Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


MURAKKAB URILISHLAR. YIRIK GULLI O„RILISHLAR


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

MURAKKAB URILISHLAR. YIRIK GULLI O„RILISHLAR 
I. Murakkab urilishlar 
1. Ikki tomonli va ikki qatlamli o‘rilishlar 
2. Tukli o‘rilishlar 
3. Pike o‘rilishlar 
4. Halqali o‘rilishlar 
5. O‘ramali o‘rilishlar 
II. Yirik gulli o„rilishlar. 
Murakkab o‗rilishlar ikki va undan ko‗p iplar sistemasidan hosil bo‗ladi. 
Murakkab o‗rilishlar jumlasiga ikki tomonli, ikki qatlamli, tukli, pike, halqali va 
o‗ramali o‗rilishlar kiradi. 
Ikki tomonli va ikki qatlamli o‗rilishlar ip gazlamalar (satin-triko, bayka) va 
draplar to‗qishda qo‗llaniladi. Draplar to‗qishda qo‗llanilgan qo‗shimcha iplar 
sistemasi gazlamaning qalinligi, zichligi va issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi. 
Ikki tomonli o‗rilishlar uchta iplar sistemasidan hosil bo‗ladi. Bunda ikki tanda va 
bir arqoq yoki ikki arqoq va bir tanda bir-biriga zich o‗rilishadi. 
Ikki qatlamli o‗rilishlar to‗rt yoki beshta iplar sistemasidan hosil bo‗ladi; 
bunday o‗rilishda tudilgan gazlama ikki alohida gazlamadan iborat bo‗lishi 
mumkin. Bu gazlamalar o‗zaro to‗rt sistemaning tashkil qiluvchilaridan biri bilan 
yoki qo‗shimcha beshinchi sistema bilan biriktiriladi. Ikki qatlamli o‗rilishda 
to‗qilgan gazlamalarning o‗ngi va teskarisi sifati va tola tarkibi har xil iplardan 
bo‗lishi, o‗ngi sidirg‗a, teskarisi esa katak-katak yoki yo‗l-yo‗l guldor bo‗lishi yo 
bo‗lmasa, ikkala tomoni sidirg‗a, lekin turli rangda bo‗lishi mumkin. 
Pike o‗rilish murakkab bo‗lib, qo‗shimcha sistema qo‗llanilishi bilan sohta 
pikedan farq qiladit. Pikening o‗ngi polotno o‗rilishda to‗qiladi, qo‗shimcha 
sistema esa uni tortib, qavariq gul hosil qiladi. 


51 
Tukli o‗rilishda to‗qilgan gazlamalarning o‗ngida qirqma tik tuklar bo‗ladi. 
Tuklar yaxlit yoki kengligi har xil yo‗llar tarzida naqshdor bo‗ladi. Yo‗llar ichida 
mayda tukli naqshlar bo‗lishi mumkin. 
Tukli o‗rilish uchta iplar sistemasi (bir sistema—tuq ikki sistema—asos, 
tanda va arqoq) dan iborat. Asos sistemalar polotno yoki sarja o‗rilishda bo‗lishi 
mumkin. Ular juda zich bo‗lgani uchun tukni mustahkam ushlab turadi. Tukli ip 
gazlamalar— yarim baxmal va ip duxoba, tuklari arqoq sistemasidan chiqariladi. 
Bu tuklar gazlama to‗quv stanogidan olingandan keyin, pardozlash paytida 
qirqiladi. (rasm a). 
Tukli shoyi gazlamalar —baxmal, velyur, duxoba, sun‘iy mo‗yna tuklari 
qo‗shimcha tanda sistemasidan chiqariladi. Bu gazlamalar tukni o‗zi qirqadigan 
ikki polotnoli stanoklarda to‗qiladi. To‗quv stanogida bir vaqtning o‗zida ikki 
polotno hosil bo‗ladi, ular bir-biriga tuklar sistemasi bilan bog‗lanadi. Tez aylanib 
turadigan pichoq gazlama to‗qilayotgan paytda tuk sistemasini qirqadi, natijada 
tukli ikkita bir xil gazlama hosil bo‗ladi (rasm b). 
Tukli o‗rilish gazlamalarni ko‗rkamlashtiradi, ularning issiqni saqlash 
xossalarini va to‗zishga chidamliligini yaxshilaydi, lekin bichish, tikish, 
dazmollashni qiyinlashtiradi. Bichish va dazmollash paytida tukning yo‗nalishini 
hamda bir oz qiya bo‗lishini hisobga olish kerak 
Halkali (maxr) o‗rilish tukli o‗rilishning bir turidir; unda halqalar tarzidagi 
tuklar bo‗ladi. Sochiqlar, cho‗miliniladigan xalat va choyshablar uchun 
ishlatiladigan gazlamalar, ba‘zi bezak gazlamalar shunday o‗rilishda to‗qiladi.
Uramali, ya‘ni nafis o‗rilishlarning o‗ziga xos tomoni shundaki, ularda 
tirqishlar bo‗ladi. Eng oddiy o‗ramali o‗rilish uchta iplar sistemasi (ikki tanda va 
bir arqoq) dan iborat. O‗rilish hosil bo‗lish jarayonida o‗ralayotgan tanda asos 
tandaga goh u tomomdan, goh bu tomondan o‗raladi. O‗ramali o‗rilishda to‗qilgan 
gazlamalar shaffof bo‗ladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling