Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Bosiluvchanlik — bosish jarayonida junning kigizsimon to‗shama hosil 
qilish xususiyati. Ingichka, qayishqoq, serburam junning bosiluvchanligi yukori
bo‗ladi. 
Normal sharoitda mayin junning namligi 18%, dag‗al junniki — 15 %. 
Boshqa tolalarga nisbatan junning gigroskopikligi yuqori: u namni sekin shimib, 
sekin ketkazadi. Issiqlik va namlik ta‘sirida tola 60% gacha va undan ham ko‗p 
uzayadigan bo‗lib qoladi. Ho‗llab dazmollaganda cho‗ziluvchanligini o‗zgartirish 
va kirishish xususiyatiga ega bo‗lgani uchun junni dazmollab qisqartirish, chuzish, 
dekatirovka qilish mumkin. 
Kiyimni ximiyaviy tozalashda qo‗llaniladigan barcha organik erituvchilar 
ta‘siriga jup yaxshi chidaydi. 
Jun amfoter xossalariga ega, ya‘ni kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham 
ta‘sirlashishi mumkin. 
qaynatilganda jun o‗yuvchi natriyning 2% li eritmasida erishi mumkin. 
Suyultirilgan (10 % gacha) kislotalar ta‘sirida junning pishiqligi birmuncha oshadi. 
Konsentratsiyalangan azot kislota ta‘sirida jun sargayadi, konsentratsiyalangan 
sulfat kislota ta‘sirida ko‗mirga aylanadi. 
Quruq jun tolalari 110°C va undan yuqori temperaturada pishiqligini 
yo`qotadi. 
Junning yorurlikka chidamliligi o‗simlik tolalarnikiga qaraganda yuqori. 
Quyosh nurlari 1120 soat mobaynida to‗g‗ri tushib turganda jun tolalarining 
pishiqligi 50 % pasayadi. 


15 
Jun yondirilganda tolalar bir – biriga yopishib qoladi, alangadan 
chiqarilganda yonishdan to‗xtaydi, tolalarning uchlari dumaloqlanib, qorayib 
qoladi, kuygan pat hidi keladi. 
Tiklangan jun.To‗qimachilik sanoatida, hayvonlardan qirqib olinadigan 
jundan tashqari, arzon movut gazlamalar tayyorlash uchun aralashma tarkibiga 
zavodda tayyorlangan va tiklangan jun qo‗shish mumkin. Zavodda tayyorlangan 
jun — qoramol terisidan qirqib olingan jun. T i k l a n g a n jun — jun laxtaklar va 
eski jun buyumlarni titib, ya‘ni savab olingan jun. Tiklangan jun tolalari kalta va 
ko‗p hollarda shikastlangan bo‗ladi. Gazlama tarkibida tiklangan jun borligini 
bilish uchun uni oq qog‗oz varag‗i ustida burash keraq bunda tiklangan kalta jun 
tolalari qog‗oz ustiga to‗kiladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling