Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Tanda va arqoq iplarni tayyorlash
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Tanda va arqoq iplarni tayyorlash.
Gazlama—uzaro perpendikulyar iplar sistemasining o‗rilishidan hosil bo‗ladigan to‗quvchilik buyumi. Gazlamada uzunasiga yotadigan iplar tanda sistemasi yoki tanda deyiladi; ko‗ndalang yotadigan iplar arqoq sistemasi yoki arqoq deyiladi. Tanda va arqoq to‗quv stanogida o‗rilishadi. Tandani to‗quvchilikka tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: kalava ip qayta o‗raladi, tandalanadi, ohorlanadi, remizkalar va berdoga o‗tkaziladi. Kalava ip o‗rash mashinalarida kalavadan bobinaga qayta o‗raladi. Bunda kalava ipdagi nuqsonlar yuqoladi va ipning uzunligi oshadi. 34 Tandalash — bir nechta bobinalardagi kalava ipni bitta tanda valigiga yoki to‗quv navoyiga qayta o‗rash; bunda bir necha kalava iplarning uchi to‗quv navoyiga mahkamlanadi va bir-biriga parallel qilib o‗raladi. SHunda tanda hosil bo‗ladi. YUpqa shoyi gazlama to‗qish uchun tandada 9000 va undan ortiq parallel iplar bo‗lishi mumkin. Ohorlash — tanda iplarining pishiqligini, egiluvchanligini, elastikligini va silliqligini oshirish maqsadida unga maxsus tarkib — ohor (shlixta) shimdirish. To‗qish paytida tanda iplari to‗quv stanogida ancha taranglanadi va remizkadarga, berdoga va o‗zaro ishqalanadi, shuning uchun ular oldin ohorlab olinadi. Ohor tarkibiga un, kraxmal, glitserin va hokazolar kirishi mumkin. Hozirgi vaqtda ohor tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari o‗rniga kimiyaviy moddalar — poliakrilamid va natriy silikat ishlatilmoqda. Tanda relizkalar va berdoga qo‗lda o‗tkaziladi. Remizka ikkita plankadan iborat bo‗lib, ularning orasiga gulalar joylashtirilgan, gulalarning o‗rtasida teshiklar (ko‗zlar) bo‗ladi. Tanda iplari ana shu ko‗zlardan o‗tkaziladi. Gazlama to‗qishda remizkalar soni turlicha bo‗lishi mumkin (ularning soni o‗rilish naqshiga bog‗liq). Tanda remizkalarga ma‘lum to‗quv o‗rilishiga muvofiq o‗tkaziladi; keyin tanda berdoga o‗tkaziladi. Berdo — yassi plastinkalardan qilingan metall taroq. Plastinkalar ikki tomonidan tutashtirib qo‗yilgan. Bundan tashqari, tandadagi har bir ip lamel — yassi metall plastinka teshigiga o‗tkaziladi. Tanda iplari uzilganda ana shu lamel to‗quv stanogini to‗xtatadi. Arsotsni tayyorlash uchun kalava ip yoki iplar kalava yoki bobinalardan maxsus yoroch shpulalar (g‗altaklar) ga qayta o‗raladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling