Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar


Download 21.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.11.2017
Hajmi21.88 Kb.
#19454

 

Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur 

shakllar 

Umumta'lim muassasida bolani o`qishga qabul qilish uchun yuqorida qayd 

etilgan hujjatlar asosida maktab rahbarining buyrug`i chiqariladi va ushbu buyruq 

bilan bola maktabga qabul qilinadi.  

har o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida 

birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar "O`quvchilar harakati daftari"ga 

belgilangan sahifalarga qayd etiladi. O`quv yili davomida direktor buyrug`i bilan 

maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf jurnali sahifalariga bir haftadan 

kechiktirilmasdan qayd etiladi. Barcha  o`quvchilarning familiyasi va ismlari 

sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq  yoziladi.  

 

 

III. Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 



zarur shakllar 

 

 Maktab  o`quv-pedagogik  hujjatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: 

o`quvchilar harakati daftari, buyruqlar daftarlari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi 

shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, tayanch ma'lumot 

to`g`risidagi guvohnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari (9 yilik umumiy 

o`rta ta'limga to`la o`tgunga qadar), maktab pedagogik kengashining 

bayonnomalari daftari, maktab pedagogik jamoasi shaxsiy tarkibini qayd etish 

daftari, o`qituvchilar tomonidan qoldirilgan va qoplangan darslarni qayd etish 

daftari, sinf jurnallari, kuni uzaytirilgan guruh jurnallari, o`quvchilar shaxsiy 

hujjatlari va boshqalar.   O`quvchilar  harakati, buyruqlar, pedagogik ketgash 

bayonnomalari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi  shahodatnomalar va tayanch 

ma'lumot haqidagi guvohnomalar, pedagogic jamoa shaxsiy tarkibini qayd  etish 

daftarlari qat'iy nazoratdagi hujjatlar bo`lib, maktab rahbari almashilganda akt 

asosida yangi direktorga topshiriladi. Akt yangi va sobiq maktab direktorlari va 

xalq ta'limi bўlimining mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi.  

 

O`quvchilar harakati daftari (maktabda doimiy saqlanadi)   

O`quvchilar harakati daftariga barcha o`quvchilarning familiyasi va ismlari 

sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq yoziladi. (Masalan, Ibrohimova Feruza). Har 

o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida birinchi 

sinfga qabul qilingan o`quvchilar belgilangan saрifalarga йayd etiladi. O`quv yili 

davomida direktor buyrug`i  bilan maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf  jurnali 

sahifalariga bir haftadan kechiktirilmasdan qayd etiladi. Har bir sinf uchun 

ajratilgan sahifa maktabga qabul qilingan o`quvchilarni qayd etish uchun 15 

qatordan kam bo`lmagan bo`sh joy qoldiriladi.  

     


Maktab pedagogik kengashi bayonnomalari daftari (maktabda doimiy 

saqlanadi). 

Bayonnomalar daftarida pedagogik kengashga kiritilgan masala 

muhokamasining borishi, kengash a`zolarining bildirgan taklif va mulohazalari 

hamda har bir masala yuzasidan qabul qilingan  qarorlar qayd etib boriladi. 

Bayonnoma matni ikki qismdan iborat bo`lib, kirish va asosiy qismlarni o`z ichiga 

oladi. Bayonnomaning kirish qismida kengash o`tkazilayotgan sana, bayonnoma 

raisi va kotibining familiyasi va ismlari, qatnashayotgan o`qituvchilar soni yoziladi 

Pedagogik kengashga taklif etilganlan, shuningdek kengashda qatnashmayotgan 

o`qituvchilar qatnashmaslik sabablari ko`rsatilgan holda familiyalari bo`yicha 

yozib chiqiladi. Bayonnomaning kirish qismi kun tartibi  tugatiladi. Kun tartibida 

"turli masalalar" yoki "boshqa masalalar" kabi mavzudagi masadadarni  kiritish 

tavsiya etilmaydi.  

  Buyruqlar daftarlari (saqlanish muddati 75 yil) 

 Odatda maktablarda ikkita buyruq daftari yuritiladi. Birinchi daftarga 

o`quvchilarga ta`luqli buyruqlar yozilsa, ikkinchisiga kadrlar haqida buyruqlar 

yoziladi.  

 

Maktab pedagogik jamoalarining shaxsiy tarkibini hisobga olish kitobi 



(saqlanish muddati 75 yil). 

 

Mazkur hujjat barcha maktablarda yuritiladi. Kitobga o`qituvchilar birdan 



boshlab umumiy tartibda raqamlanib kiritiladi. Yangi qabul qilingan o`qituvchi 

navbatdagi raqam bilan belgilanadi. O`qituvchilar haqidagi hamma kerakli 

ma'lumotlar qayd etilishi munosabati bilan kitobga har bir o`qituvchiga kamida uch 

satp ajritiladi. O`qituvchilar haqidagi barcha yozuvlar tegishli hujjatlarga 

asoslanishi shart.   

Kitob sahifalari raqamlanadi, tikiladi, maktab rahbari tomonidan imzolanadi 

va muhrlanadi. 

Mavjud tuzatishlar maktab rahbari tomonidan izohlanib imzolanadi.  



 

Umumiy o`rta (9 yillik) ma'lumot to`g`risidagi shahodatnomalarni 

hisobga olish va o`quvchilarga topshirishni qayd qilish kitobi (saqlanish 

muddati 75 yil). 

Kitobning birinchi qismi sahifalarida qabul qilib olingan va burilgan 

shahodatnoma (oddiy va a`lo darajali namunadagi) blanklari, ularning seriyalari va 

raqamlari, olingan sanasi, qabul qilib  olish yoki burish asoslari ko`rsatilgan holda 

alohida-alohida qayd etiladi.  

 

Qoldirilgan va o`rin to`ldirilgan darslarni hisobga olish daftari (saqlanish 

muddati 3 yil).  

Ushbu daftarni barcha maktablarda o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor 

o`rinbosari yuritadi.  

Daftarga tegishli hujjatlar asosida (maktab bo`yicha buyruq, sinf jurnallarinig 

yozuvlar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqalar)  o`qituvchilar tomonidan 

qoldirilgan darslar va o`rni to`ldirilgan darslar qayd etiladi.  



Darsni o`tkazgan o`qituvchi kitobga imzosini qo`yadi. Kitobdagi yozuvlar ish 

vaqtini va ish haqini hisobga olish tabeli yozuvlariga mos bo`lishi shart. 

 

Maktab hujjatlari tarkibida yuqorida qayd etilgan o`quv pedagogik 

hujjatlardan tashqari  

quyidagilar bўlishi kerak: 

chegaralari aniq ko`rsatilgan mikrouchastkalarning maktabga biriktirilganligi 

haqida mahalliy hokimiyat idorasining qarori nusxasi, maktab mikrouchastkasi 

huzuridagi maktab yoshidagi bolalarni  hisobga olish bo`yicha hujjatlar; 

sinfdan-sinfga ko`chirish va maktabni tugatish imtihonlari hujjatlari (imtihon 

komissiyasining bayonnomalari, baholar vedomosti, o`quvchilarning yozma ishlari 

va h.k.) maktabda 5 yil saqlanadi (o`quvchilarning 1 yil saqlanidigan yozma ishlari  

bundan mustasno); 

OSh-1, OSh-83 - statistik hisobotlar nusxalari maktabda 3 yil davomida 

saqlanadi.   

 

 Maktabdagi tashkiliy va boshqaruv hujjatlari 

maktabning hujjatlari tarkibida quyidagi tashkiliy va boshqaruv hujjatlari 

bo`lishi shart. 

Maktabning ustavi - tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlari tomonidan 

tasdiqlanadi va ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organida ro`yxatdan o`tkaziladi; 

Maktab pasporti; 

Ichki mehnat tartibi qoidalari; 

Maktab rahbariyati o`zgargan taqdirda tuzilgan, sobiq va yangi maktab 

direktori, xalq ta'limi boshqaruv organlari vakillari tomonidan imzolangan 

topshirish va qabul qilish akti (maktabda doimiy saqlanadi). 

 

Maktabning yangi o`quv yiliga tayyorligi haqidagi aktlar (2 yil 



saqlanadi);  

Muassasaning attestasiya va akkreditasiyadan o`tishi haqidagi hujjatlar 

(saqlanish muddati  5 yil);  

Maktabning o`quv yiliga mo`ljallangin va istiqbol rejalari; 

hukumatning ta'lim sohasidagi asosiy me`yoriy hujjatlari: "Ta'lim to`g`risida" 

gi qonun.  

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, asosiy qaror va farmoyishlar; 

Barcha fanlardan Davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturlari; 

Xalq ta`dimi organlarining maktab faoliyatiga ta`lluqli qaror va buyruqlari 

(yoki ulardan ko`chirmalar), yo`riqnomalar, xatlar; 



Moritoring natijalarini qayd etish daftari (saqlanish muddati 3 yil) va 

boshqalar. 

Maktabga kelayotgan va maktabdan chiqayotgan hujjatlar (kirim-chiqim 

hujjatlari) hamda maktab faoliyati jarayonida qabul qilingan boshqa qujjatlar 

maxsus kitoblarda (daftarlarda) qayd etiladi.  



Maktabning o`quv - tarbiya jarayonida, moliya-xo`jalik faoliyatida 

foydalanishni, belgilangan vazifalarning bajarilishini, hisobga olishni va boshqa 



jihatlarni talab etuvchi hujjatlar albatta qayd etilishi lozim. 

 

Download 21.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling