UMUMIY VARIANT
1-topshiriq. O‘z viloyatingiz shevasini aniqlang va o‘z shevangizga oid bo‘lgan 20 ta so‘zni bobo va buvijonlarimiz nutqidan yozib oling. Ularning hududingizda ifodalayotgan ma’nosi va adabiy tildagi variantini jadval asosida keltiring.
Topshiriq quyida keltirilgan namuna asosida bajarilishi zarur:
T/r
|
Shevangizga oid so‘z
|
*Qaysi hudud
|
Hududingizdagi ma’nosi
|
Adabiy til varianti
|
1
|
Soti
|
Toshkent viloyati
|
Baland joyga chiqish uchun zinapoyali yog‘ochdan yasalgan qurilma
|
Narvon
|
2
|
Mashide
|
Toshkent viloyati
|
Bir insonni ko’rsatish.
|
Mana shu
|
3
|
Opoqi
|
Toshkent viloyati
|
|
Bobo
|
4
|
Gashir
|
Xorazm
|
Poliz ekini. Ovqatlarga solinadi
|
Sabzi
|
5
|
Yorqanot
|
Farg’ona
|
Qush turi.
|
Ko’rshapalak
|
6
|
Adrasman
|
Jizzax
|
O’simlik turi.
|
Isiriq
|
7
|
Valish
|
Farg’ona
|
Ishkom, ya’ni uzum toklarini ko’tarib qo’yish, tarash, yoyish uchun yog’och yoki temirdan baland qilib qurilgan qurilma
|
So’ritok
|
8
|
Barak
|
Xorazm
|
Ovqatga solinadi. Xamirdan tayyorlanadi
|
Chuchvara
|
9
|
Taxya
|
Xorazm
|
Boshga kiyadigan kiyim
|
Do’ppi
|
10
|
Kallapo’sh
|
Buxorada
|
Boshga kiyadigan kiyim
|
Do’ppi
|
11
|
Patinjon
|
Namangan
|
O’simlik turi
|
Pamidor
|
12
|
Sog’at
|
Toshkent
|
Vaqtni ko’rsatish uchun qurulma
|
Soat
|
13
|
Kasa
|
Xorazmda
|
Choy quyib ichiladigan idish
|
Piyola
|
14
|
Doda
|
Toshkent viloyati
|
Padari buzukrukvorimiz
|
Ota
|
15
|
Chakki
|
Qashqadaryo
|
Ayrondan olinadigan mahsulot
|
Suzma
|
16
|
Tovoq
|
Qashqadaryo
|
Oshxona jixozi
|
Lagan
|
17
|
Pishak
|
Qashqadaryo
|
Uy hayvoni
|
Mushuk
|
18
|
Buvi
|
Namangan
|
volida
|
Ona
|
19
|
Shpitki
|
Namangan
|
Ro’zg’or buyumi
|
Supurgi
|
20
|
Igna cho’p
|
Qashqadaryo
|
Tikish jihozi
|
To’g’nog’ich
|
* Eslatma: Siz yashayotgan viloyat, tuman, qishloq, mahalla nomi to‘liq ko‘rsatilishi kerak. Topshiriqni bajarishning oson yo‘li: bobo va buvilarimiz nutqini kuzatish va ularning nutqida sizga tushunarsiz bo‘lgan so‘z ma’nosini so‘rab olishdir.
2-topshiriq. Avval qo‘sh undosh va qator undoshlarni, keyin qo‘sh unli va qator unlilarni izohlang. Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Adabiy talaffuz va imlo me'yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Qator kelgan unlili so'zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday so'zlardagi qator unlilarni og'zaki nutqda yo bir cho'ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim) yoki qator kelgan unlilar o'rtasiga ayrim undoshlarni qo'shish yo'li bilan tilimizga moshlashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so'zi Farg'onada sohat, Toshkentda sog'at tarzida talaffuz qilinadi. Qo‘sh unli va qator unli orasidagi farqlanishni tushuntiring. Qo‘sh undosh va qator undosh orasidagi farqlanishlarni tushuntiring. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar qo'sh undoshli so'zlardir. Ikki, chaqqon kabi so'zlarda qo'sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, artilleriya kabi so'zlarda kelgan qo'sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi. Gramm, metall kabi so'zlar oxirida kelgan qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so'zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilganda, qo'sh undoshning biri yozilmaydi. Keltirilgan jadvalga ustun shaklida 20 ta qo‘sh unli, 20 ta qator unli; 20 ta qo‘sh undosh, 20 ta qator undoshlar kelgan so‘zlarni “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”dan topib yozing.
T/r
|
Qo‘sh undosh
|
Qator undosh
|
Qo‘sh unli
|
Qator unli
|
1
|
Amma
|
Daraxt
|
Manfaat
|
Soat
|
2
|
Diqqat
|
Do’st
|
Tabiiy
|
Qanoatli
|
3
|
Katta
|
To’xtamoq
|
Inshoot
|
Doimiy
|
4
|
Tizza
|
O’rtoq
|
Vakuum
|
Rioya
|
5
|
Do’ppi
|
Sabr
|
Taajjub
|
Aerotadqiqot
|
6
|
Shovvoz
|
Transport
|
Matbaa
|
Ijtimoiy
|
7
|
Chaqqon
|
Bloger
|
Taalluqli
|
Oila
|
8
|
Sodda
|
Monand
|
Taassurot
|
Saodat
|
9
|
Oddiy
|
Ilhom
|
Istehzoomuz
|
Saodatli
|
10
|
Modda
|
Barg
|
Murojaat
|
Duo
|
11
|
Million
|
Ulkan
|
Mudofaa
|
Radio
|
12
|
Ikki
|
Mehmon
|
Baadab
|
Teatr
|
13
|
Yetti
|
Qishloq
|
Mutolaa
|
Tabiat
|
14
|
Quvvat
|
Kechqurun
|
Badiiy
|
Muallim
|
15
|
Murabbiy
|
Bulbul
|
Shur
|
Material
|
16
|
Qassob
|
Yurt
|
Zoologiya
|
Xushmuomala
|
17
|
Iffat
|
Qasdlashib
|
Taassuf
|
Maosh
|
18
|
Karra
|
Girdob
|
Suiistemol
|
Muommo
|
19
|
Qattiq
|
Oqshom
|
Manbaa
|
Okean
|
20
|
Tilla
|
Qayrag’och
|
Taammul (muhokama)
|
Shoir
|
Eslatma: Topshiriqni bajarish uchun avval ona tili darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan qo‘sh va qator undoshlar, shuningdek, qo‘sh va qator unlilar haqida berilgan ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing. Shundan so‘nggina topshiriqlarni bajarishga kirishing.
3-topshiriq. Mazkur topshiriqni bajarish orqali siz semema, nomema va sema tushunchalarini farqlashingiz zarur bo‘ladi. Buning uchun avval ona tili darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan semema, nomema va sema tushunchalari haqida o‘qib o‘rganishingiz zarur bo‘ladi.
Quyida berilgan jadvalga 20 tada so‘zning sememasini, nomemasini hamda semalarini izohlashingiz kerak.
T/r
|
So‘z (lug‘aviy birlik)
|
Nomema
|
Semema
|
Semalar
|
1
|
Daraxt
|
6ta tovushdan, 6 ta harfdan iborat 2ta bo’g’in bor.
|
O’simlik Predmet.
|
Yerda o’suvchi, tanali, ildizli, shoxli, bargli
|
2
|
O’rik
|
4ta tovushdan, 4ta harfdan iborat. 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli va 2ta undosh bor.
|
Predmet. O’simlik. Ho’l meva turi. Shu mevani beradigan daraxt
|
Yerda o’suvchi. Tanali. Ildizi. Shoxli. Bargli. Shu mevaning quritilgani.
|
3
|
Kitob
|
5ta tovush, 5ta harfdan iborat. 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli va 3ta undosh bor.
|
Bilim manbai.
|
Muqovasi qalin. Qiziqarli. Ko’p varoqli.
|
4
|
Inson
|
5ta harf, 5ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli va 3ta undosh bor.
|
Ongli mavjudot.
|
Ko’ngli ochiq, saxiy, g’iybatchi, baxil, aqlli, fikrlovchi.
|
5
|
Quyosh
|
5ta tovush, 6ta harf, 2ta bo’g’indan iborat.
|
Osmon jismi. Issiqlik manbai
|
Issituvchi, yorituvchi, sariq
|
6
|
Paxta
|
5ta tovush, 5ta harf, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli va 3ta undosh bor.
|
Foydali o’simlik, kumush tola.
|
Oppoq, momiq paxta. Yerda o’suvchi, ildizli, bargli o’simlik.
|
7
|
Maktab
|
6ta harf, 6ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli, 4ta undosh bor
|
Bilim maskani. Ta’lim dargohi.
|
O’qishni o’ragatadigan, yozishni o’rgatadigan, ilm nuri jamlangan joy.
|
8
|
Olma
|
4ta harf, 4ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli, 2ta undosh bor.
|
Mevali daraxt.
|
Yerda o’suvchi, tanali, ildizli, bargli, mevali, qizil, sariq, yashil rangli.
|
9
|
Tikuvchi
|
7ta harf, 6ta tovush, 3ta bo’g’in bor. 3ta unli, 3ta undosh 1ta harf birikmasi dan iborat.
|
Kiyim-kechak tikuvchi inson.
|
Ko’ylak, shim, yubkalar, har xil buyumlar tikuvchi
|
10
|
Lola
|
4ta harf,4ta tovush,2ta bo’g’in,2ta unli,2ta undoshdan iborat.
|
O’simlik,
peretmet
|
Yerda o’suvchi,tanali,gulli,bargli,
qizil,sariq rangli o’simlik
|
11
|
Globus
|
6ta harf, 6ta tovush,2ta bo’g’in,2ta unli,4ta undoshdan iborat.
|
Yer sharining sun’iy tasviri tushirilgan o’quv quroli.
|
Dumaloq,kichiraytirilgan shakildagi sun’iy yer shari.
|
12
|
Bahor
|
5ta harf,5ta tovush,2ta bo’g’in,2ta unli,3ta undoshdan iborat.
|
Yil fasli
|
Fasillar kelinchagi. Ko’klam
|
13
|
Telefon
|
7ta harf, 7 ta tovush, 3ta bo’g’indan iborat. 3ta unli va 4ta undosh bor.
|
Aloqa vositasi.
|
Insonlar o’zaro suhbatlashadilar. Redmi, samsung kabi turlari bor.
|
14
|
Anor
|
5ta harf, 5ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat
|
Meva turi.
|
Yerda o’suvchi, tanali gulli, shoxli nardon meva, qizil rangli.
|
15
|
Kompyuter
|
9ta harf 9ta tovush, 3ta bo’g’indan iborat. 3ta unli va 6ta undosh bor
|
Texnika vositasi.
|
Klaviyaturali, sichqonchasi bor, ekrani, notbuk varianti ham bor.
|
16
|
O’quvchi
|
7ta harf, 6ta tovush, 3ta bo’g’indan iborat.
|
Maktab o’quvchisi. Bilim oluvchi shaxs.
|
A’lochi, odobli, bilimli o’quvchi.
|
17
|
Muallim
|
7ta harf, 7ta tovush, 3ta bo’g’indan iborat.
|
Bilim beruvchi shaxs.
|
Mahoratli, ma’rifatli, izlanuvchan, o’rta maxsus, oliy ma’lumotli, toifali
|
18
|
Bo’ri
|
4ta harf, 4ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli va 2ta undosh bor
|
Yavvoyi hayvon.
|
O’tkit tishli, qora, ola, oq, yirtqich hayvon.
|
19
|
Bayroq
|
6ta harf, 6ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli, 4ta undosh bor.
|
Davlat ramzi.
|
1ta oy, 12ta yulduz, havorang, oq, qizil, yashil rangda bo’ladi.
|
20
|
Yulduz
|
6ta harf, 6ta tovush, 2ta bo’g’indan iborat. 2ta unli, 4ta undosh bor.
|
Osmon jismi.
|
Mayda, yaltiroq koinat jismi.
|
Keltirilgan tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun quyida chizmadan iborat bo‘lgan 2 ta slayd keltiriladi:
4-topshiriq. Mazkur tushunchalarning ta’rifini yozing. So‘ngra, ular o‘rtasidagi sxemaviy bog‘liqliklarni aniqlang. Tushunchalarni o‘z tushunchaning bo‘yicha yoriting. Topshiriqni bajarishdan avval tavsiya etilayotgan adabiyotlarni o‘qib o‘rganing.
|
Milliy til bu — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi.
|
|
Adabiy til bu – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til o‘zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha bo‘lgan (masalan, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi o‘zbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini o‘tagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til bo‘lgan.Adabiy tilning ikki – og‘zaki ham yozma ko‘rinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq og‘zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq bo‘lishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli ko‘rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va og‘zaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb bo‘lmaydi.Adabiy til o‘z mezonlarini egallagan shu tilda so‘zlashuvchilar barchasi uchun bir-dekdir U ham yozma, ham og‘zaki shakllarda amalda qo‘llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga bo‘ysunsada, 181ko‘plab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni o‘zida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda bo‘lmagan. Adabiy til bilan milliy til o‘rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo‘lgan xalq millat bo‘lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii o‘taydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi munosabat alohida muammoni tashkil etadi. Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo‘lsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkablashadi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda shevalar Adabiy til bilan teng suratda qo‘llanmoqda.Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bog‘lanadi. Ammo bu bog‘lanish bir tomonlama. Chunki til uslubiyatlarining o‘zi Adabiy til ko‘rinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat bo‘ladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma’lum shaklda birikishi va vazifasining o‘ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi.O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) o‘zbek Adabiy til rivojini ta’minlovchi muhim voqea bo‘ldi. O‘zbek Adabiy tili turli xalqlar Adabiy tili rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda
|
|
Sheva bu - mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega bo'lgan, bir yoki bir necha qishloqni o'z ichiga oluvchi kichik bir qismi, gumhi [125, -130]. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohidaalohida bo'ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi; b) adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo'ysundirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yo'q; d) adabiy tilning qo'llanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo'llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; e) adabiy tilda davlat ishlari — xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, m a’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qo'llanmaydi.
|
|
Lahja bu – fonetik, leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig'indisi. U dialekt nomi bilan ham ataladi.
|
|
Varvarizm bu (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar. V. asosan soʻzlashuv uslubiga xos, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga kirmaydi. V.dan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Mas., V. iyemni ("Xanka", "Tanka"), pulni ("koʻkidan" bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni ("mer", "shef", "bos", "baron") va h.k.ni anglatadi, shuningdek mazax kilishda foydalaniladi. Oʻzbek tili davlat tili maqomini olgach, turli tillar-dan, ayniqsa rus tilidan kirgan V.dan ("madam", "bratan", "zemlyak", "paxan", "dedulya" va b.) oʻzbek soʻzlashuv tili faol tozalana boshladi.
|
|
Vulgarizm bu Vulgarizmlar qo'pol, haqorat mazmunidagi so'zlar. Vulgarizmlar badiiy asarlarda salbiy qahramonlarning dag`alligi, qo'polligi va madaniyatsizligini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Lekin bunday so'zlarning nutqda qo'llanilishi salbiy hodisadir Parazit so'zlar ortiqcha qaytariqlar, bekorchi so'zlardir. So'zlovchining tilga e'tiborsizligi tufayli yuzaga keladi va doimiy qo'llanilib borilsa, odatga aylanib qolishi mumkin. Masalan, ya'ni, demak, xo'sh, tak va b. Bunday lug`aviy birliklarni me'yoridan ortiq qo'llash nutqning saviyasini pasaytiradi.
|
|
Jargonlar bu Jargon va argolar – biror ijtimoiy guruh o'rtasida qo'llaniladigan va ularning talablarini ifodalovchi maxsus so'z va iboralar. Jargonlar fikrni boshqalardan sir tutish uchun qo'llaniladi. Jargonlar o'ziga xos sun'iy, shartli so'zlardir.
|
|
Argolar - (frans. argot – jargon) – ma’lum toifa kishilargagina tushunarli so‘zlar mavjudligi bilan umumxalq tilidan farq qiluvchi biror ijtimoiy toifa, guruh (mas, dallollar, sportchilar, talabalar, o‘g‘rilar va hokazo)ga xos yasama til.
|
5-topshiriq. Omonim so‘zlarga 20 ta misollar yozing va har bir omonim so‘zning ma’nosini izohlang. Istasangiz «Omonim so‘zlar lug‘ati»dan ham foydalanishingiz mumkin. Topshiriqni bajarishdan avval tavsiya etilayotgan adabiyotlarni o‘qib o‘rganing.
T/r
|
Omonim so‘zlar
|
Turkumi va ma’nosi
|
Turkumi va ma’nosi
|
Turkumi va ma’nosi
|
1
|
Ot
|
Chaqaloqqa ot qo’ydi. Ot – ot so’z turkumi.
|
To’pni menga ot. Ot – fe’l so’z turkumi.
|
Dalada ot kishnadi. Ot – fe’l so’z turkumi.
|
2
|
O’t
|
Uyga o’t ketdi. O’t (olov) –ot so’z turkumi.
|
Dalada o’t ko’kardi. O’t (o’simlik turi)– ot so’z turkumi
|
Anvar ariqdan o’t O’t (o’tmoq) – fe’l so’z turkumi
|
3
|
Un
|
Bu o’quvchini unni ham chiqmaydi. Un (tovush) – ot so’z turkumi.
|
Nonvoy bug’doy unidan non yopdi. Un ( mahsulot) – ot so’z turkumi.
|
Sumalak qilish uchun bug’doy undirmoqda. Undirmoq – fe’l so’z turkumi
|
4
|
Burun
|
Burun ko’p qiziqarli kitoblar o’qir edim. Burun (avval) - ot so’z turkumi.
|
Burun qismi biroz katta edi. Burun (yuz qismi) – ot so’z turkumi.
|
|
5
|
Yuz
|
Buvijonimni yoshlari yuzga yetib qoldi. Yuz – (sanoq son) son so’z turkuni.
|
Salimani yuzida kulgichi bor. Yuz – (odamning boshining old tomoni) ot so’z turkumi.
|
|
6
|
Qurt
|
Buvijonim tayyorlagan qurtlar sho’rtakkina bo’ladi. Qurt (sut, qatiqdan qilingan ozuqa) – ot so’z turkumi.
|
Qurt ekinlarni tomirini yemiradi. Qurt (hashorat) – ot so’z turkumi
|
|
7
|
Qarg’a
|
Qish faslida qarg’a uchib keladi. Qarg’a (qush turi) – ot so’z turkumi
|
Og’ziga kelganini aytib Gulsarani qarg’amoqda. Qarg’amoq- fe’l so’z turkumi.
|
|
8
|
Tok
|
Tok simlari tarang tortilgan. Tok (elektr tok) ot so’z turkumi.
|
Tok bargidan mazzali taom tayyorladi. Tok (uzum daraxti) ot so’z turkumi
|
|
9
|
Son
|
Sanoq sonlar to’plami. Son- (raqam) ot so’z turkumi.
|
Son qismidan yaralandi. Son – (odamning son qismi) ot so’z turkumi.
|
|
10
|
To’rt
|
Baxtiyor matematika fanidan to’rt baho oldi. To’rt – (son) son so’z turkumi.
|
Tug’ilgan kuniga to’rt sovg’a qilishdi. To’rt (shirinlik turi) ot so’z turkumi.
|
|
11
|
Tu’g’ulmoq
|
Oilamizda yangi chaqaloq tug’uldi. Tug’uldi – fe’l so’z turkumi.
|
Yangi – yangi g’oyalar tug’ildi. Tug’uldi – fe’l so’z turkumi.
|
|
12
|
Kul
|
O’choqni kuli. Kul –ot so’z turkumi.
|
Nargiza chiroyli kuldi. Kulmoq – fe’l so’z turkumi.
|
|
13
|
Sirka
|
Olma sirkasi bor. Sirka ot so’z turkumi.
|
Boshi sirkalab ketibdi. Sirka (hashorat) ot so’z turkumi.
|
|
14
|
Ko’z
|
Odamning ko’zi. Ko’z – ot so’z turkumi.
|
Derazaning ko’zi. Ko’z – ot so’z turkumi.
|
Ishning ko’zi. Ko’z – ot so’z turkumi
|
15
|
Tor
|
Tor – chalg’u asbobi. Tor – ot so’z turkumi
|
Bizning hovlimiz tor. Tor – sifat so’z turkumi
|
|
16
|
Qirq
|
Qog’ozni qaychi bilan qirq. Qirq (harakat) – fe’l so’z turkimi
|
Yoshi qirqga to’ldi. Qirq (son) – son so’z turkumi.
|
|
17
|
Uch
|
Uch raqamini ko’rsat! Uch (raqam) son so’z turkumi.
|
Osmonlarga uch! Uch (harakar) – fe’l so’z turkumi.
|
Narsaning otkir tomoni. Uch (ot)
so’z turkumi
|
18
|
Yon
|
Yon qo’shnim bilan juda ahilmiz. Yon (tomon) –ot so’z turkumi.
|
Qalin o’rmon yondi. Yon (yonmoq) fe’l so’z turkumi
|
|
19
|
Tut
|
Tut daraxti. Tut – ot so’z turkumi.
|
Qo’lidan tutmoq. Tut – fe’l so’z turkumi.
|
|
20
|
Chaqmoq
|
Bahor faslida chaqmoq chaqib, yomg’ir yog’adi. Chaqmoq – ot so’z turkumi.
|
O’rmonda do’stimni ilon chaqmoqchi bo’ldi. Chaqmoq – (harakat) fe’l so’z turkumi.
|
|
6-topshiriq. Tasviriy ifodalarga 10 ta misollar yozing va har bir tasviriy ifoda ishtirokida gap tuzing. Topshiriqni bajarishdan avval tavsiya etilayotgan adabiyotlarni o‘qib o‘rganing.
T/r
|
Tasviriy ifoda
|
Gap
|
1
|
Podshohi
|
O’rmon podshohi – sher.
|
2
|
Do’stlar
|
Qanotli do’stlar - qushlar .
|
3
|
Lochinlari
|
Samo lochinlari – fazogirlar.
|
4
|
Malikasi
|
Dala malikasi – makkajo’xori.
|
5
|
Sohiblari
|
Mo’yqalam sohiblari – rassomlar.
|
6
|
Kelinchagi
|
Uyg’onish va fasllar kelinchagi – bahor.
|
7
|
Sultoni
|
G’azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy.
|
8
|
Gimnastikasi
|
Aql gimnastikasi – matematika.
|
9
|
Ko’zimning nuri
|
Ko’zimning nuri – farzandim.
|
10
|
Salomatlik posbonlari
|
Salomatlik posbonlari- shifokorlar
|
11
|
Charm qo’lqop ustasi
|
Charm qo’lqop ustasi – bokschi
|
12
|
Hayotimiz qomusi
|
Hayotimiz qomusi - konstitutsiya
|
13
|
Kumush tola
|
Kumush tola – paxta
|
14
|
Oltin boshoq
|
Oltin boshoq – bug’doy
|
15
|
Zangori olov
|
Zangori olov - gaz
|
7-topshiriq. O‘zbek tilining agglyutinativ xususiyatlarini 30 ta so‘zning agglyutinativ tahlili asosida ko‘rsating. Dastavval, aglyutinatsiyaning xususiyatlarini izohlang.
T/r
|
So‘zlar
|
Aglyutinativ tahlil
|
*Izoh
|
1
|
Kitobning
|
Kitob – asos, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi
|
Bu so’zga 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
2
|
Vafodorlikning
|
Vafo-asos, -dor - so’z (sifat) yasovchi qo’shimcha, -lik – so’z (ot) yashovchi qo’shimcha, -ning – qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda asosga ketma-ket 2ta so’z yasovchi va 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
3
|
Paxtakorlarga
|
Paxta – asos, -kor so’z (sifat) yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ga – jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
|
Bu so’zda asosga 1ta so’z yasovchi, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
4
|
Ekinlarga
|
Ek – asos, -in (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, - ga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
5
|
Epchillik
|
Ep – asos, -chil (sifat), -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
6
|
Gapirganda
|
Gap-asos, -ir (fe’l) so’z yasovchi qo’shimcha, -gan (sifatdosh), -da o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
7
|
Ishchilarga
|
Ish – asos, -chi (ot) so’z turkumi qo’shimchasi, -lar ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
8
|
Kengaytirdi
|
Keng – asos, -ay (fe’l) so’z yasovchi qo’shimcha, -tir (ortirma nisbat), -di (o’tgan zamon)
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
9
|
Insoniyatniki
|
Inson – asos, -iy (sifat) so’z yasovchi qo’shimcha, -at (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -niki (qarashlilik)
|
Bu so’zda 2ta soz yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
10
|
Go’zalligi
|
Go’zal – asos, -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -i (egalik) 3-shaxs birlik qo’shimchasi
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
11
|
Qalamdonning
|
Qalam – asos, -don (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
12
|
Sabrsizlikdan
|
Sabr- asos, -siz (sifat yasovchi), - lik (ot yasovchi) so’z yasovchi qo’shimcha, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
13
|
Suhbatdoshlarning
|
Suhbat-asos, -dosh (ot) yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
14
|
Suvsizlikdan
|
Suv – asos, -siz (sifat), -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
15
|
Giyohlarni
|
Giyoh – asos, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ni tushum kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
16
|
Do’stlikni
|
Do’st – asos, -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -ni tushum kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
17
|
Ilmsizlikdan
|
Ilm – asos, -siz (sifat yasovchi), - lik (ot yasovchi) so’z yasovchi qo’shimcha, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
18
|
Erinchoqliklarini
|
Erin-asos, -choq (sifat), - lik (ot yasovchi) so’z yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -i (egalik) 3-shaxs birlik qo’shimchasi, -ni tushum kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
19
|
Fuqarolardan
|
Fuqaro-asos, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
20
|
Partadoshimning
|
Parta-asos, -dosh (ot) yasovchi qo’shimcha, -im 1-shaxs birlik egalik qo’shimchasi, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi, 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
21
|
Muhtojliklaridan
|
Muhtoj-asos, - lik (ot yasovchi) so’z yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -i (egalik) 3-shaxs birlik qo’shimchasi, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda 1ta so’z yasovchi, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
22
|
Unumdorlikni
|
Un – asos, -um (ot), -dor (sifat), -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -ni tushum kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zda ketma - ket 3ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
23
|
To’plamlarda
|
To’p – asos, -la (fe’l), -m (ot) so’z yasovchi qo’shimchalar, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -da o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi
|
Bu so’zda ketma - ket 2ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi, 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
24
|
Vatandoshlarimizning
|
Vatan-asos, -dosh (ot) yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -imiz 1-shaxs ko’plikda egalik qo’shimchasi, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
25
|
Maktabdoshlar
|
Maktab – asos, -dosh (ot) yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
26
|
Mevazorlarning
|
Meva – asos, -zor (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
27
|
Betobliklaridan
|
Betob-asos, -lik (ot) so’z yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -i (egalik) 3-shaxs birlik qo’shimchasi, -dan chiqish kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
28
|
San’atkorlarning
|
San’at-asos, -kor so’z (sifat) yasovchi qo’shimcha, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha 1ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
29
|
Farzandlarimga
|
Farzand-asos, -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -im (egalik) 1-shaxs birlik qo’shimchasi, -ga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
|
Bu so’zga 1ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
30
|
Tarbiyalashlarini
|
Tarbiya – asos, -la (fe’l) so’z yasovchi qo’shimcha, -sh (harakat nomi), , -lar – ko’plik ma’nosidagi qo’shimcha, -i (egalik) 3-shaxs birlik qo’shimchasi, -ni tushum kelishigi qo’shimchasi.
|
Bu so’zga 1ta so’z yasovchi qo’shimcha, 2ta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha 2ta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha aglyutinativ xususiyat bo’yicha o’ng qo’l qoidasiga asosan qo’shilgan
|
*Izohda aglyutinatsiyani tushunchangiz bo‘yicha izohlang.
Barcha topshiriqlar bo‘yicha eslatma: Topshiriqlarning har biri talab darajasida bajarilishi shart. Topshiriqlarga qo‘yiladigan ballar tizimi quyida berilgan:
1-topshiriq:
|
5 ball
|
2-topshiriq:
|
5 ball
|
3-topshiriq:
|
5 ball
|
4-topshiriq:
|
5 ball
|
5-topshiriq:
|
5 ball
|
6-topshiriq:
|
bonus +5 ball
|
7-topshiriq:
|
5 ball
|
Jami:
|
30 ball
|
Topshiriqlar uchun kerakli materiallarni @tdpufilologiya manzilidan olishingiz mumkin. Topshiriq variantlari barcha talabalar uchun bir xil bo‘lib, ularning bajarilishi turlicha bo‘lishi zarur. Chunki, topshiriqlarni tuzishda har bir talabaning individual yondashuvi hisobga olingan. Shu bois hech bir talabaning javobi boshqa bir kursdoshining javobi bilan aynan bir xil bo‘lishi kerak emas. Aks holda, har ikki talaba yoki bir xillikka ega bo‘lgan talabalarning barchasi belgilangan baldan mahrum etiladi.
Topshiriqlarning bajarilish muddati 2021-yil 14-fevral soat 23:59 gacha.
“Ona tili”, “Ona tili praktikumi” hamda “Boshlang‘ich ta’limda imlo qoidalari” fanlaridan materiallarni olish uchun Boshlang‘ich ta’lim | ONA TILI telegram kanaliga qo‘shiling. Manzil: @tdpufilologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |