Umumta`lim maktablarida masofaviy ta’lim metodidan foydalanish


Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim metodlari


Download 123.5 Kb.
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1357694
1   2   3   4
Bog'liq
04.04.3..UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA MASOFAVIY TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH.

Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim metodlari. Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi medellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (1-chizma):
Birlamchi model bu faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi.Bu modulning asosan zamonaviy kasblarni Kompyuter dasturlash grafik dizayn yo`nalishlarida o`qitishda foydalanish mumkun va bu qo`llanib kelinmoqda.
Ikkilamchi model unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi.Zamonaviy oliy ta`lim tizimida sirtqi talim yo`nalishlarida bu moduldan keng foydalanilmoqda.
Aralash model masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi.



1-chizma. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari.
Konsorsium masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni bo‘lishib olgan holda bajaradi.
Franchayzing o‘zaro hamkor universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalarda, konsorsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi.
Validatsiya (ingl. validation – qondirish) ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali a’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiligi muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akkreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling