Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
To„quvchilik nuqsonlari.
Ip uzilganda va stanok mexanizmlarining sozlanishi buzilganda to‗quvchilik nuqsoilari kelib chiqali. Bunday nuqsonlar gazlama va tikuvchilik buyumlarining sifatiga (sortiga) ta‘sir qiladi. Tikuvchilik buyumlarining ko‗rinib turadigan detal- laridagi to‗quvchilik nuqsonlari buyumning sortini pasaytirishi, hatto brakka olib 37 kelishi mumkin. SHuning uchun bichish paytida bunday nuqsonlar hisobga olinadi. Quyida to‗quvchilik nuqsonlari keltirilgan (rasm). Iplarning yo‗g‗onlashishi — gazlamada chiziqli zichligi gazlama asosiy fonnning chiziqli zichligidan yuqoriroq bo‗lgan tanda yoki arqoq iplarining bo‗lishi. Mahalliy yo‗g‗onlashish — kalta-kalta uchastkalarda tanda yoki arqoq iplarining yo`g‗onlashishi. Ajralib turadigan ip — tanda yoki arqoq iplarining qo‗shni iplardan tarangligi, buramdorligi, rangi yoki kesimining shakli bilan farq qilishi. Siyraklik—bir yoki bir nechta tanda iplarining bo‗lmasligi. Prolyot — gazlamaning butun eni bo‗yicha yoki ma‘lum joylarida bir yoki bir nechta arqoq iplarining bo‗lmasligi. Qo‗sh iplilik — bitta tanda yoki arqoq ipi o‗rniga ikki yoki bir necha ip o‗rilib qolishi va boshka iplardan keskin ajralib turishi. Podnirki — arqoq iplarining tanda iplari bilan o‗rilishmay osilib qolishi natijasida kisqa-qisqa uchastkalarda o‗rilishning buzilishi. Tandaning solqiligi — tanda ipining arqoq ipi bilan o‗rilishmay osilib qolishi. Podnletina — gazlamaning qisqa-qisqa joylarida tanda va arqoq iplarining noto‗g‗ri o‗rilishi, shu jumladan, bir necha qator iplarning uzilishi. Gulning buzilishi — tandaning remizkaga yoki jakkard mashina ko‗zlariga yo bo‗lmasa berdoga noto‗g‗ri utkazilishi natijasida gazlama guli urilishining buzilishi. Tandadagi yo‗l-yo‗llik — gazlama uzunligi bo‗yicha ining boshqa yuzalaridan iplarning chiziqli zichligi, tarangligi bilan farq qiladigan yo‗llar. 38 Arqoqdagi yo‗l-yo‗llik — gazlamaning butun eni bo‗yicha iplarning chiziqli zichligi yoki rangi jiqatidan farq qilishi natijasida hosil bo‗ladigan yo`llar. Zaboina — gazlamaning arqoq bo‗yicha o‗ta zichligi tufayli gazlamaning eni bo‗yicha hosil bo‗ladigan yo`llar. Arqoqning qalinlashishi — ip kalava oxirida paket tarzida bo‗shalib, shu holda gazlamaga o‗rilishi tufayli gaz lamada kalta-kalta qalin joylar hosil bo‗lishi. Arqoq ipi yaxshi taranglanmaganligi oqibatida arqoq halqalari, buram- halqalar hosil bo‗lishi. Berdo tishlarining zichligi buzilishi natijasida tanda iplarining siljib ochilib qolishi. Gazlama yaxlitligining buzilishi (teshilishi, kesilishi) — tanda yoki arqoq iplari uzilishi natijasida kelib chiqadigan kamchilik Tikuvchilik buyumlarining sortini aniqdashda to‗quvchilik nuqsonlari gazlamaning tola tarkibiga va buyumning vazifasiga qarab hisobga olinadi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling