Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Polivinilxlorid tolalar. Xlorin etilen yoki asetilendan ishlab chiqariladi. 
Polivinilxlorid tolalar Fransiyada rovil, termoviv, GFRda PS, YAponiyada tolon 
deb ataladi.
Xlorin qayishqoq, suv, kislota va ishqorlar, oksidlovchilar ta`siriga chidamli, 
chirimaydi, mog‗ordan shikastlanmaydi. Issiqni saqlash xossalari jihatidan xlorin 
jundan qolishmaydi. Uning uzilishdagi uzayishi 18—24%, gigroskopikligi juda 
past – 0,1%. Xlorin yorug‗lik ta`siriga uncha chidamaydi.


25 
Xlorinning asosiy kamchiligi – issiqqa chidamsizligi. Xlorin 60
o
C da 
butunlay kirishadi, 90
o
C da esa emiriladi. Xlorin yonmaydi va alangani avj 
oldirmaydi.
Polivinilspirt tolalar. Polivinilspirt tolalarga: vinol, letilan, vinal, vinilon, 
vinilan, vulon, mevlon kiradi. Vinol Polivinilspirtdan olinadi. Bu tola barcha 
sintetik tolalar ichida eng arzoni hisoblanadi.
Gigroskopikligi (5—8%) jihatdan vinol paxtaga yaqin turadi. YOrug‗lik 
ta`siriga yaxshi chidaydi, ishqlanishga chidamliligi jihatidan paxtadan ikki barobar 
ustun turadi. 
Vinol alangaga tutilganda issiqdan kirishadi, suyuqlanadi va sariq alanga 
berib ohista yonadi. Sanoatimiz cuvda eriydigan tola – vinol ham ishlab chiqaradi. 
Vinol sof holda ham, paxta, jun, viskoza, shtapel tolalarga ajratilgan holda ham 
maishiy gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Letilan – suvda erimaydigan sariq 
rangli polivinilspirt tola. Mikroblarga chidamli bo‗lgani uchun medisinada va 
shaxsiy gigiena buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Poliolefin tolalar. Poliolefin tolalarga polietilen va polipropilendan 
tayyorlangan tolalar kiradi. Poliolefinlarni sintez qilish uchun dastlabki xom ashyo 
sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari—propilen va etilendan foydalaniladi.
Poliolefin tolalarning issiqlik va yorug‗lik ta`siriga chidamliligini oshirish 
uchun polimerga maxsus moddalar – ingibitorlar qo‗shiladi. Polipropilendan 
komples iplar, hajmdor burma iplar, shtapel tolalar, monotolalar ishlab chiqariladi. 
Poliolefin tolalarning asosiy ko‗rsatkichlari jadvalda keltirilgan. Ular gigroskopik 
emas (0%), 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling