Umumiy va noorganik kimyo


Download 61.84 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi61.84 Kb.
#1518417
  1   2
Bog'liq
yod va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI


METALLURGIYA VA KIMYO TEXNOLOGIYA
KAFEDRASI

UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Yod va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati.
Guruh: 1K-22, Metallurgiya
Bajardi: Ishpo’latova Mahkamtosh.
Qabul qildi: Mirzaxmedov R.M.
Olmaliq 2023

Yod va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati.
Reja:
1.Yod haqida umumiy malumot.
2.Yod birikmalari va ularni hosil bo’lishi.
3.Yodning sanoatdagi va inson hayoti uchun ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Yod iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, atom massasi 126,9045. 1811 yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+—0,058 nm (3), 0,109 nm (6), G+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6).
Yodtarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl, lautarit Sa(YU3)2 lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Yod togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Masalan, suv oʻtlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha boʻladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qat-lamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°, qaynash temperaturasi 184,35°; qattiq Yod ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Yodniki 3,96 g/sm3.
Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda — azot yodid Nl3 hosil qiladi.
Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xomashyo sifatida xizmat qiladi.
Yod, asosan, 3 usulda olinadi:
1) sorbent va ionitlarni boyitib;
2) yodli suv oʻtlarini kuydirib;
3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.
Oʻzbekistonda Yod tarkibida 15—40"’/l Yod boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi.
Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Mas, 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi.
Yod ga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va h.k.) ishtirokida elemen-tar Yod (Yod pastasi) ajratib olinadi.
Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140° da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi.
Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yodʼ olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi.
Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi.
Yod anorganik (YodI, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi.[ Uz.wikipedia.org (Said Eshonxo’jayev) 1-3 bet].
Yod — I birikmalari juda oz miqdorda dengiz suvlarida uchraydi. Dengizda o‘sadigan ba’zi o‘simliklar yod birikmalarini o‘zida to‘playdi. Chili selitrasining ba’zi qatlamlarida 0,1% ga qadar NaI03 bo‘ladi. Yod o‘simlik va hayvon organizmi uchun zarur elementdir. Organizmda yod yetislimay qolganda endemik buqoq deb ataladigan kasallik vujudga keladi. Tarkibida yod boladigan ba’zi neft suvlari va mineral suvlar yod olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Toza yod qoramtir gunafsha tusli, metall kabi yaltiraydigan rombik kristallardan iborat modda. 20 °C da solishtirma og‘irligi 4,98 ga teng. Uning suyuqlanish temperaturasi Cyuq.= 114 °C, qaynash temperaturasi tayin = 183 °C.
Yod ohista isitilsa, suyuqlanmasdan bug‘lanib ketadi, bug’lari sovitilsa, qattiq holga o‘tadi, ya’ni sublimatlanadi. Yod bug‘lari zaharli, yod suvda kam eriydi:
0 °C da 100 g H2 0 da 0,01 g yod eriydi; spirt, benzin, xloroform, uglerod sulfidda yod yaxslii eriydi. Yod galogenlar orasida eng passivdir. Oltingugurt, fosfor, temir, simob va boshqa metallar bilan yod bevosita birika oladi. Yod oddiy moddalardan tashqari murakkab moddalarni ham oksidlaydi:
Na2S03 + I2 + H2 0 = Na2S04 + 2HI
Yod KI bilan birikib, KI3 tarkibli kompleks tuz hosil qiladi:
KI + I2 = KI3 Yod suv bilan qo‘shilib, I2 + H2 0 = HI + HIO hosil qiladi. Yod vodorod bilan birikadi:
H2 + I2 = 2HI - 50,21 kJ. Vodorod yodid laboratoriyada PI3 ni gidroliz qilish yo‘li bilan olinadi: PI3 + 3H2 0 = H3P03 + 3HI Yodning tuzlariga H2S04 ta’sir ettirish yo‘li bilan HI olib bo‘lmaydi. Chunki hosil bo‘lgan HI darhol oksidlanadi va I2 ajralib cliiqadi:
2KI + 3H2S04 = 2KHS04 + I2 + S02 + 2H2 0 Yodidlardan yod ajratib olish uchun ularga xlor ta’sir ettiriladi:
2NaI + Cl2 = 2NaCl + I2 , 2KI + Cl2 = 2KC1 + I2 yoki Nal va Mn02 aralashmasiga H2S04 ta’sir ettirib olinadi:
2NaI + Mn02 + H2S04 = 2NaHS04 + MnS04 + I2 + 2H2 0 Yod turli yod birikmalar tayyorlashda islilatiladi.
Yodning radioaktiv izotopi tibbiyotda rak va qalqon bezi, arterioskleroz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. [Anoorganik kimyo (I.A. Tashev, R.R. Ro‘ziyev, LI. Ismoilov) 148-bet]

Yodning ishlatilishi


Yodning asosiy ishlatilishi tibbiyot, fotosurat va bo’yoq sanoatida qo’llaniladi. Sanoat yo’li bilan dengiz o’tlari kulidan olinadi. Bu ba’zi kimyoviy jarayonlarda yaxshi katalizator hisoblanadi. Radiometrik tanishish uchun yod va ksenon gazidan foydalaniladi. Sun’iy ravishda ishlab chiqarilgan I-131 izotopi tibbiyot sektori uchun juda foydali mahsulotdir. Ushbu izotop qalqonsimon bez saratoni va miya shishi joylarini aniqlash uchun ishlatiladi.

Yod va uning birikmalari ishlatiladigan ba’zi mahsulotlar; turli xil tuzlar, dorilar, oziq-ovqat qo’shimchalari, antiseptiklar, yod damlamasi, dezinfektsiyalovchi vositalar, siyohlar, hayvonot ozuqalari, fotokimyoviy moddalar, LCD polarizator filtrlari, tomografiya va rentgenografiya kimyoviy moddalari va boshqalar.



Download 61.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling