Umumiy va noorganik kimyo


Download 458.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.12.2020
Hajmi458.05 Kb.
#160387
1   2   3   4
Bog'liq
d79f350669 1585765475


Laboratoriya ishi № 4 

ERITMALAR TAYYORLASH, ULARNING  

KONTSENTRATSIYALARINI ANIQLASH 

 

 



Ishdan  maqsad:  Eritmalar,  eritma  konsentrasiyasi,  eruvchanlik,  erishda  sodir 

bo’ladigan issiqlik hodisalari to’grisidagi tushunchalarni rivojlantirish.

 

Kerakli reaktiv va jihozlar: H

2

O-distillangan suv, NaCI-natriy xlorid(oq kristall 



modda),  BaC1

2

-bariy  xlorid  (oq  kristall  modda),  NH



4

CI-ammoniy  xlorid(oq  kristall 

modda),  NaOH-  o’yuvchi  natriy(oq  kristall  modda).  Menzurka,  stakanlar,  shisha 

tayoqcha, eritma zichligini o’lchovchi areometr, laborator-elektron tarozi. 

 


18 

 

 



Tajriba 1. Tuz va suvdan iborat eritma tayyorlash 

O’qituvchi  sizga  qaysi  tuzdan  eritma  tayyorlash  va  uning  massa  ulushi  nechiga 

teng bo’lishi haqida topshiriq bergandan so’ng,  ishni quyidagi tartibda bajaring: 

1. Tuzning massasini hisoblang va uni tarozida tortib oling. 

 2. Suv massasini uning xajmiga teng deb xisoblab, kerakli miqdor suvni o’lchov 

silindrda o’lchab oling va uni tuz solingan stakanga quying.  

3. Stakandagi tuz to’liq erib ketguncha eritmani  aralashtirgich bilan aralashtiring. 

4. Eritmani silindrga quyib,  hajmini o’lchang. 

6.1-jadvalga kiritiladi.   

Kuzatish natijalari   

6.1-jadval 

Tajriba 


№ 

Tuzning 


formulasi   

Tuzning molyar 

massasi,   

M g/mol 


Tuzning 

ekvivalentini 

molyar massasi M

e

 



g/mol 

Eritma zichligi, 



ρ

o’lch


, g/ml 

Eritmani xajmi, 

 V ml 



 



 

 

 



 

                                



Tajriba 2. Tayyorlangan eritmani kontsentratsiyasini aniqlash

Eritma zichligini areometr yordamida aniqlash (rasm-6.1). 

 

 

 



                         a                             b 

6.1-rasm. Areometr asbobi 

 

Buning  uchun  eritmani  toza  tsilindrga  quyib,  extiyotlik  bilan  quruq  areometr 



tushiriladi,  bunda  areometr  silindr  tubiga  tegib  turmasligi  kerak  (6.1-rasm  a). 

Zichlikning qanday qiymatga ega bo’lganligini bilish uchun areometrining shkalasining 

silinrdagi  suyuqlikning  pastki  meniskiga  to’g’ri  keladigan  shkala  chizig’i  aniqlanadi. 

Shkalaning darajalari suyuqlikning zichligini ko’rsatadi (6.1-rasm b).  

Eritma zichligini aniqlangandan so’ng unga to’g’ri keladigan massa ulushi qiymati 

quyida keltirilgan jadvaldan olinadi.  

 


19 

 

 



6.2-jadval. Tuzlarning suvli eritmalarini 20

0

S dagi  



nisbiy zichliklari 

Massa ulushi 

C(%) 

NaCl 


(NH

4

)



2

SO

4



 

BaCl


2

 

NaNO



3

 

NH



4

Cl 


H

2

SO



4

 

NaOH 



HNO

3

 



1,027 


1,022 

1,034 


1,025 

1,011 


1,020 

1,032 


1,041 



1,034 

1,053 


1,039 

1,017 


1,041 

1,065 


1,038 

1,056 



1,046 

1,072 


1,053 

1,023 


1,055 

1,087 


1,044 

10 


1,071 

1,057 


1,092 

1,067 


1,029 

1,069 


1,109 

1,056 


12 

1,086 


1,069 

1,113 


1,082 

1,034 


1,088 

1,131 


1,068 

 

Agar  jadvalda  o’lchangan  zichlikning  qiymati  bo’lmasa,  u  xolda  uning  qiymati 

interpolyatsiya usuli bilan topiladi. 

 

Interpolyatsiya usuli 



Masalan: NaCl uchun o’lchangan zichligi ρ

o’lch.


 = 1,045 g/ml ga teng, jadvalda bu 

miqdor yo’q, shuning uchun jadvaldan katta va kichik qiymatlarni olamiz: 

                                                                        ρ 

katta


 = 1,056;     s

katta


= 8 % ; 

                                                                        ρ 

kichik

 = 1,041;    s



kichik

= 6 %; 


bularning ayrimasini aniqlaymiz --------------------------------------------- 

                                                                               ∆ ρ = 0,015         ∆s= 2%  

So’ngra  ρ

o’lch.


 bilan   ρ 

kichik


 o’rtasidagi farq aniqlanadi:                                                        

∆ ρ


1

= ρ


o’lch.

- ρ 


kichik

 = 1,045 – 1,041 = 0,004 

Nixoyat,  ∆  ρ

1

  =  0,004  ga  to’g’ri  keladigan  ∆s



1

  ning  qiymatini  topish  uchun 

proportsiya tuziladi: 

∆ ρ - ∆ s                0,015  - 2% 

∆ ρ

1

 -∆ s



1

               0,004 – ∆ s

1

 %                  ∆ s



1

 = 


015

,

0



2

004


,

0



 = 0,53 

Topilgan  ∆  s

1

  ning  qiymatini  jadvaldan  olingan  kontsentratsiyaning  kichik 



qiymatiga qo’shib, haqiqiy massa ulushi topiladi   

S

haq = 



  s

kichik  


+ ∆ s

1

 = 6 + 0,53 = 6,53 % 



Aniqlangan  qiymatlardan  foydalanib  eritmani  molyal,  molyar  va  normal 

kontsentratsiyalarini xisoblab toping. 

6.3-jadval 

Eritmaning    xaqiqiy  massa  ulushi 

(%) (interpolyatsiya usuli) 

 

 



 

Eritmaning massasi ,  

m(er-ma) 

 

 



 

Tuzning massasi, g;  m(tuz ) 

 

 

 



Suv massasi, g ; m(H

2

O) 



 

 

 



Eritmaning molyar kontsentratsiyasi, 

 Mol/l; C(M) 

 

 

 



Eritmaning normal kontsentratsiyasi, 

 Mol-ekv/l; C(n) 

 

 

 



Eritmaning molyal kontsentratsiyasi, 

 Mol/kg; C(m)= 

 

 

 



20 

 

 



Tajriba 2. O’ta to’yingan eritmalar tayyorlash 

 

a)  Natriy  tiosulfatning  o’ta  to’yingan  eritmasini  tayyorlash.  Quruq  probirkaga  2g 

natriy  tiosulfat 

   

kristallaridan  soling  va  1  tomchi  suv  quying,  tuz  batamom 

eriguncha  ohista  qizdiring.  Probirkani  hona  temperaturasigacha  soviting.  Probirkada 

kristallar  yo’qligini  tushuntiring.  Hosil  qilingan  eritmali  probirkani  qattiq  chayqang. 

Nima kuzatiladi? Hodisani tushuntiring. 

b) Natiry asetatning 

 

o’ta to’yingan eritmasini tayyorlash. Quruq 



probirkaga  2-3g  natriy  asetat  kristallaridan  soling,  unga  2  tomchi  suv  qo’shing.  Tuzli 

probirkani  ohista  qizdiring.  Qizdirishni  tuz  batamom  erib  ketguncha  davom  ettiring. 

Hosil  qilingan  eritmani  asta  soviting.  Nima  kuzatiladi?  Probirkaga  bir  necha  kristall 

natriy  asetatdan  tashlang.  Nima  kuzatiladi?  Kuzatish  natijalarini  yozing  va  tushuntirib 

bering.  

Tajriba- 2 natijalari 



Ish  bo’yichа  hisobot:  quyidаgi  tushunchаlаrni  tа`riflаng  vа  mаtеmаtik  ifоdаsini 

kеltiring. 

Eritma 

Eritmaning massa ulushi C% 



Molyal kontsentratsiya C (m) (mol/kg erituvchiga)  

Molyar kontsentratsiya C(M)(mol/litr) 

Normal kontsentratsiya C(n)(mol ekv./litr) 

 

Nazorat savollari 

1.Quyidagi eritmalarning har birida erigan moddaning mollar sonini hisoblang: 

a) Ca(NO

3

)



2

 ning 0,358 M li 256 ml eritmasida; 

b) HBr ning 0,0567 M li 4,0 

 10


4

 l eritmasida; 

v) Osh tuzining 0,565% -li NaCl ning 450 g suvli eritmasida

J: a) Ca(NO

3

)

2



 ning 0,0916; b) HBr ning 2,27 

 10


3

;

  v) NaCl ning 4,35 



 10

-2

 moli. 



 

2. 10 g kaliy nitrat 80 g suvda eritildi. Eritmadagi KNO

3

 ning massa ulushini toping: 



J: 11% . 

3.  Kaliy  xlorid  tuzining  a)  10%  li  eritmasidan  100  g;  b)15%  li  eritmasidan  200  g 

tayyorlash uchun necha gramm tuz va necha gramm suv kerak? 

J: a) 10 g va 90 g;   b) 30 g va 170 g. 

4.  CuSO

4

  ning  suvsiz  tuzga  hisoblangan  5%  li  eritmasidan  200  g  tayyorlash  uchun 



necha gramm mis kuporosi CuSO

 5H



2

O va suv kerak? 

J: 15,625 g CuSO

 5H



2

O; 184,375 g suv. 

6.  2kg  3%  li  Na

2

SO



4

  eritmasini  tayyorlash  uchun  necha  gramm  kristallogidrat 

Na

2

SO



 10H


2

O va necha gramm suv kerak? 

J: 136 g Na

2

SO



 10H


2

O; 1864 g suv. 

7.  10%  li  eritmadan  250  grammiga  150  g  suv  qo’shildi.  Hosil  qilingan  eritmaning 

massa ulushini toping.  

 

 

 



 

 

 



 

J: 6,25%  



 

21 

 

 



Laboratoriya ishi № 5 

ELEKTROLITIK DISSOTSIALANISH 

 

 



Ishdan  maqsad:    elektrolitik  dissotsiyalanish  nazariyasining  asosiy  qoidalarini 

o’zlashtirish va elektrolit eritmalarida boradigan jaryonlarni o’rganish. 



Kerakli reaktiv va jihozlar:  H

2

O-distillangan suv, shakar, NaCI-natriy xlorid (oq 



kristall  modda),  sirka  kislotasi  CH

3

COOH  (kontsentrlangan  rangsiz  eritma),  natriy 



atsetat  CH

3

COONa  (oq  kristall  modda),  NH



4

OH-ammoniy  gidroksid  (rangsiz  eritma), 

indikator-  fenolftalein  (rangsiz  eritma),  marmar  bo’lakchasi  CaCO

3

,  HCI  xlorid 



kislota(rangsiz  eritma),  FeC1

3

-temir  xlorid  (qizg’ish  qo’ng’ir  rangli  eritma),  Na



2

SiO


3

 

tuzi (rangsiz eritma), sul`fat kislota eritmasi H



2

SO

4



 rangsiz eritma, 2 n li KOH rangsiz 

eritma,  BaCI

2

  bariy  xlorid  tuzi  rangsiz  eritma,  Na



2

CO

3



  natriy  karbonat  tuzi  rangsiz 

eritmasi, qo’rg’oshin nitrat tuzi Pb(NO

3

)

2



 rangsiz eritma, natriy yodit tuzi NaI rangsiz 

eritma.  

Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchovchi asbob, menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha, 

elektrodlar, probirka. 

 

Tajriba 1. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash.  

Tajriba 8.1- rasmda tasvirlangan asbobda bajariladi. Asbob stakandan (1), ketma-

ket ulangan elektrodlardan (3) ,  elektrodga ulangan izolyatsiyalangan simdan (4), elektr 

lampochkadan  (5),  ebonit  qopqoqdan  (2)    va    stakan  hamda  lampa  o’rnatilgan 

dastgoxdan (6) iborat.   

 

a) Stakanga 40-50 ml distillangan suv quyib, asbobni tok manbai bilan vilka (7) 



orqali  ulang.  Lampochka  yonadimi?  Endi  suvga  ozgina  shakar  soling  va  aralashtirib, 

lampochka  yonishini  kuzating.  Keyin  suvga  ozgina  osh  tuzi  kristallidan  soling  va 

lampochka  yonganini  kuzating.  Bu  xolda  eritma  elektr  tokini  o’tkazadimi?  Sababini 

tushuntiring.    Tajribadan  so’ng  asbobni  tok  manbaidan  uzib,  elektrodlarni  distillangan 

suvda chayqab qo’ying.   

 

b)  Bu  tajribada  ko’rsatilgan  asbobga  40-50  ml  kontsentrlangan  sirka 



kislota(CH

3

COOH)  eritmasidan  quying  va  unga  elektrodlarni  tushuring.  Asbobni  tok 



manbaiga  ulang.  Lampochka  yonadimi  ?  Sirka  kislotaga  asta  sekin  distillangan  suv 

qo’shib, uni suyultira boshlang. Nima kuzatiladi ? Nima uchun sirka kislotaning elektr 

o’tkazuvchanligi suyultirish bilan o’zgaradi ?  

 


22 

 

 



 

 

8.1-rasm. Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchovchi asbob. 



 

Tajriba 2. Kuchsiz elektrolitlar dissotsiatsiyalanishida ionlar muvozanatining 

siljishi 

 

 Probirkaga  0,1  n  li  NH



4

OH  eritmasidan  5-6  ml  quying  va  unga  2-3  tomchi 

fenolftalien  eritmasidan  qo’shib  chayqating.  Eritmani  ikkita  probirkaga  bo’ling. 

Probirkalardagi  eritmalardan  biriga  taxminan  0,5  g  NH

4

Cl  tuzi  kristallidan  solib 



aralashtiring va eritma rangining o’zgarish sababini tushuntiring.  

 

Tajriba 3. Elektrolitlarni kimyoviy aktivligini solishtirish 

 

a)  Ikkita  probirkaga  bir  xil  kattalikdagi  marmar  bo’lakchasini  soling,    birinchi 



probirkaga  1-2  ml  2  n  sirka  kislotasining  eritmasini  va  ikkinchi  probirkaga  xudi  shu 

xajmda  2  n  xlorid  kislotasidan  quying.  Qaysi  probirkada  gaz  shiddatlirok  ajralib 

chiqadi.  Reaktsiyaning  molekulyar  va  ionli  tenglamasini,  reaktsiyalarni  tezligining 

matematik tenglasini yozing. Shu reaktsiya tezligi qaysi ionlarning kontsentratsiyasiga 

bog`liq? 

 

b) Probirkaga 5 ml 1 n HCI eritmasidan quying va ustiga bir bo’lak rux soling. 



Vodorodning  bir  tekis  ajralishini  kuzating.  Probirkaga  0.5  g  CH

3

COONa  kristallidan 



solib  aralashtiring.  Ruxning  erish  tezligi  o’zgaradimi?    Yangi  xid  paydo  bo’lganini 

ko’ring va reaktsiya tenglamalarini yozing. 

 

Tajriba 4. Ion almashinish reaktsiyalaring yo’nalishi 

 

a)  Uchta  probirka  olib  birinchisiga  1  ml  0.5  n  FeCI

3

  ,  ikkinchisiga  1  ml  0.5  n 



Na

2

SiO



3

, uchinchisiga 1 ml 0.5 n H

2

SO

4



 eritmasidan qo’ying. Birinchi probirkaga 2 n 

NaOH,  ikkinchisiga-  2  n  HCI,  uchinchisiga-  BaCI

2

  eritmasidan  quying.  Nima 



kuzatiladi,  cho’kmaga  qanday  moddalar  tushadi?  Molekulyar  va  ionli  tenglamalarini 

yozing. 


b) Probirkaga 1-2 ml 0.5 n Na

2

CO



3

 eritmasidan va bir necha tomchi 0.5 n H

2

SO



eritmasidan quying.  Nima kuzatiladi? Molekulyar va ion tenglamalarini yozing.  

v)  Probirkaga  1-2  ml  0,5  n  NH

4

CI    eritmasidan  quyib  1-2  ml    2  n    NaOH 



eritmasidan  qo’shing  va  uni  alangada  qaynaguncha  qizdiring.  So’ng  ehtiyotlik  bilan 

ajralib chiqayotgan gazni xidlab ko’ring va xaqiqatdan  NH

3

 gazi  ekanligini aniqlang. 



Molekulyar va ion tenglamalarini yozing.

                                                                                             

        8.1- jadval 

Olingan 


moddalarning 

formulasi  va  nomi,  tajriba 

olib  borish  sharoitlari  va 

kuzatishlar(lampaning 

yonish  yoruqligi,  eritma 

rangini o’zgarishi, gaz yoki 

cho’kma  hosil  bo’lish  va 

xokazo) 


Molekulyar 

va 


ion 

tenglamalar,  reaktsiya  tez-

ligini,  dissotsiatsiya    va 

gidroliz 

konstantalari, 

eruvchanlik 

ko’payt-

masining 

matematik 

ifodalari. 

Jadvallardan 

olingan 


, 

Kd, 


EK 

qiymatlari 

Tajriba-

lardan 


olingan 

xulosalar 

(20 katak) 

(20 katak) 

(6 katak) 

(20 katak) 



23 

 

 



 

 

 

Nazorat savollari 

1.Quyidagi elektrolitlarning bosqichli dissotsiyalanish tenglamalarini yozing:  

a)natriy  gidrosul`fat,  b)kalsiy  gidrokarbonat,  v)magniy  gidrosul`fat,  g)ammoniy 

digidrofosfat, d)bariy gidroksid, e)sul`fid kislota, j)xrom (III) gidroksid. 

 2.  Elektrolitning:  a)har  100  ta  molekulasidan    30  molekulasi,  b)har  60  ta 

molekulasidan  12  ta  molekulasi  ionlarga  ajralgan  bo’lsa,  dissotsiatsiyalanish  darajasi 

necha prontsentga teng bo’ladi?  

                                   J: a) 30%, b) 20%. 

3. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish darajasi 70% ga teng. Erigan moddaning har 20 

molekulasidan nechtasi ionlarga dissotsiyalangan bo’ladi? 

                                   J: 14 molekula 

        4.  500  gr  suvda  5,35  gr  KIO

3

  eritilishidan  hosil  bo’lgan  eritmaning  osmotik 



bosimi  17,5 

0

S  da  2,18  kPa  ga  teng.  Eritmadagi  KIO



3

  ning  izotonik  koeffitsientini  va 

shartli dissotsialanish darajasini toping. 

J: i =1,83;  

 =0,83. 

5. 300 gr suvda 33,2 gr Ba(NO

3

)

2



 eritilishidan hosil bo’lgan eritma 100,466

0

S da 



qaynaydi. Ba(NO

3

)



2

 ning izotonik koeffitsienti va shartli dissotsiatsiyalanish darajasini 

toping. 

J: i =2,12;  

 =0,56. 

 

Laboratoriya ishi №6 

 

OKSIDLANISH – QAYTARILISH REAKSIYALARI  

VA ULARNING MUHIT (pH)GA BOG’LIQLIGI 

 

 

Ishning  maqsadi:  Elementlarning  oksidlanish  darajasini,  oksidlovchi  va 

qaytaruvchilarni aniqlash hamda oksidlanish-qaytarilish reaktsiya tenglamalarini tuzish 

usullari bilan tanishish. 



Kerakli reaktiv va jihozlar: (NH

4

)



2

Cr

2



O

7

 – ammoniy dixromat tuzi (olov rang 



kristall  modda),  3%  li  H

2

O



2

  –  vodorod  peroksidi(rangsiz  eritma),    MnO

2

  –marganes 



(IV)oksidi  (qora  kukun),        KI-  kaliy  yod  (rangsiz  eritma),        H

2

SO



4

  –sulfat  kislota 

(rangsiz  eritma),        KMnO

4

  –kaliy  permanganat  (siyox  rang  eritma),    Na



2

SO

3



  –natriy 

sulfit  tuzi  (rangsiz  eritma),          H

2

O-distillangan  suv,    FeCl



3

-temir(III)  xlorid 

eritmasi(qizg’ish  –qo’ng’ir  rangli),  qizil  qon  tuzi  K

3

[Fe(CN)



6

](sarg’ish  eritmasi), 

Cr

2

(SO



3

)

3



  -xrom  (III)  sulfit  tuzi  eritmasi  (yashil  rangli),  kaliy  sulfat    K

2

SO



  (rangsiz 

eritma),   I

2

 yodli suv (qo’ng’ir rangli eritma). 



Menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha,  probirka, spirt lampasi, chinni kosacha. 

  

 



 

24 

 

Tajriba 1. Ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi 



 

   Chinni kosachaga  (NH

4

)



2

Cr

2



O

7

 kristallining bir necha donasini soling va spirt 



lampasi  yordamida  qizdiring.  Hosil  bo’layotgan  mahsulotlar  harakteriga  diqqat  bilan 

nazar soling. Reaktsiya natijasida xrom(III)-oksid, azot va suv bug`lari hosil bo’lishini 

nazarda  tutib  reaktsiya  tenglamasini  yozing  oksidlovchi  bilan  qaytaruvchilarni 

ko’rsating. 



Tajraba 2. Disproportsiyalanish reaksiyasi 

Vodorod peroksidini  parchalash 

Probirkaga  2-3  ml  3%  li  vodorod  peroksid  (H

2

O

2



)  eritmasidan  quying  va  unga 

katalizator  sifatida  MnO

2

  kristallaridan  ozgina  soling.  Probirkaga  tezlik  bilan 



cho’g’langan cho’pni tushiring, nima kuzatiladi? 

Vodorod peroksidning katalizator ishtirokida parchalanish reaktsiyasi tenglamasini 

yozing. Nima uchun bu reaktsiya disproportsiyalanish turiga kiradi?  

 

Tajraba 3. Vodorod peroksidning oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasida    ikki 



yoqlamalilik. 

a) Probirkaga 2-3 ml KI eritmasidan quying va uning ustiga 1 ml H

2

SO

4



 bilan 1-2 ml 

H

2



O

2

 eritmalaridan qo’shing. Eritmani rangiga e’tibor qiling. Bu reaktsiyada I



2

 ajrishini 

e’tiborga olib oksidlanish-qaytarilish reaktsiya tenglamasini yozing. 

b) Probirkaga 2-3 ml KMnO

4

 eritmasidan quying va uning ustiga 1ml suyultirilgan 



H

2

SO



qo’shib  ustiga  rangsizlanguncha  tomchilab  H

2

O

2



  eritmasidan  qo’shing.  Gaz 

ajralib chiqishiga e’tibor qilib, reaktsiya tenglamasini oxirigacha yetkazing: 

 

KMnO


+ H


2

O

2



 + H

2

SO



4

 → MnSO


+ K


2

SO

4



 +… 

 

Tajriba 4. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga muhitning ta’siri. 

Uchta  probirkaga  2-3  ml  dan  0,1  n  KMnO

  eritmasidan  quying.  Probirkalardan 



biriga 2-3 ml 2 n H

2

SO



4

, ikkinchisiga 2-3 ml distillangan suv, uchinchisiga esa 2-3 ml 

ishqorning  kontsentrlangan  eritmasidan  qo’shing  va  probirkalarni  chayqatib 

aralashtiring.  Undan  keyin  har  bir  probirkaga  yangi  tayyorlangan  0.1  n  Na

2

SO

3



 

eritmasidan qo’shing. Kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda probirkalardagi eritmalar 

ranginig  o’zgarishini  kuzating  va  har  qaysi  muhitdagi  eritma  uchun  reaktsiya 

sxemalarini oxirigacha tugallang. 

pH < 7: KMnO

+ Na



2

SO



+ H

2

SO



→ MnSO


+ Na


2

SO

4



 +… 

pH = 7: KMnO

+ Na


2

SO



+ H

2

O



 

→ MnO


+ Na


2

SO

4



 + KOH 

pH > 7 : KMnO

+ Na


2

SO



+ KOH

 

→ K



2

MnO


+ Na


2

SO

4



 +… 

qaysi muxitda KMnO

ning oksidlash xossasi kuchliroq namoyon bo’ladi?   



Tajribalardan olingan natijalarni xisobot blankasiga yozing 


Download 458.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling