Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy psixologiya shaxs va jamiyat munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi fan sohasi sifatida


Download 0.74 Mb.
bet97/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Ijtimoiy psixologiya shaxs va jamiyat munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi fan sohasi sifatida
Ijtimoiy psixologiya o’rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o’tilgan muammolarni o’z ichiga olgan masalalardan biri - bu muomaladir. Psixolog olimlarning fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida o’tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy obьekti ham muomiladir. Uning inson hayotida tutgan o’rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomila turlari va uslublarini yoritish, uning sof psxologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim tadbiqiy yo’nalishlaridandir. Shuning uchun ham xar bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot samaradorligini oshirish omillarini o’rganish xozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muxim muammolardandir.
Ijtimoiy psixologiya XXI asrga kelib fanlar tizimida alohida o’ringa ega bo’lgan sohalardan biriga aylandi, chunki sir emaski, insoniy munosabatlar, har bir faoliyat sohasida shaxslararo munosabat o’ziga xos dolzarblik kasb etib bormokda.
Ijtimoiy psixologiyaning predmeti xususida ham tarixan uch xil yondashuv mavjud:
Birinchi yondashuvga ko’ra, ijtimoiy psixologiya inson psixikasiga oid ommaviy xodisalarni o’rganadi. Ushbu yondashuv doirasida ayrim tadqiqotchilar sinflar psixologiyasini o’rganish zarur deb tan olishsa, boshqalar har qanday ijtimoiy uyushma yoki guruhga oid qonuniyatlarni, ularning an’analari, urf-odatlariyu, rasm-rusmlarini o’rganish dolzarb ekanligini ta’kidlaganlar. Yana bir guruh tadqiqotchilar esa ijtimoiy psixologiya ko’pchilikka qarashli bo’lgan ijtimoiy fikrni yoki moda kabi ommaviylashib ketadigan jarayonlar sababini o’rganishni lozim, deb topadigan. Ularning fikrini rivojlantirib, ushbu yondashuvga hayrihox bo’lgan boshqa bir olimlar guruhi ijtimoiy psixologiyaning predmeti aslida jamoa psixologiyasini o’rganish ekanligini yoqlaydilar. Bu yondashuvning umumiy xulosasi shuki, ijtimoiy psixologiya mohiyatan aslida jamoa psixologiyasidir.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikrida umumiylik shuki, ularning ta’kidlashlaricha, ijtimoiy psixologiya shaxsning ijtimoiy qiyofasini, psixologiyasini o’rganadi. Turli olimlar fikrida o’ziga xoslik esa aynan shaxsning qaysi sifatlariga ko’proq e’tiborni qaratishda namoyon bo’ldi. Kimdir shaxsning alohida ijtimoiy sifatlariga urg’u bersa, boshqalar uning tipologiyasini ahamiyatli predmet ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shaxsning guruhdagi o’rni, shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi ushbu yo’nalish tarafdorlarining diqqat markazida bo’ldi.
Uchinchi yondashuv – yuqorida ikki yondashuvning o’ziga xos tarzdagi uyg’unlashuvi shaklida namoyon bo’ldi. Ya’ni, unga ko’ra, ijtimoiy psixologiya ommaga xos bo’lgan psixologik xodisalarni ham, shaxsning guruhdagi maqomini ham birdan o’rganishi lozim.
Rus olimi B.D.Parigin turli yondashuvlarga e’tibor brgan xolda ijtimoiy psixologiya o’rganadigan eng muhim masalalarni yagona andozada umumlashtirdi. Uning fikricha, ijtimoiy psixologiya quyidagilarni o’rganadi:

  • shaxs ijtimoiy psixologiyasi;

  • jamoalar ijtimoiy psixologiyasi va muloqoti;

  • ijtimoiy munosabatlar;

  • ma’naviy-axloqiy faoliyat shakllari.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling