat savollari

  1. Shaxsga xos barcha xususiyatlarni xarakter deb atash mumkinmi?

  2. Inson xarakteri tug’ma bo’ladimi?

  3. Tashqi ko’rinishga qarab inson xarakterini aniqlash mumkinmi

  4. Qobiliyat shaxsning qandaq psixologik xususiyati?

  5. Qobiliyatlar tarkibida qanday xususiyatlarni farqlash mumkin?

  6. "Tug’ma talant" iborasini qanday tushunasiz?

  7. Qobiliyatlarni qanday qilib rivojlantirish mumkin?




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling