Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Gazlamaning uzayishi 
Uzish mashinasida gazlamaning pishiqligini aniqlash bilan bir vaqtda uning 
uzayishi ham aniqlanadi. Uzilish paytida namunaning uzunligi oshishi — 
uzilishdagi uzayishi millimetrda aniqlanishi (absolyut uzayish) yoki namunaning 
dastlabki uzun-ligiga nisbatan protsentda ifodalanishi (nisbiy uzayish ε) mumkin: 
bunda: l
1
— namunaning dastlabki uzunligi; l
2
— namunaning uzilishi paytidagi 
uzunligi. 
Masalan, chitlarning uzilishdagi uzayishi tanda bo‘yicha 8—10%, arqoq 
bo‘yicha 10 —15%; bumazeyniki — tanda bo‘yicha 4 — 5%, arqoq bo‘yicha 12 — 
15%; zig‘ir tolali polotnoniki — tanda bo‘yicha 4 — 5%, arqoq bo‘yicha 6 — 7%; 
tabiiy shoyi polotnoniki — tanda bo‘yicha 11%, arqoq bo‘yicha 14%; shtapel 
polotnoniki — tanda bo‘yicha 10%, arkok bo‘yicha 15%, 
Hozirgi uzish mashinalari diagrammali priborlar bilan ta‘minlanadi, ular 
«kuch — uzayish» egri chizig‗ini chizib boradi. Vertikal bo‗yicha pishiqliq 
gorizontal bo‗yicha uzayish (mm yoki %) qiymati qo‗yiladi. Uzayish egri chizig‗i 
kattalashib boruvchi kuch ta‘sirida material qanday deformatsiyalanishini 
ko‗rsatadi. Bu, masalan, tikuvchilik jarayonlarida uchraydigan va uzuvchi kuchdan 
,
100
1
1
2
l
l
l


73 
ancha kichik bo‗lgan kuchlar ta‘sirida gazlamada qanday o‗zgarishlar bo‗lishini 
bilishga imkon beradi. 
Masalan, zig‗ir tolali gazlama ancha pishiq bo‗lsa ham uncha cho‗zilmasligi 
uchun uni uzishga jun gazlamani uzishga qaraganda kamroq kuch sarf bo‗ladi, 
chunki jun gazlama uncha pishiq bo‗lmasa ham ancha chuziluvchandir. 
Gazlamaning sifati ko‗p jihatdan qayishqoq, elastik va plastik uzayishlar 
ulushlari nisbatiga bog‗liq. Agar gazlamada qayishqoq uzayish ulushi katta bo‗lsa, 
u uncha g‗ijimlanmaydi, unda paydo bo‗ladigan g‗ijimlar tezda yuqoladi. 
Qayishqoq gazlamani ho‗llash-dazmollash qiyinroq lekin undan tikilgan buyumlar 
bichimini yaxshi saqlaydi. Agar gazlamaning to‗liq uzayishida elastik uzayish 
katta protsentni tashkil qilsa, buyumni kiyish paytida paydo bo‗ladigan g‗ijimlar 
sekinroq yuqoladi, kiyim shalvirab qoladi. Agar gazlamaning to‗liq uzayishida 
plastik uzayish katta ulushni tashkil qilsa, bunday gazlamalar juda g‗ijimlanuvchan 
bo‗ladi, ulardan tikilgan kiyimlar tezda bichimini yuqotadi, tirsaklarida shalvirash 
paydo bo‗ladi. Bunday kiyimlarni tez-tez dazmollab turishga to‗g‗ri keladi. 
Ho‗llash-dazmollashda g‗ijimlar tekislanadi va kiyimning bichimi qisman 
tiklanadi, lekin kiyilgandan keyin kiyim yana g‗ijimlanadi va ko‗proq 
cho‗ziladigan joylari shalvirab qoladi. 
Gazlamaning to‗liq uzayish qiymati hamda to‗liq uzayish tarkibidagi 
qayishqoq, elastik va plastik uzayishlar ulushi gazlamaning tola tarkibiga va 
pardozlanishiga bog‗liq. 
Sintetik gazlamalar, pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan zich sof jun 
gazlamalar, elastik kapronli zich gazlamalar, lavsan qo‗shib to‗qilgan zich jun 
gazlamalar eng qayishqoq bo‗ladi. Jun va ipak gazlamalarda elastik uzayish ulushi 
katta bo‗ladi, shu-ning uchun ular uncha g‗ijimlanmaydi va asta-sekin dastlabki 
shaklini tiklaydi. Zig‗ir tolali gazlamalar, ip gazlama, viskoza gazlamalar, ya‘ni 
o‗simlik tolalaridan tikilgan gazlamalarda plastik uzayish ulushi katta bo‗ladi, 
shuning uchun ular juda gijimlanadi va dastlabki shaklini o‗z-o‗zidan 
(dazmollamay turib) tiklamaydi. Ayniqsa, zig‗ir tolali gazlamada plastik 
deformatsiya ulushi katta bo‗ladi, shuning uchun ular boshqa gazlamalarga 
qaraganda ko‗proq gijimlanadi. 
Tolalar aralashmasining tarkibi va undagi har xil tolalarning protsent nisbati 
gazlamaning qayishqoqligiga ta‘sir qiladi. Masalan, jun aralashmasiga shtapel 
viskoza tolasini qo‗shish gazlamaning qayishqoqligini kamaytiradi, shtapel lavsan 
yoki kapron qo‗shish esa qayishqoqligini oshiradi. Zig‗ir tolali gazlamaning 
qayishqoqligini oshirish uchun tarkibiga 67% shtapel tola yoki kompleks iplar 
ko‗rinishidagi lavsan ko‗shiladi. 
Gazlamaning tanda yoki arqoq sistemasiga elastik kapron iplar qo‗shish 
cho‗ziluvchanligi va qayishqoqligi katta bo‗lgan hajmdor strukturali gazlama 


74 
olishga imkon beradi. Masalan, sport shimlari tikish uchun tandasi elastik kapron 
iplardan iborat bo‗lgan gazlama ishlab chiqariladi. Bunday gazlamadan tikilgan 
shimlar sport mashqlari bajarish paytida tashqi ko‗rinishini yaxshi saqlaydi va 
shaklini yuqotmaydi. Gazlamaning arqoqiga elastik kapron iplar ishlatish tanaga 
yaxshi yopishib turadigan kiyimlar tikishga imkon beradi. Bunday kiyimlar, 
masalan, suzish paytida suzuvchiga xalaqit bermaydi. 
Tola tarkibi bir xil bo‗lgan gazlamalarning qayishqoqligi ularning tuzilishga, 
ya‘ni kalava ipning yoki gazlamani hosil qiluvchi iplarning qalinligi va 
pishitilishiga, gazlamaning zichligiga bog‗liq bo‗ladi. Kalava ipning pishitilishi va 
gazlamaning zichligi oshirilsa, gazlamaning qayishqokligi ortadi. 
Yo‗qoladigan va yo‗qolmaydigan uzayishlar nisbati cho‗zuvchi kuch 
qiymatiga va uning ta‘sir qilib turish vaqtiga bog‗liq. CHo‗zuvchi kuch qancha 
katta bo‗lsa va uzoq ta‘sir qilib tursa, yuqolmaydigan uzayishlar ulushi shuncha 
oshadi. Kiyim ko‗p vaqt kiyilganda unga kuchlar qayta-qayta ta‘sir etishi natijasida 
kiyim shaklini yuqotib boradi. 
Gazlamaning uzayishi tikuvchilikdagi barcha bosqichlarga ta‘sir qiladi. 
Buyumning yangi modelini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqishda uzayish 
protsentini hamda yo‗qoladigan va yuqolmaydigan uzayishlar nisbatini hisobga 
olish lozim. qayishqoq bo‗lmagan, osongina cho‗ziladigan gazlamalardan kiyim 
modellashda tor yenglar, tor yubka va shimlar, yopishib turadigan kiyimlar 
yaratishdan qochish kerak 
Oson cho‗ziladigan gazlamalarni taranglamay taxlash kerak Taxlamdagi 
gazlamalarning cho‗zilishi detallarning o‗lchami kichrayishiga olib keladi. 
Ayniqsa, gazlamalar qiyishqoq, ya‘ni 45° burchak ostida yotgan iplar bo‗yicha 
kuchli cho‗ziladi. SHuning uchun gazlamalarni taxlashda ularning qiyshayib 
qolmasligiga, surilmasligiga va sirpanmasligiga e‘tibor berish kerak Gazlama 
qiyshayib qolsa va polotnolar surilsa, bichiq detallarining shakli qiyshayib chikishi 
mumkin. Qiyshiq bo‗laklarni tikishda gazlama ancha cho‗ziladi, chokning 
yo‗nalishi uzgaradi, natijada buyumning ko‗rinishi buziladi. Ustki yoki pastki 
polotnolar cho‗zilishi va detallar surilishi mumkin. Ho‗llash va dazmollash yo‗li 
bilan buyumga ma‘lum shakl beriladi. SHu vaqtda detallar haddan tashqari 
cho‗zilib, buyumning shakli buzilishi mumkin. 
Gazlamaning cho‗zilishini kamaytirish uchun ustki kiyim bortlarining 
ziylariga uncha cho‗zilmaydigan zig‗ir tolali tesma (uqa) yoki elim surkalgan 
gazlama (elimli uqa) qo‗yib ketiladi. Uqa yenglarning uchlariga, erkak va ayollar 
kostyumlarining bellariga va boshqa detallarga qo‗yilishi mumkin. CHuntaklarning 
shaklini saqlash uchun ularning tagiga ip gazlama bo‗laklari qo‗yib ketiladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling