‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti
Download 83.16 Kb.
|
Yorkinoy biofizika mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Muskul qisqarish apparat oqsillari Reja
O Urganch Davlat Universiteti
MUSTAQIL ISHI Mavzu: Muskul qisqarish apparat oqsillari
Bajardi: Nazarboyeva Yorkinoy Tekshirdi: Ro’ziyeva Muhayyo Urganch -2022 Mavzu: Muskul qisqarish apparat oqsillari Reja: Qisqaruvchan tizimlar biofizikasi. Muskullar ishi va mexanikasi. Qisqaruvchanlikning molekulyar mexanizmlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Qisqaruvchan tizimlar (muskullar) biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekulyar asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Muskullar kimyoviy energiyani ish bajaraoladigan mexanik energiyaga aylantirish xususiyatiga ega. Bu energiya ixtiyoriy va ixtiyorsiz tana harakatlarini bajarilishi, shuningdek, ichki a’zolarning ishlashi va harakati uchun sarf bo‘ladi. Muskul to‘qimasi elastomer xususiyatga ega bo‘lib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy ta’sir natijasida o‘z uzunligini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Muskulning qisqaruvchan sistemasi qisqaruvchi va elastik elementlardan tashkil topgan. Muskul to‘qimasining qisqarishini ta’minlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan. Aktin molekulyar massasi 50 - 80 kD atrofida bo‘lib, molekulasi uzunligi 103 А0 ni tashkil etadi. Miozin oqsili esa molekulyar massasi 42 kD ni, molekula uzunligi 1600 А0 ni tashkil etib, skelet muskul to‘qimasining 60 % massasidan iborat. Sent-Dyerdi tomonidan aktin va miozin oqsili muskul to‘qimasi tarkibida aktomiozin kompleksi holida bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, bu kompleks tarkibiga qisqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega maxsus oqsil guruhlari tizimi kiradi. Muskullar qisqarishida energiya manbai glikogen hisoblanadi. Muskullarning kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantirish jarayoni izotermik va izobarik sharoitda kechadi. Download 83.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling