Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis-ammiak tola.
Polinoz tola. Polinoz tola viskoza shtapel tolaning bir xili bo‗lib, xossalari
jihatidan uzun tolali paxta tolalarining xossalariga yaqin turadi. Polinoz tolalar ishlab chiqarish jarayoni oddiy viskoza tolalar olish jarayoniga o‗xshaydi. Polinoz tolalar ko‗ndalang kesimi bo‗yicha strukturasining bir tekisligi jihatidan boshqa tolalardan farq qiladi. Polinoz tolalar oddiy viskoza shtapel tolalarga qaraganda cho‗zilishga pishiqroq bo‗ladi, kamroq uzayadi (cho‗ziluvchanligi kam), qayishqoqligi katta, ho‗l holatda pishiqligini kamroq yo`qotadi, ishqorlar ta`siriga yaxshiroq chidaydi. Polinoz tolalarning asosiy ko‗rsatkichlari: chiziqli zichligi 0,166—0,126 teks, uzilishdagi uzayishi 12—14 %, ho‗l holatda pishiqligini yo`qotishi 20—25 %. Polinoz tolalarning qimmatli xossalari ularni uzun tolali a`lo navli paxta o‗rniga ishlatishga va viskoza tolalardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab chiqarshga imkon beradi. Ko‗ylaklik vaplashlik gazlamalar, mayin trikotaj polotnolar, g‗altak iplar ishlab chiqarishda polinoz tolalardan sof holda ham, paxta bilan aralashtirib ham foydalanish munkin. Kirishmaydigan va kam kirishadigan gazlamalar ishlab chiqarishda uzun tolali paxta o‗rniga polinoz tolalarni ishlatish mumkin. Bunday tolalardan tayyorlangan buyumlar kirishmaydi, ko‗rkam, shoyiga o‗xshab tovlanib turadi. Mis-ammiak tola. Bunday tola paxta sellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta momig‗ini mis-ammiak reaktivida eritish yo`li bilan yigiruv eritmasi olinadi. Bunday tola ho‗l usulda olinadi; cho‗ktirish vannasiga cuv yoki kuchsiz ishqor solinadi. Mis-ammiak tolaning ko‗ndalang kesimi deyarli dumaloq, boyalma ko‗rinishi silindir shaklida. Viskoza tolalarga qaraganda ingichkaroq, mayiroq, kamroq tovlanadi va ho‗l holatda pisiqligini kamroq (40—45 %) yo`qotadi. Mis- ammiak tolalarning kimyoviy xossalari va yonishi viskoza tolalarnikiga o‗xshaydi. Mis-ammiak tolalar uncha ko‗p ishlatimaydi, chunki viskoza tolalarni ishlab chiqarishga qaraganda ularni ularni chiqarishga ko‗proq mablag‗ sarflanadi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling