Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari shakli va mazmuni


II. BOB. GIMNASTIKA MASHQLARINI O‘RGATISH USLUBIYATI


Download 377.95 Kb.
bet4/8
Sana03.11.2023
Hajmi377.95 Kb.
#1744353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TALABALARGA GIMNASTIKA UMUMIY RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI O\'RGANISH JARAYONINI KETMA KETLIGI

II. BOB. GIMNASTIKA MASHQLARINI O‘RGATISH USLUBIYATI

  1. O‘rgatishning maqsadi vazifasi va bosqichlari

Gimnastika mashqlarini o‘rgatishdan maqsad, har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko‘nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarning o‘qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir. Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun:
ahamiyatli bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini shakllantirish;
kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash;
pedagogik-kasbiy ko‘nikmalarni (maxsus ta’lim o‘quv mas- kanlari talabalarida) shakllantirish lozim. Gimnastika mashqlarini o‘rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida o‘zlashtiriladigan mashqlar xilma- xil bo‘lib, ular gavdaning alohida qismlarini oddiy harakatlari, oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga solish bilan bog‘liq bo‘lgan mnrakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo‘llarni ikki yonga uzatib tayanish - chalishtirish, yakkacho‘pdagi yoki erkin mashqlardagi uch karra salto) harakatlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ba’zi bir mashqlarni o‘rganish oson kechadi. Bu mashqlarni o‘zlashtirib olish uchun ularning bajarilishini ko‘rish yoki nomlarini eslab qolishining o‘zigina kifoya bo‘ladi. Boshqa mashqlarni o‘rganish esa uzoq muddatda shug‘ullanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Aniq bir gimnastika mashqini o‘rgatishni shartli sur’atda 25 o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil qilishdan (boshlang‘ich ma’lumotdan) iborat bo‘lib, bunday tasawur har bir harakat faoliyatini ongli o‘zlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat to‘g‘risidagi (uning shaldi, ko‘lami, ta’sir yo‘nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va talaba xotirasida to‘plangan harakat tajribasi natijasida bo‘lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi umumiy bog‘lanishlar hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash (mashqni juda puxta o‘rganish). Bu bosqichda o‘qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishiashi natijasi o‘laroq, mashq haqidagi tasawur aniqlanadi, xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi ta’minlanadi. Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, avtomatlashtirilgan ko‘nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shug‘ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi. Mashqni o‘rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o‘zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa o‘xshash elementlari bor, texnikasi murakkab mashqlarni bajarishga, bajarish sharoitini o‘zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan qo‘shib bajarishga qaratilishi mumkin.
Mashqlarni asosiy pedagogik vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazariga ko‘ra tanlab olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Mashqlar shug‘ullanuvchilarga xar tomonlama ta’sir oyoq –qo‘l chigalini yozish, asosiy ginastika uchun U.R.M majmualarini tuzish chog‘ida xisobga olish ayniqsa mumkin.
Mashqlarni qo‘l- oyoqlar tartibida navbatlash tavsiya etiladi. Bunda qo‘llar uchun mashqlardan so‘ng oyoq mashqlari, keyin esa gavda uchun mashqlar bajariladi. Bu uch xil mashqlar bir seriyani tashkil etadi. Ertalabki badan tarbiya majmuasida 3-5 seriya bo‘lish mumkin.
Xar bir keyingi seriyada tananing aloxida qismlari uchun mashqlar almashinib turishi zarur.
Agar birinchi seriyada ko‘proq yozuvchi mushaklar ishtirok etsa, ikkinchi seriyada bukuvchi mushaklar faol ishga kirishishi maqsadga muvofiqdir. Mashqlarning xususiyatlarini o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Tezlik kuch xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar seriyasi kuch mashqlari bilan almashinishi, keyin esa egiluvchanlikni rivojlantiradigan mashqlarga o‘tilishi kerak. Yakunlanuvchi seriya esa chidamlilikni o‘stiruvchi mashqlardan iborat bo‘lgani mahqul. Majmua bo‘shashtiruvchi mashiqlar bilan tugallanadi.
Bu yerda qathiy qoidalarning bo‘lishishart emas, chunki U.R.M ning qo‘llanish bilan bog‘liq vazifalar doirasi xaddan tashqari kengdir.
2. Shug‘ullanuvchilar organizmiga xar tarflama ta’sir etish bilan birga U.R.M aloxida mushak guruhlari yoki muayyan jismoniy sifatlarni rivojlantirish xisobga olgan xolda tanlanadi.
3. Sportda keng qo‘llaniladigan o‘sib borish qoidasidan U.R.M majmuasini tuzishda xam foydalaniladi: amplidudani oshirish, xarakatlar tezligi, zo‘riqish darajasi, takrorlashlar miqdorini ko‘tarish xisobiga mashqlar samarasining o‘sib borishiga erishishladi. Bunga xar bir yangi mashg‘ulotda qathiy amal qilinadi. Shu tariqa xar bir mashq qo‘shimcha xarakatlar xisobiga kuchaytirib borishi mumkin.
Mashg‘ulotdan mashg‘ulotga U.R.M ni o‘zgarishsiz qo‘llashda organizmning nagruzkaga odatlanib qolishi (adaptatsiya- ko‘nikib qolish) mashqlar organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani va ularni asta- sekin murakkablashtirib borish kerakligini anglatadi.
U.R.M ni o‘tkazishningginastik usuli xarakatlarni qa’tiy tartibi, bunga erishish uchun esa dastlabki va so‘ngi xolatlar, xarakatlar yo‘nalishi va amplitudasi, ularning xususiyatlari aniq ko‘rsatilish lozim.
Bu mashqlarning aniq ta’sir ko‘rsatish va o‘lchamini (dozasini) belgilaydi. Mashqlarni tanlashda ularning gimnastik me’yorlanish qoidalariga qathiy amal qilmoq kerak. Masalan, oldinga engashishlarni bajarganda oyoqlar xolatini aniqlab olish shart, negaki, oyoqlarni birlashtirib, yelka kengligida, uchlarini tashqariga, ichkariga qilib qo‘yganda yoki kaftlari paralel xolda bo‘lsa, mashlar seriyasixam turlicha bo‘ladi. Engashishlar tez yoki sekin surhatda bajarilishiga qarab xam mashq xususiyati o‘zgaradi. Bu xolati xar xil bo‘lishi mumkin (orqa, to‘g‘ri tutiladi yoki yoysimon xolda). Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki U.R.M majmualarini tuzishda xar bir mashqni bajarish yo‘llarini, xarakatlar xususiyatlarini aniqlab ko‘rsatish lozim.
Boshlovchi o‘qituvchi ko‘pincha badantarbiya va oyoq- qo‘l chigalini yozish mashqlari majmuasini tuzish xamda buni o‘z o‘quvchilariga o‘rgatish kerak bo‘ladi.
Mashqlar nixoyatda turli – tuman bo‘lishiga qaramay, vaqt sinovidan o‘tgan va mazkur komplekslar uchun asos bo‘la oladigan mashqlar quyidagilar:
1. Tekislanib kerishish.
2. Qo‘l bilan aylanma va siltash xarakatlarini bajarish.
3. O‘tirib – turishlar.
4. Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirib va aylanma xarakatlar.
5. Boshqa engashtirishlar va aylanma xarakatlar.
6. Yotib qo‘llarga tayangan xolda ularni bukib- yozish.
7. O‘tirgan yoki yotgan xolda oyoqlarni ko‘tarish (yoki oyoqlarni maxkamlab gavdani ko‘tarish).
8. Oyoqlarni oldinga, orqaga yon tomonlarga siltash.
9. Sakrashlar (sapchishlar)
10. Joyda turib yurish yoki yugurish.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifasi; mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid bilimlar va terminlarni o‘rgatib borish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari shakillantirish hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, bolalar orasida mashg‘ulotlar judayam xushchaqchaq intizomli, atrof muhitda yaxshi harakatlanadigan, berilgan vazifaga muvofiq tez va aniqlik bilan, maqsad tomonga faoliyat ko‘rsata oladigan, axloqiy meyorlarga va ijodiylik namoyon eta oladigan bolalarni tarbiyalash bilan olib boriladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari kuz, qish va bahor faslida binoda hamda, ochiq maydonchalarda, maxsus joylarda o‘tkaziladi. Yoz faslida barcha jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, maxsus jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Yopiq xonadagi va ochiq havodagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro aloqadordir. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti mashg‘ulotning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binodagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari har doim sog‘lomlashtirish—gigienik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkazilishi (deraza fortochkalari ochiq yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar jismoniy mashq harakatlarning to‘g‘ri, chiroyli va aniq bo‘lishi,guruhda barcha bolalar umumiy harakat madaniyatini o‘zlashtirib boradi.Bolalarga mashg‘ulot davomida turli qo‘llanmalar va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.

Download 377.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling