Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet69/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo‘zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo‘zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg’alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo‘zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo‘zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo‘zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o‘ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.

Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan iboratdir.
Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.





Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling