Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
GAZLAMALARNING KOLORITI
Kiyim modelini tanlash, konstruksiyalarini ishlab chiqish, buyumning g‗ijimlanuvchanligi, hajmi, o‗lchami va proporsiyalarining ko‗z bilan idrok etilishi gazlamalarning optik xossalariga, ya‘ni yorug‗lik oqimini ham miqdor jihatidan, ham sifat jihatidan o‗zgartirish xususiyatiga bog‗liq. Materiallarning rangi, yaltiroqligi, shaffofligi, oppoqligi kabi xossalari ularning yorug‗lik oqimini qaytarish, yutish, tarqatish, o‗tkazish xususiyatiga qarab namoyon bo‗ladi. Agar material yorug‗lik oqimini to‗liq qaytarsa yoki yusa, axromatik rang (oqdan qoragacha): yorug‗lik oqimini to‗liq qaytarganda — oq rang, to‗liq yutganda — qora rang, bir me‘yorda chala yutganda — har xil tuslardagi kulrang hissi paydo bo‗ladi. Agar material yorug‗lik nurini tanlab qaytarsa, xromatik rang (axromatik ranglardan boshqa barcha ranglar) hissi paydo bo‗ladi. Xromatik ranglar sovuq va iliq ranglarga bo‗linadi. YAshil-zangori, ko‗k binafsharanglar muz, ko‗kat, metall ranglarini eslatganligi uchun sovuq ranglarga kiritiladi. Sariq, zarg‗aldoq, qizil ranglar quyosh nuri, olov tafti haqida tasavvur bergani uchun iliq ranglarga kiritiladi. Xromatik ranglar uchun ohangdoshliq to‗yinganliq yorqinlik xosdir. Axromatik ranglar uchun esa faqat yorqinlik xosdir. Kolorit – gazlamalar gulida barcha ranglarning nisbati. Har xil ohangdoshliq to‗yinganliq yorqinlikka ega bo‗lgan ranglarni uyg‗unlashtirib gazlamalarga yorqin yoki so‗nik kolorit berish mumkin. Ko‗pincha gazlamalar bir xil gulli qilib chiqariladi. Lekin ularning koloriti har xil bo‗ladi. Butunittifoq engil sanoat buyumlari assortimenti va kiyim madaniyati instituti (VIALegprom) tikuvchilik materiallari assortimenttni rivojlantirishdagi asosiy yo‗nalishlarni ishlab chiqishda ularning koloristik bezalishiga katta ahamiyat beradi, modabop ranglar gammasini va modabop gullar namunalarini tavsiya qiladi. Gazlamalardagi gullar mazmuniga qarab ular syujetli, tematik va ma‘nosiz xillarga bo‗linadi. 136 Biror mazmunga ega bo‗lgan gullar (portretlar, rasmlar va boshqalar) Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling