Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
KALAVA IP TURLARI.
1. Kalava ip va iplarning xossalari 2. Kalava ip turlari Yigirish usuliga qarab, paxta kalava ip apparat, qayta tarash va karda kalava ipiga, jup kalava ip - apparat, qayta tarash, yarim qayta tarash ipiga, ipak kalava ip – tabiiy ipakdan yigirilgan apparat ipiga, zig‗ir kalava ip – quruqlayin yigirilgan va ho‗llab yigirilgan, quruqlayin yigirilgan tarandi va ho‗llab yigirilgan tarandi kalava iplarga bo‗linadi. Tolalarning tarkibiga qarab, kalava ip bir xil tolalardan tashkil topgan bir jinsli hamda turli tolalardan tashkil topgan aralash xillarga bo‗linadi. Pardozi va bo‗yalishiga qarab, kalava ip xom (pardozsiz), oqartirilgan, bo‗yalgan, merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan) va boshqa xillarga bo‗linadi. Tuzilishiga (konstruksiyasiga) qarab, kalava ip yakka, pishitilgan, eshilgan va shakldor xillarga ajratiladi. YAkka kalava ip yigirish jarayonida buralgan ayrim tolalardan iborat. YAkka kalava ipning burami bo‗shatilganda ayrim tolalarga ajralib ketadi. Pishitilgan kalava ip ikni yoki undan ko‗p iplardan burab tayyorlanadi. Bunday kalava ipning burami bo‗shatilganda ayrim iplarga ajraladi. Eshilgan kalava ip ikki va undan ko‗p iplardan buramasdan tayyorlanadi. SHakldor kalava ip ma‘lum tashqi effektli kalava ip (rasm) ko‗rinishida bo‗ladi, SHakldor 29 kalava ip turli uzunlikdagi iplarni qo‗shib burash yo`li bilan olinadi. Armaturalangan kalava ipning o‗rtasida o‗zak bo‗lib, unga butun uzunligi bo‗yicha paxta, jun, zigir yoki kimyoviy tolalar o‗raladi. YUqori hajmdor kalava ip (cho‗ziluvchanligi 30% va undan ortiq) har xil darajada kirishadigan sintetik shtapel tolalardan tayyorlanadi. Kompleks to‗qimachilik iplari uzunasiga qo‗shilgan elementar iplarni elimlab yopishtirish yoki burash yo`li bilan olinishi mumkin. Pilla iplarini yopishtirib xom ipak olinadi. Bir necha xom ipakni qo‗shib yopishtirish yo`li bilan pishitilgan tabiiy ipak tayyorlanadi. Pishitishning oddiy (bir necha ipni ko‗shib burash) yoki murakkab (pishitilgan bir necha ipni ko‗shib burash) xillari bor. Oddiy pishitish usulida bo‗sh pishitilgan ipak – arqoq pishiq pishitilgan ipak – muslin va huda pishiq pishitilgan ipak – krep olinadi. Murakkab pishitish usulida tanda olinadi. Kimyoviy elementar tolalarni pishitib sun‘iy va sintetik kompleks iplar: qiyalatib pishitilgan, pishiq pishitilgan (muslin), juda pishiq pishitilgan (krep), shakldor (tuguncha-tugunchali, spiralsimon va xokazo), maxsus pishitilgan iplar (mooskreplar, teksturalangan iplar) ishlab chiqariladi. Mooskreplar va teksturalangan iplar gazlamalarning mayinligini, xajmdorligini oshiradi, issiqni saqlash xossalarini yaxshiladi. Mooskrep – murakkab pishitilgan ipaq o‗zak ip va o‗ma ipdan iborat. Urama ip o‗zak ip ustiga o‗raladi. O‗zak ip sifatida viskoza krep, o‗rama ip sifatida esa pishitshshagan viskoza ipak (viskoza mooskrep) yoki atsetat ipak (asetatli mooskrep) ishlatiladi. Teksturalangan iplar kimyoviy tolalardan tayyorlanadi, ular qo‗shimcha ishlov berish yo`li bilan o‗zgartirilgan strukturaga ega bo‗ladi. Ular turg‗un buramli, momiq, mayin, qayishqoq. CHo‗ziluvchanlik darajasiga qarab teksturalangan kompleks iplar uch xilga: eng yuqori cho‗ziluvchan (100% va undan ortiq), yuqori cho‗ziluvchan (100% gacha) va oddiy cho‗ziluvchan (30 %gacha) xillarga bo‗linadi. Eng yuqori cho‗ziluvchan iplarda (elastiq akon, komelan) tashkil etuvchi tolalarning buramdorligi eng yuqori bo‗ladi. Elastik iplari cho‗ziluvchan 30 (400%gacha) va ancha qayishqoq bo‗ladi. Elastik iplari termoplastik poliamid tolalardap maxsus pishitib va buramini termin usulda puxtalab ishlab chiqariladi. Keyin buramlari bo‗shatilganda o‗ramlar ipdan orqada qolib uni bo‗sh va hajmdor qiladi. Akon - ikki galda buralgan kapron va atsetat iplardan iborat eng yuqori cho‗ziluvchan ip. Komelan - KOME mashinasida kapron va kompleks atsetat ipdan tayyorlanadigan eng yuqori cho‗ziluvchan ip. KOME mashinaspning o‗ziga xos xususiyati unda elastik tasmadan iborat bo‗lgan pishitish mexanizmining borligidadir. Ip elastik tasma sirtiga tekkanda buralib pishiydi. Hosil qilingan buralish effektini mustahkamlash uchun iplar termik ishlovdan o‗tkaziladi. YUqori cho‗ziluvchan iplar (meron, melan, rilon, gofron) ustki, sport va ichki trikotaj buyumlar, gazlamalar, g‗altak iplar (gofron) tayyorlash uchun ishlatiladi. Meron kompleks kapron iplardan, melan esa lavsan iplardan bir protsessli soxta metodda pishitish va keyin avtoklavda stabillash yo`li bilan olinadi. Rilon kapronni plastinkaning qizdirilgan qirrasi bo‗ylab tortish metodi bilan olinadi. Gofron iplarini olish uchun silliq kompleks kapron ip gofrlovchi qurilma orqali o‗tkaziladi. Bu erda kapron ip maxsus roliklar yordamida buraladi va buramlarini termnk puxtalash uchun trubali qizdirilgan kameradan o‗tkaziladi. Oddiy cho‗ziluvchan ip (aeron) – teksturalangan iplar ichida eng zich ip. Uning sirtidagi halqalar kompleks kapron ipga siqilgan havo oqimi ta‘sir qilishidan hosil bo‗ladi. Bunday halqali iplarni barmoqlar bilan paypaslab qurilganda jun iplarni eslatadi. Ulardan gazlamalar, trikotaj hamda sun‘iy mo‗yna ishlab chiqarishda foydalaniladi. A r a l a sh teksturalangan iplar (trikon, takon) har xil teksturalangan iplarni pishitilmagan kompleks iplar bilan qo‗shib pishtish yo`li bilan olinadi. Trikon kapron-elastik va triatsetat iplardan, takon esa kapron va atsetat iplardan iborat. Monoiplar (yakka iplar) sintetik tolalardan tayyorlanadi. Monoiplar ko‗pincha dumaloq kesimli qilib ishlab chiqariladi, lekin yassi, profillangan bo‗lishi ham mumkin. Monoiplarning qattiqligi, qayishqoq1igi va ishlatilish sohasi ularning yug‗oningichkaligiga bog‗liq bo‗ladi. Eng ingichka monoiplar elimlovchi ip sifatida ishlatnladi; ulardan bluzkabop va ko‗ylaklik gazlamalar, trikotaj, noto‗qima materiallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. YO`g‗on monoiplar {kapron tolalar) miyonabop gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Profillangan monoiplar juda yaltiroq bo‗ladi va to‗qimachilik buyuilarini ko‗rkamlashtiradi. Fliret – yassi kesimli kapron monoiplar. Plastileks – polietilen plyonkalardan qilingan piltalar bo‗lib, ularning ustiga vakuumda metall zarrachalari qo‗ndiriladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling