Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq- ifodalash vositasi
Nutqning funktsiyalari
Odamlarning o’zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma`nolarda yoki funktsiyalarda namoyon bo’ladi. Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funktsiyasi odamlarning bir birlari bilan aloqa qilish vositasi bo’lishidir. Bu aloqa asosan odamlarning o’z fikrlarini bir biriga aytishlaridan iborat bo’ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og`zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun xam ravshanroq bo’lib qoladi. SHunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo’lib xizmat qiladi. SHu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo’lib, biror nima bildirish vositasi bo’lib, ta`sir o’tkazish vositasi bo’lib xam qiladi. Nutq- ifodalash vositasi Nutq bizning fikrlarimiz bilan birlikda xis tuyg`ularimiz xam ifodalanadi. Og`zaki nutqda xissiyotlarimiz (emotsional kechinmalarimiz)so’z yordami bilan qilingan tasvirlarda, oxangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa, intonatsiyalarda namoyon bo’ladi. CHunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo’lgan turli hislarimio’ni va munosabatlarimio’ni o’zimizdagi mehrni, g`azabni, g`ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. SHu bilan birga, gapiruvchining intonatsyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o’ziga bo’lgan ishonchi yoki ishonchsizligi va shu kabilar ham ifodalaydi. Lirik sherlar, ashulalar, ramanlar, ariyalar singari nutq shakllarida odamlarning asosan xilma-xil his vatuyg`ulari ifodalanadi. Turli hissiyotlar bizning og`zaki nutqimiz bilan birgalikda, odatda yuz harakatlarimizda va imo-ishoralarimizda ham yorqin namoyon bo’ladi. Nutqda bizning irodamiz maqsad-muddaomiz, istagimiz, niyatimiz, qararimiz ham, shuningdek, iroda jarayonlarining ayrim sifatlari – qatiyat va qatiyatsizlik, dadillik, kishining o’zini tuta bilishi, kishidagi qunt va boshqa shu kabilar ham namoyon bo’ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling