Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


KIMYOVIY TOLALARDAN TO`QILGAN GAZLAMALARNI PARDOZLASH


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

KIMYOVIY TOLALARDAN TO`QILGAN GAZLAMALARNI PARDOZLASH 
Kimyoviy tolalardan to‗qilgan gazlamalar kimyoviy tarkibi va tuzilishiga qarab 
turli pardozlash operatsiyalaridan o‗tkaziladi. Bunday gazlamalarni pardozlashdagi 
asosiy jarayonlar tabiiy shoyi gazlamani pardozlashdagi operatsiyalarga o‗xshaydi. Lekin 
ular kimyoviy tolalarning xossalariga asoslangan maxsus pardozlash operatsiyalari 
(tezoblash, burmalash, termik pardozlash) va boshqa operatsiyalardan ham o‗tkazilishi 
mumkin. 
O‗simlik tolalaridan to‗qilgan sun‘iy gazlamalarni pardozlashda ularning ho‗l 
holatda pishikligini yo`qotish xossasini xisobga olib, pardozlash paytida gazlamalar 
bo‗shgina taranglab turilishi lozim. 
Kimyoviy tolalardan to‗qilgan gazlamalar tarkibida tabiiy tolalardan to‗qilgan 
gazlamalardagiga qaraganda aralashmalar kam bo‗ladi. SHuning uchun ohorini ketkazish 
maqsadida gazlamalar sovunning kuchsiz eritmalarida yoki sintetik yuvuvchi preparatlar 
eritmalarida qisqa muddat (30—45 min) qaynatiladi. 
Sun‘iy va sintetik gazlamalar odatda oqartirilgan yoki bo‗yalgan tolalardan 
to‗qiladi, shuning uchun ba‘zi hollardagina (gazlamalarning oqligini kuchaytirish 
uchungina) ular gipoxlorit yoki optik oqartirgich bilan oqartiriladi. 
Kapron gazlamalarning strukturasini mustaxkamlash uchun ular albatta termik 
pardozlash operatsiyasidan o‗tkaziladi. Bunda gazlamaga 130—135°C da 15—20 min 
mobaynida qaynoq bug‗ yoki 190°C da 12—15 s mobaynida infraqizil nurlar yordamida 
ishlov beriladi. 
Viskoza va mis-ammiak tolalardan to‗qilgan gazlamalar oddiy yoki kub bo‗yoqlar 
bilan bo‗yaladi. 
Atsetat va sintetik tolalardan to‗qilgan gazlamalarni bo‗yash uchun dispers
diazotirlanadigan dispers, kapron uchun mo‗ljallangan dispers, poliefirli dispers, kationli 
bo‗yoqlar ishlatiladi. 
Agar viskoza va atsetat tolali gazlamalar oddiy bo‗yoklar bilan bo‗yaladigan 
bo‗lsa, atsetat tolalar bo‗yoq olmaydi va gazlamada ola-taroqlik hosil bo‗ladi. Viskoza va 
atsetat tolalardan to‗qilgan gazlamalar tekis bo‗yalishi uchun oddiy bo‗yoqlar bilan 
atsetat tolalar uchun mo‗ljallanadigan bo‗yoqlar (azoatsetatlar) aralashtirib ishlatiladi. 
Krep gazlamalarga turli andazalar yordamida, silliq gazlamalarga turli andazalar 
yordamida yoki gul bosish mashinalarida gul bosiladi. 
Viskoza gazlamalarga erimaydigan azobo‗yoqlar, kub bo‗yoqlar, kubozollar, qora 
anilin, aktiv bo‗yoklar, pigmentlar bilan gul tushiriladi. Atsetat gazlamalar, kapron va 
boshqa sintetik gazlamalarga gul bosish uchun metalli dispers bo‗yoqlar va pigmentlar 
ishlatiladi. Pigmentlar universal bo‗yoq moddalar bo‗lib, maxsus bog‗lovchi preparatlar 
yordamida istalgan kimyoviy tarkibli to‗qimachilik materiallarida mustaxkam o‗rnashib 
qoladi. 
Gazlamalarga tilla va kumush rangidagi gullar tushirish uchun tegishli metall 
kukunidan foydalaniladi. Kimyoviy tolalardan to‗qilgan gazlamalarda sutrang hosil kilish 
uchun titan (IV)-oksid ishlatiladi. 


62 
Tabiiy shoyi gazlamalar va kimyoviy tolalardan to‗qilgan gazlamalarni bo‗yash va 
ularga gul bosishda ip gazlamalarni pardozlashdagidek nuqsonlar paydo bo‗lishi 
mumkin. 
Kimyoviy tolalardan to‗qilgan gazlamalarga uzil-kesil pardoz berishda: tukini 
qirqish va tozalash, appretlash, kengaytirish va quritish, bo‗rlash, kalandrlash, arqoqni 
to‗g‗rilash operatsiyalari bajarilishi mumkin. Appretlash va keyingi pardoz-lash 
operatsiyalari bir necha mashinani o‗z ichiga olgan appretlash-pardozlash agregatlarida 
bajariladi. Bunday gazlamalar maxsus pardozlash operatsiyalaridan ham o‗tkazilishi 
mumkin. 
SHtapel gazlamalarning g‗ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun ularga 
mochevina-formaldegid va melamin-formaldegid smolalar bilan ishlov beriladi. Kimyo 
sanoatida ishlab chiqariladigan preparatlar—karbamol va metazinni gazlamalarga 
shimdirib ularning g‗ijimlanuvchailigi, tolalarning ho‗llanganda shishuvchanligi va 
yuvganda kirishuvchanligi kamaytiriladi. Tukli naqshlar hosil qilish uchun gazlamalar f l 
o k i r o v k a l a n i sh i, ya‘ni gazlamaning o‗ngiga elektrostatik maydonda 0,5—2 mm li 
kalta tolalar yopishtirilishi mumkin. Magnit kuch chiziqlari ta‘sirida tolalar tikkayib 
qoladi va shu vaziyatda mustahkamlanadi. 
Bunday usulda sun‘iy zamsha tayyorlash, ro‗mollar, lentalarga tukli naqshlar 
tushirish mumkin va hokazo. 
Viskoza va poliamid tolali silliq va tukli gazlamalarda tursimon gullar hosil qilish 
uchun tezoblash operatsiyasi bajarilishi mumkin. Turli andazalar yordamida gazlamaga 
suyultirilgan kislota eritmalari surkaladi. Gazlama quritilganda kislota ta‘sir qilgan 
joylardagi viskoza tolalar emirilib, yuvganda tushib ketadi. 
Suyultirilgan fenol eritmasi ta‘sirida kapron gazlamalarda burma hosil qilinadi. 
Buning uchun turli andazalar yordamida gazlamaga fenol eritmasi ishqalanadi. Keyin 
quritilganda fenolning konsentratsiyasi oshadi va u ta‘sir qilgan joylarda gazlama 
yigiladi (burma hosil bo‗ladi). 
Metallash—gazlamaga vakuumda yupqa metall qatlami purkash. 
Kapron iplardan (o‗ngida) va viskoza iplardan (teskarisida) ikki qatlamli yirik 
gulli o‗rilishda to‗qilgan gazlamalarda hajmiy struktura hosil qilish uchun ularga 2—3 
min mobaynida sovuq sharoitda ishqor eritmasida ishlov beriladi. Viskoza iplar ancha 
kirishishi matijasida gazlama o‗ngidagi kapron qatlam bo‗rtma gul hosil qiladi 
(«Kosmos», «Marsianka», «Melodiya» va boshqa gazlamalar). 
Issiqlikdan kirishish darajasi turlicha bo‗lgan tolalardan to‗kqilgan gazlamalar 
termik pardozlashdan o‗tkazilishi mumkin. Qizdirish natijasida tolalarning bir qismi 
kirishadi va gazlamaning sirti relefli bo‗lib qoladi. 
«Lake» — gazlamani lokli charmga o‗xshatib pardozlash. Bunda gazlamalar 
yaltiroq, yuvish va dazmollashga chidamli bo‗ladi. 
SHtapel gazlamalarda rel‘efli gullar hosil qilish uchun ularga metazin bilan ishlov 
berilgandan keyin ular bosish kalandrlaridan o‗tkaziladi. Duxobani tabiiy mo‗ynaga 
o‗xshatish uchun ham shu kalandrlardan o‗tkazish mumkin. 


63 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling