syujetli gullar deb ataladi. YUbileylarga atab chiqariladigan ro‗mollar, gobelenlar,
dasturxonlar, ba‘zi gazlamalarning gullari syujetli bo‗lishi mumkin.
Biror tushunchani ifodalashi mumkin bo‗lgan gullar (masalan, no‗xat,
yo‗llar, katak va hokazo) tematik gullar deb ataladi.
Ma‟nosiz gullar deb, abstrakt gullarga aytiladi. Gazlamalarda ular har xil
ranglar chaplamasi yoki noaniq konturlar tarzida bo‗ladi.
Gazlamalardagi gullarning asosiy gruppalari: no‗xat — oq, bir rangli yoki
ko‗p rangli doirachalar; yo‗llar — bo‗ylama yoki ko‗ndalang, bir rangli yoki ko‗p
rangli yo‗llar yoki yo‗llar ko‗rinishidagi naqshlar; katak — gazlamada katak yoki
shashkalar hosil qiladigan bo‗ylama va ko‗ndalang yo‗llarning galma-gal kelishi;
gullar va buketlar; o‗lchami 2 sm gacha bo‗lgan mayda gullar; o‗lchami 2 sm dan
katta bo‗lgan yirik gullar; kuponlar — yubka qiyiqlari ko‗rinishidagi gul, hoshiyali
gul va hokazo.
Kiyimni bichishda gazlama gulining xarakteri va yo‗nalishini hisobga olish
lozim. Kataq yo‗llar va yirik gullar bichish uchun eng qiyin bo‗lgan gullardir,
chunki bunda gulni gulga tug‗ri keltirish uchun ancha gazlama isrof bo‗ladi.
Bo‗yalishiga ko‗ra gazlamalar sidirg‗a bo‗yalgan, gul bosilgan, guldor,
melanj va mulinirlangan xillarga bo‗linadi. Rangli gazlamalardan tashqari,
oqartirilgan, yarim oqartirilgan va xom gazlamalar ham ishlab chiqariladi.
Gul bosilgan gazlamalar tagi oq (oq gazlamaga bosilgan gulli), o‗yma gulli
(sidirg‗a bo‗yalgan gazlamaga kimyoviy tushirilgan gulli), gruntli (gul gazlama
yuzining 60% gacha qismini tashkil etadi), fonli (gul bo‗yalgan gazlamaga
tushiriladi) xillarga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |