Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkurning nerv-fiziologik asosi
Tafakkur bu nima?
Psixologlar muzokarasi: Biz tafakkurni bir qobiliyat sifatida ko’rishimiz kerakmi yoki ko’p? Bilish uchun xizmat qiladigan bog’lovchi tezligimi? Nevrologik o’lchami? Haligacha, tafakkur haqida ekspertlar bir fikrda emas. Qachonki biz biror- kimning tafakkuridan dalil qilib keltirsak agarda bu balandlikka o’xshab aniq bo’lsa biz belgilab qo’yamiz, xato mulohazalarni. Har qanday vaziyatda aql va tafakkur bu yangi tajribalarni o’rganish uchun muammolarni yechish va bilimni yangi vaziyatlarga moslashtiruvchi vaziyatdir. Sternber tafakkurning 3- turini ajratib ko’rsatgan : 1.Analitik tafakkur – bu hozirda mummolarni aniq bir javob bilan hal qilishdir 2.Yaratuvchan tafakkur – aniq vaziyatlariga javob tariqasida namoyish qilinishi 3.Tajribaviy tafakkur bu kundalik qilinadigan ishlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Fikr bu g`oyaga qarashli maxsulot boshqacha qib aytganda g`oyalar kelishuvi deb qaraladi yani tafakkur mahsuli yoki fikrlar hosil qilish jarayoni . Fikr barchamizga ma`lumki insoniylik faoliyatining fundamental asosini tashkil etadi. Turli xil fikrlar hosil bulishi yoki hosil bulmasligi bu albatta miya faoliyatinin ostida yotuvchi jarayondir. Chunki fikrning asosini insoning hatti -xarakatlari hayotiy tajribalari orqali vujudga keladi.Bu jarayoning natijalari ko`pgina qadimiy fanlarning maqsadi bulib kelgan ulardan psixologiya neyrobiologiya falsafa biologiya sotsiologiya shular jumlasidan. Tafakkur qilish inson uchun dunyoni anglash uning ko`z ungida dunyo olam modulini yaratish yotadi. Keyinchalik bu olam haqida insonlar unga oid bashoratlarni bera olish imkonini beradi.Buning foydasi asosan shu inson o`z hayoti davomida maqsad niyat istaklarini aniq belgila olishi mana shu maqsad va niyat maqsadlariga erishish uchun o`z ishlarini rejalarini boshlashidan kurinadi. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo’ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po’stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun awalo analizatorlaming miyadagi uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab bog’lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlaming bosh miya po’stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas. balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketganligi sababli mazkur bog’lanishlaming vujudga kelishi yuqorida aytib o’tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog’lanishlari birinchi signal tizimidagi bog’lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o’zaro o’tkazish jarayonida hozir bo’ladi, deb ta'kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o’zaro ta'sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o’z tevaragidagi olamni va uning o’zini bilish uchun oliy qurol bo’lgan oliy tafakkur voq'e bo’iadi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo’lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, "awalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o’zini ham bilish uchun oliy qurol bo’lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir". Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling