Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


  GAZLAMANING ENI, MASSASI VA UZUNLIGI


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

 


69 
GAZLAMANING ENI, MASSASI VA UZUNLIGI 
Gazlamaning eniga qarab model tanlanadi, yangi konstruksiyalar ishlab chihiladi, 
bichish paytida andazalar qo‗yiladi. 
Gazlamaning standart va haqiqiy enlari bo‗ladi. Gazlamaning standart eni — shu 
gazlamaning belgilangan eni normasi. Gazlamaning haqiqiy eni — gazlamani bevosita 
o‗lchab aniqlanadigan eni. To‗pdagi gazlama enini va gazlama namunasi-ning enini 
anihlashda amaldagi normalarga amal qilish lozim. 
Kalta (50 m dan oshmaydigan) to‗plardagi gazlamalar uch joyidan, uzun (50 m 
dan oshadigan) to‗plardagi gazlamalar besh joyidan bir xil uzunlikda, lekin gazlama 
uchidan 3 m naridan o‗lchanadi. 
Gazlamaning eni buklanmaydigan chizgich yordamida 0,5 sm aniqlik bilan 
o‗lchanadi. Gazlama to‗pining eni sifatida barcha o‗lchashlarning 0,01 sm aniqlikkacha 
hisoblangan va 0,5 sm gacha yaxlitlangan o‗rtacha arifmetik qiymati olinadi. Sinash 
natijalari jurnaliga o‗rtacha arifmetik qiymatdan tashqari, bir o‗lchashdagi minimal 
qiymatlar ham yoziladi. Jun va tukli gazlamalarning eni hoshiyasi bilan yoki o‗siz 
o‗lchanishi mumkin. Boshqa barcha gazlamalarning eni hoshiyasi bilan birga o‗lchanadi. 
Gazlama namunasining enini aniqlashda namuna silliq sirtga yoyib qo‗yiladi. 
CHizgich gazlama chetlariga perpendikulyar qilib qo‗yiladi. Gazlama namunasining eni 
uch joyidan; o‗rtasidan va oxirlaridan, qirqish chiziqlaridan taxminan 10 sm beridan 
o‗lchanadi. Namunaning eni buklanmaydigan chizgich yordamida 1 mm gacha aniqlik 
bilan o‗lchanadi. Gazlamaning eni uchta o‗lchashning o‗rtacha arifmetik qiymati sifatida 
0,1 mm gacha aniqlik bilan hisoblab topiladi. Olingan natija 1mm gacha yaxlitlanadi. 
Bir to‗pdagi va bir partiyadagi gazlamalar to‗plarining eni ancha farq qilishi 
mumkin. Jun gazlama to‗pida bu farq 4—5 sm, partiyadagi tuplar orasida 7—8 sm 
bo‗lishi mumkin. 
Gazlamalarni qatlam-qatlam qilib ko‗plab bichishda gazlama eni orasidagi katta 
farq brakka olib kelishi mumkin. SHuning uchun tikuvchilik korxonalarida gazlamaning 
eni har 2—3 m da o‗lchanadi. Gazlamaning eng tor joyiga andazalar qo‗yiladi va bo‗r 
bilan belgilanadi. Agar gazlama eni keskin farq qilsa, to‗pning bir qismi kesib olinadi va 
boshqa bo‗lakka qo‗shiladi yoki butun gazlama to‗pi alohida bichiladi. Gazlama to‗pi va 
Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling