Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet77/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo‘yilsa, esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaymiz. Mazkur so‘z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o‘rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo‘lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o‘z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo‘llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo‘lmagan tadqiqot materiali 46 marta o‘qib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so‘ng u material bilan olti marta o‘qib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma’lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, ta’surotlarning ko‘pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zarurati tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. So‘nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo‘lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub’ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go‘yo ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo‘lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: «bir lahzalik», «dastlabki», «qisqa muddatli» va boshqalar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling