Умумтаълим мактабларини дарсликлар


II. TOMONLARNING XUQUQLARI


Download 97 Kb.
bet2/3
Sana27.03.2023
Hajmi97 Kb.
#1299624
1   2   3
Bog'liq
шартнома бепул lotinda 2022

II. TOMONLARNING XUQUQLARI

2.1. Maktab foydalanuvchining aybi bilan darslik va yoki о‘quv metodik qо‘llanma yо‘kolgan yoki foydalanishga yaroksiz xolatga kelib qolgan taqdirda, zararini xuddi shunday darslik va о‘quv metodik qо‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur shartnomaning 4.2.3-bandida kо‘rsatilgan tartibda tо‘lashni talab qilish xuquqiga ega.


2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnoma tuzilganidan keyin uning 1.2-bandida kо‘rsatilgan darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalarni foydalanishga yarokli bо‘lgan xolatda bepul berilishini talab qilish xuquqiga ega.


III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

3.1. Maktab quyidagilarga majbur:


3.1.1. Mazkur shartnoma tuzilganidan keyin, uning 1.2-bandida kо‘rsatib о‘tilgan darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalarni foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bо‘lgan xolatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchining darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari tо‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash;
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalarni foydalanishga yarokli xolatda saqlanishini ta’minlash;
3.2.2. Darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalarni foydalanishga yaroqli xolatda maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar va yoki о‘quv metodik qо‘llanmalarni yо‘qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolatga kelib kolgan xolatlarda zararni xuddi shunday qoplash yoxud uning birlamchi xujjatlarda (xisob-fakturada, yuk xatida) kо‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda tо‘lash;
Birinchi sinf о‘quvchilarining xar bir darsligi uchun – uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf о‘quvchilarining xar bir darsligi uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5-11-sinf о‘quvchilarining xar bir darsligi uchun – uning tо‘rt baravari miqdorida.
IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Mazkur Shartnoma bо‘yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va konun xujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
4.2. Tomonlar bartaraf etib bо‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni qisman yoki tо‘liq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling