Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- PRINSPI. TO`QUVCHILIK NUQSONLARI REJA: 1. To‟quv dastgohining tuzilishi va ishlash prinspi 2. To`quvchilik nuqsonlari
35 5-MAVZU: TO‟QUV DASTGOHINING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSPI. TO`QUVCHILIK NUQSONLARI REJA: 1. To‟quv dastgohining tuzilishi va ishlash prinspi 2. To`quvchilik nuqsonlari Tuquv stanogining sxemasi rasmda berilgan. Navoy 1 dan kelayotgan tanda skalo 2 dan egilib o‗tib, lamel 3, remizkalar 4 gulalarining ko‗zlari orqali, batan 8 ga mahkamlangan berdo 5 tishlari orasidan o‗tadi. Tayyor gazlama stanokning old brusi 11 dan egilib o‗tib, tovar regulyatori 9 yordamida tovar vali 10 ga o‗raladi. Tanda doimo tarang turadi. Oddiy polotno o‗rilishni hosil qilish uchun (chit, bo‗z, polotno kabi gazlamalar shunday o‗rilishda to‗qiladi) ikkita remizka etarli: bitta remizkaga tandaning barcha juft iplari, ikkinchisiga toq iplari o‗tkaziladi. Agar to‗quv stanogida bitta remizka ko‗tarilib, ikkinchisi tushsa, barcha tanda iplari surilib to‗quv bo‗shlig‗i (zev) hosil qiladi. Moki ana shu bo‗shliqdan o‗tadi. 36 Polotno o‗rilishda remizkalar ekssentrikli bo‗shliq hosil qiluvchi mexanizm yordamida ko‗tarib-tushiriladi. Unda podnojka 12 va ekssentrik 13 bor. Tirsakli val 14 povodoklar orqali batanni va unga mahkamlangan berdo 5 ni harakatlantiradi. O‗r-tasida arqoqli shpula bo‗lgan moki 6 turtkich 7 zarbi ta‘sirida bo‗shliq orqali uchib o‗tadi va arqoq ipini tashlab ketadi. Batan tebranma harakatlanadi va berdo yordamida arqoq ipini gazlama chetiga o‗radi. Sungra remizkalar o‗z vaziyatini o‗zgartiradi: yangi bo‗shliq hosil bo‗ladi, moki orqaga uchib o‗tadi va yangi arqoq ipini tashlab ketadi. Batan yana tebranma harakatlanadi va yuqorida aytilgan jarayonlar takrorlanadi. Tanda asta sekin bo‗shala boradi, hosil bo‗lgan gazlama esa tovar valiga o‗raladi. Tovar regulyatori gazlamani qanday tezlikda surishiga qarab, gazlamaning zichligi har xil bo‗ladi: tezlik oshganda zichlik kamayadi. Ekssentrikli stanoklarda faqat polotno o‗rilishli gazlamalar to‗qiladi. Mayda to‗quv naqshi hosil qilish uchun remizkani ko‗taruvchi karetkali stanoklar qo‗llaniladi. Yirik naqshli gazlamalar jakkard mashinalarida to‗qiladi. Tukli gazlamalar to‗qish uchun tuk chiqaruvchi maxsus to‗quv stanoklari ishlatiladi. Eng ko‗rinishidagi gazlamalar dumaloq to‗quv stanoklarida olinadi. Ular arqoq iplari uzilganda yoki tugaganda mokidagi shpulani almashtiradigan avtomat mexanizm bidan ta‘minlangan. Keyingi yillarda metalldan ishlangan ixcham arqoq tashlagichlari bo‗lgan STB stanoklari va pnevmatlik gidravliq rapirali hamda pnevmorapirali mokisiz to‗quv stanoklari ko‗plab ishlab chiqarilmoqda va keng qo‗llanilmokda. Mokili tnuv stanoklaridan farqli ravishda mokisiz tukuv stanoklari ancha unumli; deyarli shovqinsiz ishlaydi va ipni kam uzadi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mokisiz tuquv stanoklarining asosiy tiplari mokisiz pnevmorapirali stanoklardir. Bunday stanokning to‗knuv bo‗shligiga bir vaqtda o‗ngdan va chapdan ikkita qattiq naycha-rapiralar kiritiladi. Ular batan o‗rtasida uchrashib, kanal hosil qiladi. Bu kanalga maxsus mexanizm o‗lchagich arqoq ipi tashlanadi, so‗ngra rapiralar bo‗shlikdan chiqadi, arqoq ipi o‗ng tomonda gazlama chetidan qirqiladi va uni berdo gazlama chetiga uradi. Pnevmorapirali stanokda to‗qilgan gazlamaning ikki tomonida 1 sm kenglikda hoshiya bo‗ladi. CHSSRda mokisiz gidravlik tuquv stanoklari ishlab chiqarilmoqda. Bunday mashinalarda arqoq ipini suv tomchilari tashlaydi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling