Umumta’lim muassasalari ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlar (pisa) dasturiga kiruvchi (Matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya) fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadli kurslari dasturlariga takliflar
Download 59.5 Kb.
|
Қисқа муддатли малака ошириш курсига ТАКЛИФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya fanlarni o`qitishda ilg`or xorijiy mamlakatlarning standart va nostandart o`quv topshiriqlaridan foydalanish.
- 2. Test topshirig`ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo`yiladigan talablar, reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy test topshiriqlarini tuzish
- 3. Pedagogik ning kasbiy kompetentli gi va unga xos sifatlar.
- 3. Pedagogik kreativlik mohiyati.
- Blum taksonomiyasini quyidagicha izohlash mumkin
Umumta’lim muassasalari ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlar (PISA) dasturiga kiruvchi (Matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya) fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadli kurslari dasturlariga TAKLIFLAR Matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya fanlaridan tashkil qilingan maqsadli kurslarining o’quv dasturiga asosan maktab o’quv-dasturidan o’rin olgan mavzular kiritilgan. Ushbu masadli kurs uchun tanlab olingan o’qituvchilar maktab o’quv dasturidagi mavzularni juda yaxshi o’zlashtirgan. Shu sababli barcha mavzularni o’qitishda o’qituvchilarda ijodiy yondashish ko’nikma va malakalariga hamda professional kompitentligini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. PISA xalqaro baxolash dasturida yuqori natijaga erishish uchun o’qituvchi kreativligi muhim xisoblanadi. Yuqorida keltirilgan fanlarning dasturlariga quyidagi mavzularni kiritishni tavsiya qilamiz 1. Matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya fanlarni o`qitishda ilg`or xorijiy mamlakatlarning standart va nostandart o`quv topshiriqlaridan foydalanish. Ta`lim samaradorligini orttirishda tahsil oluvchilarning o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat turlarini xilma-xillashtirish, gomogen va geterogen test topshiriqlarini tayyorlash yo`llari. Tahsil oluvchilarlarning o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda ilg`or xorijiy mamlakatlarning standart va nostandart test topshiriqlaridan foydalanish yo`llari. 2. Test topshirig`ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo`yiladigan talablar, reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy test topshiriqlarini tuzish O`quvchilarning o`zlashtirgan bilim, ko`nikma, malakalarini va xayotiy kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash. Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorati uchun reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy test topshiriqlarini tayyorlash yo`llari. Bilimni aniqlashda foydalaniladigan testlarning turlari. Ko`nikma va malakalarni aniqlashda foydalaniladigan testlarning turlari. Xayotiy kompetensiyalarini aniqlashda foydalaniladigan testlarning turlari 3. Pedagogikning kasbiy kompetentligi va unga xos sifatlar. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Kasbiy kompetentlik. Kasbiy kompetentlik sifatlari (ijtimoiy kompetentlik, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ) kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik. A.K.Markova va B.Nazarovalarning pedagogga xos kasbiy kompetentlikning tarkibiy asoslariga nisbatan ѐndashuvlari. Pedagogning o`z ustida ishlashi. Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari. Pedagogning o`z ustida ishlash modeli. O`zini o`zi tahlil qilish. O`zini o`zi baholash. O`zini o`zi samarali baholash omillari. O`z-o`zini baholash formulasi. O`zini-o`zi baholash modeli. Pedagogning o`z-o`zini rivojlantirishi. O`z-o`zini rivojlantirish vazifalari. “Individual rivojlanish dasturi”. Pedagogning individual rivojlanish dasturi. Pedagog “Individual rivojlanish dasturi”ning tarkibiy elementlari. Kasbiy rivojlanish shkalasi.
“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati. Kreativlik sifatlari. Bolalarda kreativlikni rivojlantirish shartlari. Shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to`sqinlik qiladigan omillar. Shaxs kreativligini ifodalovchi belgilar. Shaxs kreativligini aniqlovchi psixologik testlar. Pedagogning kreativlik potensiali. Kreativlik potensialiga ega pedagogda namoѐn bo`ladigan malakalar. Pedagogda kreativlik potensialini rivojlantirish metodlari. Pedagog kreativ potensialining tarkibiy asoslari. Pedagog kreativ potensialini ifodalovchi tamoyillar. Pedagogning krativlik potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar. Pedagog kreativ potensialining muhim darajalari. Bolalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishga oid Devid Lyuis ko`rsatmalari.
Umumiy o`rta ta`lim maktab o`qituvchilari o`rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda Blum taksonomiyasiga asosan o`quv maqsadlarini aniqlashi va shu asosda mashg`ulotlarni tashkil etishi lozim. O`quv maqsadlarini mashg`ulotning didaktik maqsadlariga muvofiq belgilanishi ta`lim samaradorligini aniqlash va kamchiliklarga barham berilishiga zamin tayyorlaydi. O`quv maqsadlari taksonomiyasi Benjamin Blum - tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, u o`z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo`llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o`z ichiga oladi. Blum taksonomiyasini quyidagicha izohlash mumkin:
Ushbu jadvalda o`quv maqsadlari, ularning izohi, ya`ni bilimlarni maqsadga aylantirishda foydalaniladigan fe`llar, seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari davomida baholash turlari, hamda Reyting tizimi nazorat turlarida foydalaniladigan topshiriqlar o`z aksini topgan. Mazkur bilimlarni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilganligini ob`ektiv va haqqoniy aniqlash va baholash maqsadida test topshiriqlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling