1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA‟LIM FAKULTETI
UMUMTEXNIKA FANLARI VA TEXNOLOGIYA KAFEDRASI
RO‟YXATGA OLINDI
№ ______________
2020 y ―____‖ ________
«TASDIQLAYMAN»
Samarqand
davlat
universiteti
o‗quv ishlari bo‗yicha prorektori:
___________
prof.
A.Soleev
_______________2020 y
BILIM SOHASI:
100000 – GUMANITAR SOHA
TA‟LIM SOHASI:
TA‟LIM YO‟NALISHI:
110000 – PEDAGOGIKA
5112100 – TEXNOLOGIK TA‟LIMI
“
GAZLAMASHUNOSLIK” fanidan
O„QUV-USLUBIY MAJMUA
(Moodle tizimi rejasi asosida)
Tuzuvchi:
SamDU Maktabgacha ta‘lim fakulteti,
Umumtexnika
fanlari va texnologiya
kafedrasi katta o‘qituvchisi
L.E.Bobomurodova
Kafedra mudiri:
Fakultet o‟quv –uslubiy
kengashi raisi:
Fakultet dekani:
O‟quv-uslubiy boshqarma
boshlig‟i
dost. S.Elmonov
dots. T. Ostonov
prof. B. Xaydarov
dots.B. Aliqulov
SAMARQAND – 2020
3
1-MAVZU: TO„QIMACHILIK TOLALARINING OLINISHI, TASNIFI VA
ASOSIY XOSSALARI.
REJA:
1. Tolalar haqida umumiy ma‘lumot.
2. Tolalar klassifikasiyasi.
3. Tolalarning kimyoviy tarkibi.
4. Tolalarning asosiy xossalari.
Tikuvchilik sanoati aholini sifatli va bejirim
kiyim-kechaklarr bilan
ta‘minlashi lozim. Kiyim-kechak inson uchun eng zarur narsalardan biri
hisoblanadi, shuning uchun ham unga qo‗yiladigan talablar borgan sari oshib
boradi. Kiyimga qo‗yiladigan barcha talablarni
gigieniq texniq estetik va
iqtisodiy talablarga bo‗lish mumkin.
Gigienik talablar – insonning sog‗lig‗ini saqlashga qaratilgan talablar.
Kiyimning
asosiy
gigienik
ko‗rsatgichlari – havo o‗tkazuvchanliq
gigroskopikliqissiqdan himoya qilish xossalari, kirchilliq qulayliq suv
o‗tkazmaslik
va
hokazo.
Gigienik
talablar
buyumning
nimaga
mo‗ljallanganligiga bog‗liq. Ichki kiyim
va yozgi kiyimlarning havo
o‗tkazuvchanligi va gigroskopikligi yaxshi, qulay, oson yuviladigan bo‗lishi
keraq Qishlik kiyimlar issiq bo‗lishi, plashlar suv o‗tkazmasligi kerak va
hokazo.
Texnik
talablar–tikuvchilik
materiallarining
sifatiga
va
kiyimlar
tayyorlashga qo‗yiladigan talablar. Tikuvchilik
materiallari va tayyor
tikuvchilik buyumlari Butunittifoq Davlat stanartlari (GOST) yoki texnik
shartlar (TU) talablarini qanoatlantirishi lozim. Kiyim pishiq, eskirishga, yuvish
va kimyoviy tozalashga chidamli bo‗lishi keraq
E s t e t i k t a l a b l a r zamonaviylik bilan bog‗liq. Har qanday kiyim
pishiq va qulay bo‗lishdan tashqari, bejirim ham bo‗lishi lozim.
Iqtisodiy talablar – kkiyimning narxi bilan bog‗liq. Kiyim ma‘lum texniq
gigieniq estetik talablarga javob berishi, ayni vaqtda arzon bo‗lishi keraq
Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishni ko‗paytirish va asortimentini
kengaytirish asosiy tikuvchilik materiallari –
ip gazlama, jun, shyi va zig‗ir
tolali gazlamalar etkazib beradigan to‗qimachilik sanoatining taraqqiyotiga
bog‗liq. Sun‘iy va sintetik tolalar ishlab chiqarish jadal taraqqiy etayotganligi
munosabati bilan to‗qimachilik sanoatining
xom ashyo bazasi uzluksiz
kengayib bormoqda.