Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Sun‟iy tolalar. 
Viskoza tolalar. Vizkoza tolalar ho‗l usulda olinadi. Bunday xom ashyo 
sifatida archa, qayrag‗och, oq qarag‗ay, qora qayin yog‗ochidan olingan yog‗och 
sellyulozasi ishlatiladi. 
Sellyuloza-qog‗oz kombinatlarida yog‗och 7mm gacha kattalikdagi 
payrahalarga maydalanadi va ishqor eritmasida qaynatiladi. Natijada kulrang 
sellyuloza massasi hosil bo‗ladi. Bu massa oqartiriladi va karton listlari tarzida 
preslanadi.
Karton 
listlari 
sellyuloza-qog‗oz 
kombinatidan 
kimyoviy 
tolalar 
kombinatiga keltiriladi, buerda bir soat mobaynida merserizatsiyalanadi, shunda 
ishqorli sellyuloza hosil bo‗ladi va sellyulozasiz birikmalar ajraladi. Sellyuloza
massasi olish uchun siqilgandan so‗ng listlar maydalanadi va dastlabki etiltiriladi, 
ya`ni 12—30 soat mobaynida 20—25
o
C temperaturada tutib turiladi. Bunda 
ishqorli sellyuloza havo kislorodi bilan oksidlanadi, sellyuloza molekulalari 
kattalashadi. 
Keyin ishqorli sellyuloza ksatogenlanadi, ya`niunga uglerod sulfid bilan 
ishlov beriladi, natijada kuchsiz ishqorda ham eriydigan sellyuloza ksatogenati 
hosil bo‗ladi.
Sellyuloza ksatogenati 4—5% li o‗yuvchi natriy eritmasida eritilganda 
qovushoq yigiruv eritmasi – viskoza hosil bo‗ladi. 
Yigiruv eritmasi 25—30 soat mobaynida 16
o
C temperaturada eritiriladi, 
bunda u aralashtirib turiladi, filtrlanadi va havo pufakchalaridan tozalanadi. Etilish 
jarayonida yigiruv eritmasi buralish va ip shaklini olish xususiyatiga erishadi. 
Viskoza nasoslar yordamida trubalar orqali yigiruv mashinalariga yuboriladi, u 
erda shisha naychalar orqali o‗tadi va filtrlardan kuch bilan chiqib, sulfat kislota va 
uning tuzlari solingan cho‗ktirish vannasiga tushadi. CHo‗ktirish vannasiga 
viskoza ishqori neytrallanadi, ksatogenat elementlariga ajraladi va sellyuloza 
ingichka viskoza ipak tolalari tarzida tushadi. Viskoza ipakni yigirishda uch usul: 
bobinali, sentrifugali uzluksiz usullar qo‗llaniladi. Bobinali usulda viskoza ipak 
iplar bobinalarga pishitilmasdan (buralmasdan) o‗raladi. Sentrifugali usulda ip 
dumaloq kalava tarzida o‗raladi va ayni vaqtda pishitiladi. Uzluksiz usulda bir 


20 
agregatning o‗zida ip yigiruv mashinasida yigiriladi, pardozlanadi, quritiladi va 
pishitiladi. Pardozlash jatrayonida viskoza iplar yuviladi, oqartiriladi, va bo‗yaladi.
Ancha pishiq viskoza shtapel tolalarni uzluksiz usulda ishlab chiqarish 
uchun potok liniyalar qo‗llaniladi.
Viskoza tolaning pishiqligini oshirish uchun, shakllantirilgan iplar darhol 
qaynoq suvdan o‗tkaziladi va cho‗ziladi, natijada sellyuloza molekulalari tola o‗qi 
bo‗ylab joylashadi. 
Melanj tipidagi ikki rangli viskoza ip har xil rangdagi ikki yigiruv eritmasi 
oqimini cho‗ktirish vannasida biriktirish yo`li bilan olinadi. Bunda tola boshqa 
usullarda olib bo‗lmaydigan o‗ziga xos optik xossa va tusga erishadi. Melanj 
tipidagi iplar trikotaj buyumlar va astarlik gazlamalar tayyorlashda keng 
qo‗llanildi. 
Profillangan tolalar gazlama asosli sun`iy mo‗yna olish uchun ishlatiladi. 
Profillangan kesimli to‗qimachilik viskoza ipidan olingan sun`iy mo‗yna tabiiy 
mo‗ynaga o‗xshash ko‗rinish beradigan optik efektga ega bo‗ladi. 
Mtilon – modifikatsiyalangan junga o‗xshash viskoza tola bo‗lib, gilamlarni 
tukli qilish uchun ishlatiladi. 
Viskoza tolalarni uzunasiga mikroskop ostiga qo‗yib qarasaq bo‗ylama 
chiziqlari bo‗lgan silindr shaklida ko‗rinadi. Bo‗ylama chiziqlar yigiruv eitmasi 
notekis qotganda paydo bo‗ladi. Sutrang tolalada qora nuqtalar bo‗ladi, bu nuqtalar 
titan (IV)-oksid qo‗shilgani natijasidir. Tolalarning ko‗ndalang kesimi – tilingan 
ko‗rinishda (rasm). 
Tolalarning uzunligi har xil bo‗lishi mumkin.
Elementar tolalarning chiziqli zichligi 0,27—0,66 teks, ko‗ndalang kesimi 
25—60 mkm. Viskoza iplarning yo`g‗onligi ularni hosil qiladigan elementar 
tolalarning yo`g‗onligi va soniga bog‗liq bo‗ladi. 
Tolalarning pishiqligi sellyuloza molekulalarining joylashuviga bog‗liq 
bo‗ladi. Normal vizkoza tolalaning pishiqligi tabiiy ipaknikidan past, juda pisiq 
viskoza tolalarniki esa ancha yuqori. Oddiy tolalarning nisbiy uzilish nagruzkasi 
19,8 kH/teks; juda pishiq tolalarniki 45 kH/teksgacha. Ho‗l holatda pishiqligi 50—
60 % gacha pasayadi. Normal tolalarning uzilishdagi uzayishi 22 % ga, juda pishiq 
tolalarniki 6—10 % ga etadi. To‗liq uzayishning anchagina (70 % gacha) ulushini 
qoldiq deformatsiya tashkil qiladi. SHuning uchun viskoza tolalardan tayyorlangan 
buyumlar ancha g‗ijimlanuvchan bo‗ladi.
Viskoza tolalar keskin 
tovlanib turafdi, sutrang tolalar 
esa tovlanmaydi. 
Normal sharoitda tolalar 
tarkibida 11 % nam bo‗ladi. 


21 
Viskoza tolalarning kimyoviy tarkibi va yonishi paxtaga o‗xshaydi, lekin 
kislotalar, ishqorlar ta`siriga sezgirroq bo‗ladi va teroq yonadi. Normal namlikdagi 
tolalar120
o
C gacha isitilganda ham xossalari o‗zgarmaydi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling