Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Tilning asosiy funksiyasi
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning anatomik-fiziologik asoslari.
- Nafas olish apparati
- Tafakkur haqida tushuncha
Tilning asosiy funksiyasi.
Til – hayot kechirish, ijtimoiy tarixiy tajribalarni bilish, uni o’zlashtirish vositasi. Til – kommunikattsiya (aloqa) usuli. Til – aqliy faoliyat, yani idrok, xotira, tafakkur, xayol quroli ekanligida nomoyon bo’ladi. Inson farzandi tug`ilgandan keyin atrofdagi kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o’rganadi, hayol kechirish jarayonida o’zaro munosabatlarga kirishadi, til yordamida so’z belgilari tizimini o’zlashtiradi va bunda til yashash vositasi, tajribalarni o’rganish va o’zlashtirish vositasi tarzida nomoyon bo’ladi. Tilning komunikattsya vositasi eng muhim vositadir. Bu vosita tufayli biz kishilarga ta`sir qilamiz, o’zimizning xatti-harakatlarimizni boshqaramiz, tajribalarni o’rganamiz. Har bir kishining shaxsiy tajribasi bor va bu til bilan bog`liqdir. Odam har qanday muommoni xal qila oladi. Bunda u o’z oldiga bajariladigan muammoning vazifalarini qo’yadi va uni xal qilish jarayonida turli aqliy (intellektual) harakatlardan foydalanadi. Buni intelaktual akt (harakat) deb ataladi.Intellektual harakat uch qismdan iborat bo’lib, unga faoliyatni rejalashtirish, uniamalga oshirish va natijasini ko’zlangan maqsad bilan solishtirish kabilar kiradi. Bunda obektni idrok qilish, esda qoldirish, tafakkur va xayol kabi bilish jarayonlari ishtirok etadi va aqliy faoliyat nomoyon bo’ladi. Bu esa tilni aqliy faoliyat vazifasini bajarishidan dalolat beradi. Nutqning anatomik-fiziologik asoslari. Bosh miya po’ctidagi alohida markazlarning faoliyati va nutqqa oid muskul apparati nutqning anatomik-fiziologik asosini tashkil qiladi. Tovush nutqining (fonetik nutqning) muskul apparati uch qismdan - nafas olish, ovoz va artikulatsiya apparatlaridan iborat. Nafas olish apparati diafragmadan, o’pkadan, o’`kani, bronxni va bo’g`izni harakatga keltiruvchi muskullardan iborat. Nafas olish apparatining vazifasi nutq apparatining ovoz qismiga havo kiritib turishdan iborat. Ovoz apparati - nafas olinadigan bo’g`izning davomi bo’lgan kekirdak bo’lib, to’rtta tog`aydan iboratdir. SHu tog`aylar o’rtasidagi bo’shliqda ikkita gorizontal elastik mus-kullar bor, bu ovoz muskullari deb ataladi. Nafas bo’g`izdan chiqib turgan havo bu muskullarni harakatga keltirib, tebratib turadi. Tog`aylar mana shunday tebranib turishi tufayli ovoz muskullari taranglanishi yoki susayishi mumkin: bu muskullar bir-biriga yopishib yoki bir-biridan ajralib turishi natijasida ularning o’tasida ovoz teshigi deb atalgan bo’shliq hosil bo’ladi. Agar ovoz muskullari tarang bo’lib tursa yoki bir-biriga yaqinlashib qolsa (ya`ni, ovoz teshigi yopilib qolsa), u holda nafas yo’lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi (vibratsiya qiladi), natijada tovush hosil bo’ladi. Agar ovoz muskullari bir-biriga etarli ravishda yaqinlashmagan bo’lsa, nafas oladigan bo’g`izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga engil ishqalanib o’tishi natijasida pichirlagan tovush hosil bo’ladi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang bo’lmasdan qoladi, ovoz teshigi esa to’la ravishda ochiq bo’lib qoladi. Artikulatsiya apparati og`iz bo’shlig`idan va burun bo’shlig`idan iboratdir. Bu bo’shliqlar bo’g`in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir). Og`iz bo’shlig`i bo’g`izda paydo bo’lgan tovushlarning asosiy rezonatori bo’lib xizmat qiladi. Agar tovush to’lqinlari og`iz bo’shlig`i orqali hech bir to’siqqa uchramay o’tayotgan bo’lsa, unli tovushlar hosil bo’ladi. Unli tovushlarning (a, e, i, o, u) farqi og`iz bo’shlig`ining katta-kichik bo’lishiga va shaklining o’zgarishiga bog`liq bo’ladi. Og`iz bo’shlig`ining shakli ko’p jihatdan til va lablarning holatiga va og`izning qay darajada ochilishiga bog`liqdir. Til - nutqning eng serharakat organidir: til ko’tarilishi, tushirilishi, oldinga cho’zilishi va orqasiga qaytarilishi mumkin. Lablar cho’zilishi, cho’chchaytirilishi mumkin. Undosh tovushlar tovush to’lqinlarining og`iz bo’shlig`idan bemalol o’tishiga katta yoki kichik biror to’siq paydo boiishi natijasida hosil bo’ladi. Bu to’siqlar lablarni yumish yo’li bilan vujudga keltirilganida p, b, m tovushlari hosil bo’ladi, bu pastki lab va yuqori tishlar bilan vujudga keltirilganida f, v tovushlari hosil bo’ladi, til va ustki tishlar bilan vujudga keltirilganida t, d, n, s, z tovushlari hosil bo’ladi, til va tanglayning biror qismi bilan vujudga keltirilganida r, sh, k, tovushlari hosil bo’ladi. Burun bo’shlig`i tovushlarni hosil qilishda turlicha rol o’ynaydi. Burun bo’shlig`i ochiq yoki yopiq bo’lishiga qarab, turlicha tovushlar hosil bo’ladi. Agar burun bo’shlig`i yopiq bo’lsa, burundan chiqmaydigan tovushlar (a, u, yu), agar bu bo’shliq ochiq bo’lsa, burundan chiqadigan undosh tovushlar (j, n) hosil bo’ladi. Tovushlar turli ravishda bir-biriga qo’shilganda bo’g`in va so’slar hosil bo’ladi, so’zlardan esa gap hosil bo’ladi. Bizning og`zaki nutqimiz shu tariqa vujudga keladi. Nutq yozuv vositasi bilan ifodalanganda so’zlarning tovush tuzilishi yozma, grafik belgilar sistemasiga ko’chiriladi. Nutqning yozma ifodasi qon va barmoq muskullari yordami bilan hosil qilinadi. Lekin bunda yozish jarayoni artikulatsiyadan ajralgan holda emas, balki artikulatsiya asosida voqe bo’ladi. YOzishning artikulatsiya bilan bunday bog`langanligi savod chiqarishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, sezilarli bo’ladi. Endigina savod chiqarayotgan o’`uvchi har bir so’zni yozayotganida shu so’zni albatta gapirib yoki pichirlab aytib turadi. YOzish malakasi rivojlanib ketganida (avtomatik tus olganida) ham bo’g`izning engil harakat qilishi davom etaveradi, buni alohida asboblar yordami bilan qayd qilish mumkin. Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi bo’lgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir (uchinchi bobga qaralsin). Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe bo’ladi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallarning signallari so’zlar tariqasida paydo bo’ldi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qo’zg`ovchi vosita sifatida, so’z uch shaklda namoyon bo’lishi mumkin: 1) eshitish organini qo’rquvchi shaklda - eshitiladi-gan so’z; 2) ko’rish organini qo’zg`ovchi shaklda - yozilgan so’z; 3) kinestezik qo’zg`ochi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayot-gan so’z (I. P. Pavlov, Polnoe cobpanie cochineniy, 3 tom, 2-kitob, 232-bet). SHu shakllar orasida I. P. Pavlov organlarining kinestezik qo’zg`alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi: «Nutq, avvalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga o’tuvchi maxsus kinestezik qo’zg`alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallarning signalidir». Eshitilib turgan, aytilayotgan va ko’rinib turgan (yozuv) so’z qo’zg`avchi bo’libgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qo’zg`alishga javob reaksiyasi bo’lib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi bo’lgan so’z o’z navbatida - ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradigan qo’zg`avchidir. Qo’zg`avchi nutq va javob so’z reaksiyasi bo’lgan nutq, bosh miya po’stining maxsus uchastkalari bilan - nutq markazlari bilan bog`langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va ko’rish markazi deb uch xil markazga bo’linadi. Eshitish markazi so’z chakkaning orqa bo’limida joylashgan. Miya-ning bu uchastkasi eshitilgan so’zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini tushunish va o’zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolga-nida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bo’lgan kishi o’zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va so’zlarni eshitadi-yu, lekin so’zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma`nosini tushunmaydi. Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bo’lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi. Nutqning ko’rish markazi bosh miyaning orqa qismiga joylashgan. YOzilgan xatni o’qiganda va yozgan vaqtda yozuv belgilari shu markaz tufayli idrok qilinadi. Bu markaz buzilib qolgan taqdirda odam harflarni tanimaydi, o’qiy olmay qoladi (aleksiya kasalligi), yozolmay qoladi (agra-fiya kasalligi). Biroq, akademik I. P. Pavlovning tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, bosh miya po’stining boshqa markazlari kabi bu nutq markazlarining qat`iy chegaralari yo’q va bir-biridan ajralgan holda harakat qilmaydi. Bu markazlar bir-biri bilan qo’shilaveradi va bir-birining vazifasini bajaraveradi, bosh miya po’stining boshqa markazlari bilan ham qo’shilaveradi. Nutq markazlari deb nom berilgan markazlar bosh miya po’stining u yoki bu xil nutq jarayonlarida ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalaridir, xolos. O’zgalarning nutqini va gapirayotgan kishining o’z nutqini idrok qilish bosh miya po’stining faoliyatiga va asosan, bosh miya po’stining ikkinchi signal sistemasi bilan bog`lanishlarni vujudga kel-tiruvchi qismiga bog`liqdir. Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatiami biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalaming mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasawur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida Dunyoni bilish Bevosita sezish, idrok : tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.lvanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. M.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vosi.tali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi. A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir". V. V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.PIatonov darsliklarida ham uchraydi. Keltirilgan ta'riflar orasida O.K,Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ulaming ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkumi psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakliarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’iishi deb ataydi. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkumi turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi. lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolami o’rtaga tashlaydi. P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuri ga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlami bosqichrna-bosqich www.ziyouz.com kutubxonasi shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda voritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalami bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling