Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Tolalarning kimyoviy tarkibi.
Mineral tolalardan tashqari barcha toalar kimyoviy tarkibi jihatidan organik modalardir. Ular tibbiy yoki kimyoviy yo‘l bilan olingan turli-tuman yuqori molekulyar modalardir. Mineral tolalarning asosini anorganik moddalar tashkil qiladi. Barcha o‗simlik tolalarning asosini muarkkab organik birikma—selyuloza, yani uglerod, vodorod va kisloroddan iborat bo‗lgan kletchatka tashkil qiladi. Barcha hayvonot tolalari asosida yanada murakkabroq organik moddalar – oqsillar yotadi. Ular aminokislotalardan tashkil topgan. Oqsil tarkibida albatta uglerod, kislorod, vodorod va azot kabi elementlar bo‗ladi. Junni hosil qiladigan oqsil birikmasi – keratin tarkibida, bulardan tashqari oltingugurt ham bo‗ladi. Tabiiy ipaq ya‘ni pilla tolasi tarkibida ikki oqsil – fibroin va serosin bo‗ladi. 5 Sintetik tolalarning asosini murakkab organik birikmalar – ancha molekulalarni sintez qilib olinadigan polimetlar tashkil qiladi. 6 7 Tolalarning asosiy xossalari Tolalarning asosiy xossalariga ularning chiziqli zichligi, uzunligi, pishiqligi, cho‗ziluvchanligi, egiluvchanligi, ishlashuvchanligi, gigienik xossalari, tasshqi muhit ta`siriga chidamliligi kiradi. Tolalar juda ingichka jism hisoblanadi, ularning ko‗ndalang kesimi 2 dan 100 mkm gacha bo‗lishi mumkin. To‗qimachilik sanoatida diametri 60 mkm gacha bo‗lgan tolalar ishlatiladi. Tolalarning yo`g‗onligi (ingichkaligi) ni bevosita o‗lchash qiyin, shuning uchun tolalar yo`g‗onligining o‗lchov birligi sifatida chiziqli zichligi qabul qilingan. Tolaning chiziqli zichligi T (teks) tolaning uzunlik birligiga to‗g‗ri keladigan massa bilan ifodalanadi va tolalar massasi m ning (g) L o ga (km) nisbati bilan aniqlanadi: T=m/L o , bunda : m – massa, g; L o – uzunliq km. Agar tolaning uzunligi L metrda o‗lchansa, T (teks) ushbu formuladan aniqlanadi: T=1000m/L, bunda: m – massa, g; L – uzunliq m. Agar uzunligi 1000 m bo‗lgan tolaning massasi 1 g bo‗lsa, uning chiziqli zichligi 1 teksga, agar uzunligi 1000 m bo‗lgan tolaning massasi 2 g bo‗lsa, uning chiziqli zichligi 2 teksga teng va hokazo. Teks sistemasida tolaning yo`g‗onligi bilan teks miqdori orasida to‗g‗ri bog‗liqlik mavjud: tola qancha yo`g‗on bo‗lsa, teks ham shuncha k`op bo‗ladi. YAqinlargacha tolaning ingichkaligi teksga teskari qiymat – metric nomer N (m/g) bilan ifodalanar edi. Metrik nomer bilan chiziqli zichlik orasidagi munosabat quyidagicha: NT=1000, bundan N=1000/T/; T=1000/N. Tolalarning uzunligi mm, sm, m bilan o‗lchanishi mumkin. Eng kalta tola – paxta momig‗i va tukining uzunligi 1—2 mm. Pilla tolasi 1000 m va undan uzun bo‗ladi. Sun`iy va sintetik tolalarning uzunligi har xil bo‗lishi mumkin. Tolalarni yigirish usullari, kalava ipning yo`g‗onligi va pishiqligi tolalarning uzunligiga bog‗liq bo‗ladi. Uzun tolalardan ingichka va silliq kalava ip, kalta tolalardan esa yo`g‗onroq va mayin kalava ip ishlab chiqatiladi. Tolalarning pishiqligi uzish nagruzkasi bilan, ya`ni uzilish paytida ular bardosh beradigan eng katta kuch bilan ifodalanadi; bu kuchning o‗lchov birligi kH. Har xil yo`g‗onlikdagi tolalarning pishiqligini taqqoslash uchun nisbiy uzish nagruzkasi H (kH/teks) dan, ya`ni yo`g‗onlik birligiga to‗g‗ri keladigan uzish nagruzkasidan foydalaniladi P H =P y / T. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling